Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati faoliyati


Download 247.23 Kb.
bet2/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati faoliyati

    1. Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi

“O‘zagrosug‘urta” AJ umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etilmoqda.
Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Respublika bo‘ylab 1000 nafarga yaqin sug‘urta agentlari orqali aholining mol-mulklari, salomatligi hamda tadbirkorlik faoliyati sug‘urtaviy himoyaga olinmoqda.
Bugungi kunda Jamiyat tomonidan nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka hududlariga qadar sifatli sug‘urta qilish xizmatlari ko'rsatilmoqda.
"O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati 1997-yil 25 fevral-da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1713-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. Aslida kompaniyaning tarixi bir asrlik davrni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, 1921 yil 6 oktabrda sug'urta sohasida yagona davlat monopoliyasi o'rnatilgan. Davlat sug'urtasi Bosh boshqarmasi — (Gosstrax) sobiq Ittifoq hududida sug‘urta xizmatini ko'rsatuvchi yagona organ edi. Istiqlol yillarida "O‘zagrosug‘urta" AJ mazkur yirik tashkilotining vorisiga aylanadi va hozirgi paytda O‘zbekiston sug‘urta bozorining professsional ishtirokchilari ichida yetakchi hisoblanadi. Prezidentimizning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida kompaniyada transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda.Transformatsiya doirasida Jamiyatda rebrending oʻtkazilib, 2021 yil 22 iyundan buyon kompaniya “Uzinsurance” tovar va xizmat koʻrsatish belgisi ostida faoliyat olib bormoqda. Kompaniya faoliyatini isloh etishda asosiy urgʻu "Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor" tamoyiliga qaratilganligini alohida taʼkidlash joiz. Isteʼmolchilar manfaatini himoya qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash xizmat koʻrsatishning bosh mezoni qilib belgilangan.Jamiyatning ustav jamg'armasi qariyb 109 mlrd so'mni tashkil etadi.“Uzinsurance” kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. “O‘zagrosug‘urta” AJ umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etilmoqda.Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Respublika bo‘ylab 1000 nafarga yaqin sug‘urta agentlari orqali aholining mol-mulklari, salomatligi hamda tadbirkorlik faoliyati sug‘urtaviy himoyaga olinmoqda.Bugungi kunda Jamiyat tomonidan nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka hududlariga qadar sifatli sug‘urta qilish xizmatlari ko'rsatilmoqda. Hozirgi kunda kompaniya respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi ulushi yuqori hisoblanadi.Xususan, rasmiylashtirilgan shartnomalar soni, ta'minlangan sug‘urta mukofotlari va qoblab berilgan sug‘urta tovonlari bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.Kompaniya doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.
Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini saqlab qolishda sug‘urta bitimlari samaradorligi, ishonchliligini ta’minlash, ish yuritish etikasiga rioya qilishga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatishda yangi axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish, mijozlarga mos va jozibador sug‘urta mahsulotlarini yanada ko‘paytirishga keng e'tibor qaratiladi.O‘zbekistonning qishloq hududlarida, ayniqsa agrosanoat sohasida sifatli sug‘urta xizmatlarini rivojlanishiga ko‘maklashish, Davlat va xususiy sektor mulkiy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda aholida yuqori saviyali sug‘urta madaniyatini shakllantirish hamda shu yo'l orqali har bir mijozning moliyaviy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdandir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi PF-1713-sonli Farmoniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat sugʼurta Bosh boshqarmasi negizida “Oʼzagrosugʼurta” Davlat aktsiyadorlik sugʼurta kompaniyasi tashkil etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 martdagi 125-sonli Qarori bilan uning faoliyat yoʼnalishlari belgilab berilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi 4720-PF-sonli Farmoni hamda “Oʼzagrosugʼurta” АJ aktsiyadorlarining yillik umumiy yigʼilishining 2015 yil 12 iyundagi 37-sonli bayonnomasi qaroriga asosan sugʼurta kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyatiga, hududiy direktsiyalar filiallarga aylantirilgan.Jamiyat umumiy sugʼurta tarmogʼida 17 klass, 140 dan ortiq sugʼurta turlari boʼyicha 2018 yil 19 apreldagi SF seriyali, 00228-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
Jamiyatning Ustav fondi 108.9 mlrd. soʼmni tashkil etgan holda asosiy taʼsischisi Moliya vazirligi 94.0 foiz ulushga ega(1-chizma). Jamiyat keng qamrovli filiallar va boʼlinmalar tizimiga ega boʼlib, respublikamizning barcha tuman va shaharlarda tegishli boʼlinmalariga va sugʼurta markazlaria ega. Jamiyatda 1500 dan ziyod xodim va 2200 dan ortiq sugʼurta agentlari faoliyat yuritadi. SAIPRO reyting agentligining tahliliy maʼlumotlariga koʼra 2018 yilda “Oʼzagrosugʼurta” АJ sugʼurta shartnomalari tuzilishi va sugʼurta mukofotlari tushumi taʼminlanishi boʼyicha sugʼurta kompaniyalari oʼrtasida birinchi oʼrinni egallagan, sugʼurta bozorida sotilgan sugʼurta polislarining 44,3 foizi Jamiyat ulushiga toʼgʼri keladi. 2018 yilda taʼminlangan sugʼurta mikofotlari hajmi 148 mlr. soʼmni va toʼlangan sugʼurta tovonlari 78 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Jamiyati xodimlari oʼzlariga xalqaro standartlar buyicha sertifiklashtirilgan Sifat Menejmenti Tizimiga (ISO-9001) asosan faoliyat yuritishni maqsad qilganlar.“Oʼzagrosugʼurta” aktsiyadorlik jamiyati oʼzining ixtisoslashuvi qishloq xoʼjaligi sektoriga sifatli sugʼurta xizmatlari koʼrsatish boʼlsada, bugungi kunda universal kompaniya sifatida oʼz faoliyatini sugʼurtaning umumiy tarmogʼida majburiy va ixtiyoriy sugʼurta turlari boʼyicha xizmat koʼrsatish orqali amalga oshirib kelmoqda. Jamiyat Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda oʼz filiallariga ega va oʼz sugʼurta majburiyatlarini xaqqoniy bajarib kelmoqda. “Oʼzagrosugʼurta” aksiyadorlik jamiyatining rivojlanish strategiyasining negizida xizmatlarining sifati va mijozlarni individual talablarini qoniqtirishdir.

1-chizma. "O'zagrosug'urta" AJ ning ustav fondi ta'sischilar ulushida
"O‘zagrosug‘urta" AJ faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-1713-son;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 06.03.1997 yildagi 125-son;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.07.2012 yildagi PP-1783-son;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 24.09.2018 yildagi 757-son.

Ushbu hujjatlar orqali sug’urta faoliyati tartibga solinadi.
" O‘zagrosug‘urta" AJ haqida to’liqroq ma’lumotni quyidagi 1-rasmdan bilib olishimiz mumkin1:

Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling