Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


-bob. Ekinlar holatining monitoringini o‘tkazish


Download 247.23 Kb.
bet13/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

3-bob. Ekinlar holatining monitoringini o‘tkazish
14. Ishchi guruh tomonidan monitoring paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi har bir tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ekinlarning holatini hamda tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini ta’minlash uchun bo‘lg‘usi hosilning yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy ravishda o‘tkaziladi.
15. Ishchi guruh sug‘urta shartnomasini tuzish davrida paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini hamda ekinlarning butun rivojlanish davrida monitoring o‘tkazish muddatlarini kelishib oladi va monitoring jadvalini tasdiqlaydi.
16. Ishchi guruh haqiqatda sarflangan xarajatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarining ekin yer maydoni (dalasi)ga chiqib, agrotexnik ishlar haqiqatda bajarilganligi bo‘yicha monitoring o‘tkazadi.
17. Sug‘urtalovchi tomonidan ekinlar holati doimiy monitoring qilib boriladi.
4-bob. Monitoring natijalarini rasmiylashtirish
18. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasi bo‘yicha har bir tadbirkorlik subyekti uchun alohida monitoring dalolatnomasi tuziladi. Monitoring dalolatnomasini tuzishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
ekin rejada belgilangan maydonga to‘liq ekilganligi (maydon butligi, boshqa ekin ekilganligi, qisman yoki umuman ekilmaganligi);
mineral va mahalliy o‘g‘itlar berilganligi va oziqlantirish agrotexnikasiga rioya qilinganligi;
ekin maydonlarini begona o‘tlar bosganligi va qarshi kurashish choralarini ko‘rilganligi;
sug‘orish inshoatini mavjudligi, ariq va zovurlar tozalanganligi va o‘z vaqtida sug‘orilganligi;
ekin zararkunanda va kasalliklari tushishining oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilgani hamda ularga qarshi kurashilganligi;
g‘o‘za orasiga ishlov berish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilganini o‘rganish va kerakli tavsiyalar berish.
Ushbu agrotexnik tadbirlar me’yor doirasida olib borilgan bo‘lsa monitoring dalolatnomasida ijobiy xulosa beriladi va sug‘urta javobgarligi davom ettiriladi.
Agar ushbu agrotexnik tadbirlar bajarilishi yetarli darajada olib borilmagan bo‘lsa (monitoring dalolatnomasi xulosa qismida ko‘rsatiladi) monitoring dalolatnomasida salbiy xulosa beriladi.
Ushbu monitoring dalolatnomasiga har bir ishtirokchi o‘z imzosini va muhrini (mavjud bo‘lganda) qo‘yishi talab etiladi.
19. Monitoring o‘tkazuvchi vakillar, ekin maydonlari va ekin holatini to‘liq aks ettirish maqsadida monitoring dalolatnomasiga qo‘shimcha ravishda alohida o‘z xulosalarini ham yozishlari mumkin.
20. Monitoring dalolatnomasida ishchi guruh tomonidan agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga tavsiyalar beriladi. Navbatdagi monitoring davrida oldingi monitoring dalolatnomasida berilgan tavsiyalarning bajarilishi o‘rganiladi.

Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling