Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
II. Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlari va vazifalari
Download 247.23 Kb.
|
islomjonov Muzaffar (1)
II. Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlari va vazifalari
11. Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat: Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jamiyatga berilgan litsenziyaga asosan ishlab chiqilgan sugʼurta turlari boʼyicha yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy sugʼurta sohasidagi sugʼurta xizmatlarini (qishloq xoʼjaligi ekinlari va qishloq xoʼjaligining moliyaviy tavakkalchiliklari sugʼurtasi bundan mustasno) ko’rsatish; korxonalar hamda qishloq va shahar joylarida yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining sugʼurta himoyasini taʼminlash; Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartiblarda majburiy sugʼurta shartnomalarini tuzish; sugʼurta daʼvolari boʼyicha jabrlanuvchining (uning merosxoʼri yoki huquqiy vorisining) sug’urta toʼlovlari haqidagi talablarini koʼrib chiqish uchun kerakli xujjatlarni jamlash va Filialga oʼz vaqtida taqdim etish; barcha tegishli idoralarda Filialni xabardor qilgan holda Jamiyat manfaatlarini oʼz vakolati doirasida himoya qilish hamda yozishmalar olib borish; Jamiyatning Oʼzbekiston Respublikasi hududlarida sugʼurta bo’yicha raqobat mavqeini mustahkamlash; Jamiyatning samaradorlik koʼrsatkichlarini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish va boshqalar. 12. Markaz ushbu Nizomda va markaz menejeriga Jamiyat Boshqaruvi tomonidan beriladigan ishonchnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi: mulkiy va boshqa turdagi sugʼurtaning ixtiyoriy va majburiy turlarini, korxona va tashkilotlar mulklari, javobgarliklarini va boshka ixtiyoriy sugʼurta turlarini oshiradi; Jamiyat Boshqaruvi tomonidan belgilangan chegaralar doirasida amalga Filial tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlaydi; Filial tomonidan sugʼurta faoliyati, statistika va buxgalteriya hisobini hamda moliyaviy hisobotlarni yuritilishini taʼminlash maqsadida Markaz faoliyatiga oid barcha zaruriy hisobot va hujjatlarni oʼrnatilgan tartibda Filialga taqdim etadi; tushumlarining istiqboldagi koʼrsatkichlarining sugʼurta mukofoti tushumlarining istiqboldagi bajarilishini taʼminlaydi; barcha davlat, nodavlat, sud va huquqni muhofaza qilish idoralari, vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar oldida Markaz vakolati doirasida, Filialni xabardor qilgan holda Jamiyat nomidan belgilangan tartibda ish koʼradi va uning manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadi; Markaz shtatiga xodimlarni ishga qabul qilish boʼyicha Filialga taklif kiritadi; ish jarayonidan kelib chiqib bankda alohida ikkilamchi hisob raqamlarni (subschyot) ochish va yopish uchun Filialga takliflar kiritadi; qonunchilikda va Jamiyatning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarini bajaradi. 13. Markaz o’z faoliyati davomida qonunlarga rioya qilish, korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik, vakolati doirasidan chiqib ketmasligini taʼminlaydi. 14. Markaz, oʼzi va sugʼurta mijozlari oʼrtasidagi munosabatlarni, oʼzaro majburiyatlar va javobgarliklarning teng huquqlilik hamda manfaatdor hamkorlik tamoyillari asosida Jamiyat tizimida joriy qilingan namunaviy sugʼurta shartnomalari doirasida amalga oshiradi.doirasida kuyidagi vazifalarni bajaradi: mulkiy va boshqa turdagi sugʼurtaning ixtiyoriy va majburiy turlarini, korxona va tashkilotlar mulklari, javobgarliklarini va boshka ixtiyoriy sugʼurta turlarini oshiradi; Jamiyat Boshqaruvi tomonidan belgilangan chegaralar doirasida amalga Filial tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlaydi; Download 247.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling