Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining tuzilishi, maqsadi va vazifalari


Download 247.23 Kb.
bet4/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

1.2.“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining tuzilishi, maqsadi va vazifalari.
Har bir kompaniya boshqaruv jihatidan o’z tuzilishiga ega bo’ladi. Shu qatorda “O’zagrosug’urta” AJ ning ham tashkiliy tuzilmasi mavjud(2-chizma):

2-rasm. “O’zagrosug’urta” AJ tashkiliy tuzilmasi.
Har bir tashkilotning albatta filiallari mavjud bo’ladi.Sababi,bu mamlakatning barcha hududlarda tashkilotning ko’lamini, foydalanuv-chilarini sonini oshirishning eng qulay yo’lidir. Hamda bu orqali fuqarolar uchun ham moliyaviy, ham vaqt jihatdan tejamkorlikni oshiradi.
Shu qatorda boshqaruv raisining o’z turkumlanishi mavjud.U bilan 3-chizmada tanishamiz:
3-chizma. Boshqaruv raisi tuzilmasi
“O’zagrosug’urta” AJ boshqaruv tarkibi xodimlari quyidagicha:
1. Rasulov Shuxrat G’ayratovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Boshqaruv raisi
2. Yusupov Alisher Nasirdjanovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari
3. Axadov Bekzod Abdurafikovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari
4. Jumaev Azimjon Abdisalomovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Sug'urta departamenti direktori
5. Nosirov Maqsud To'lqinovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Moliya departamenti direktori
6. Sodiqov Behzodjon Abdusamadovich - "O‘zagrosug‘urta" AJ Yuridik departamenti boshlig‘i
Hozirgi kunda kompaniya respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi ulushi yuqori hisoblanadi.Xususan, rasmiylashtirilgan shartnomalar soni, ta'minlangan sug‘urta mukofotlari va qoblab berilgan sug‘urta tovonlari bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.Kompaniya doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini saqlab qolishda sug‘urta bitimlari samaradorligi, ishonchliligini ta’minlash, ish yuritish etikasiga rioya qilishga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatishda yangi axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish, mijozlarga mos va jozibador sug‘urta mahsulotlarini yanada ko‘paytirishga keng e'tibor qaratiladi.O‘zbekistonning qishloq hududlarida, ayniqsa agrosanoat sohasida sifatli sug‘urta xizmatlarini rivojlanishiga ko‘maklashish, Davlat va xususiy sektor mulkiy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda aholida yuqori saviyali sug‘urta madaniyatini shakllantirish hamda shu yo'l orqali har bir mijozning moliyaviy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdandir.


Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling