Klass tartib raqami
|
Klass nomi
|
Mazmuni va sugʼurta qilish shartlari boʼyicha talablar
|
Umumiy sugʼurta tarmogʼi
|
1-klass
|
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʼurta qilish
|
Quyidagi hollarda:
a) baxtsiz hodisa yeki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sogʼliqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
b) baxtsiz hodisa yeki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
v) kasallik yeki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yoʼqotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass boʼyicha sugʼurta shartnomalarini istisno qilgan holda, sugʼurta qilingan shaxsga sugʼurta taʼminotining belgilab qoʼyilgan pul summasi yeki pul kompensatsiyasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
2-klass
|
Kasallikdan ehtiyot shart sugʼurta qilish
|
Sugʼurta taʼminotining belgilab qoʼyilgan pul summasi toʼlanishini yeki kasallik yeki sogʼliqning izdan chiqishi munosabati bilan sugʼurta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (eki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni taʼminlovchi sugʼurta turlari jami, biroq hayotni sugʼurta qilish tarmoqlarining IV klassi boʼyicha shartnomalarni istisno qilgan holda
|
3-klass
|
Yer usti transport vositalarini sugʼurta qilish
|
Transport vositalari, oʼzi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yoʼl tarkibi bundan mustasno, yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
4-klass
|
Xarakatlana-digan temir yoʼl tarkibini sugʼurta qilish
|
Harakatlanadigan temir yoʼl tarkibi yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
5-klass
|
Аviatsiya sugʼurtasi
|
Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
6-klass
|
Dengiz sugʼurtasi
|
Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
7-klass
|
Yoʼldagi mol-mulkni sugʼurta qilish
|
Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
8-klass
|
Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sugʼurta qilish
|
Yongʼin, portlash, boʼron, dovul, jala, koʼchki, tuproqning choʼkishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi taʼsiri natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʼrsatilganlar bundan mustasno) yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
9-klass
|
Mol-mulkni zarardan sugʼurta qilish
|
8-klassda koʼrsatilmagan doʼl, qalin qor yogʼishi yeki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib oʼgʼirlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʼrsatilgandan boshqa) yoʼqotilganda yeki shikastlanganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurtaning turlari jami
|
10-klass
|
Аvtofuqarolik javobgarlikni sugʼurta qilish
|
Yer usti transport vositalari va boshqa oʼziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
11-klass
|
Аviatsiya sugʼurtasi doirasida javob-garlinki sugʼurta qilish
|
Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
12-klass
|
Dengiz sugʼurtasi doirasida javob-garlikni sugʼurta qilish
|
Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
13-klass
|
Umumiy fuqarolik javobgarlikni su-gʼurta qilish
|
10, 11 va 12-klasslarda koʼrsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʼlgan taqdirda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
14-klass
|
Kreditlarni sugʼurta qilish
|
Sugʼurta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yeki debitorning sugʼurta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sugʼurta qildiruvchi zarar koʼrganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
15-klass
|
Kafillikni (kafolatlarni) sugʼurta qilish
|
Sugʼurta qildiruvchining oʼziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sugʼurta qildiruvchi zarar koʼrganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
16-klass
|
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʼurta qilish
|
Quyidagi hollarda: ¦
a) sugʼurta qildiruvchining biznesi (xoʼjalik faoliyati) uzilib qolishi yeki sugʼurta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xoʼjalik faoliyati) koʼlami kamayishi natijasida sugʼurta qildiruvchi zarar koʼrganda;
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sugʼurta qildiruvchi zarar koʼrganda (17-klassda koʼrsatilgandan tashqari);
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʼliq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida koʼrsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|
17-klass
|
Huquqiy himoya bilan bogʼliq xarajatlarni sugʼurta qilish
|
Sud muhokamasi bilan bogʼliq koʼrilgan xarajatlar natijasida sugʼurta qildiruvchi zarar koʼrganda sugʼurta qoplamasi toʼlanishini taʼminlovchi sugʼurta turlari jami
|