Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


Download 247.23 Kb.
bet3/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

1-rasm. "O‘zagrosug‘urta" AJ ma’lumotlari
Sugʼurta faoliyatining subyektlari.Sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari sugʼurta faoliyatining subʼektlari hisoblanadi. Sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari: sugʼurtalovchi, sugʼurta agenti, sugʼurta brokeri, qayta sugʼurta brokeri, va aktuar, adjaster, syurveyer, assistans xizmatlarini koʼrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Sugʼurtalovchilar va sugʼurta brokerlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish Oʼzbekiston Respubliqasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sugʼurta bozorining boshqa professional
3)https://orginfo.uz/organization/d28c393f3a02
ishtirokchilarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi (Xokimiyatlardan roʼyxatdan oʼtiladi).
Sugʼurtalovchining huquq va majburiyatlari:

  • Qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sugʼurta (qayta sugʼurta qilish) shartnomalari tuzish;

  • Oʼzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʼurta qilish;

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • Sugʼurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;

  • zarur boʼlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʼrash va olish;

  • sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzish;

  • sugʼurta (qayta sugʼurta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;

  • sugʼurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni;

  • chet el sugʼurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʼrsatish;

  • sugʼurta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga oʼtgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;

  • qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

  • olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashi;

  • sugʼurta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sugʼurta (qayta sugʼurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sugʼurta tovoni (sugʼurta puli) toʼlashi;

  • firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri oʼzgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sugʼurta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.




Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling