Mundarija Kirish I bob
Download 254.5 Kb.
|
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Sakkizinchidan
Ikkinchidan, xarakter va asar qahramonlarining tabiatlaridagi individuallik va ta’sirchanlik masalalarini o’rgandik.
Uchinchidan, N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalaridagi xarakterlarining voqelikka, jamiyat hayotiga bo’lgan munosabatlarini ruhiy tahlillarda ko’rsatishga o’rindik. To’rtinchidan, ijodkor estetik ideali va ijtimoiy pozitsiyasini muvofiqligini tadqiq etdik. Beshinchidan, N.Eshonqul hikoyalaridagi estetik ideal va ijtimoiy muhit muammolarini adibning hikoyalari misolida tahlil qildik. Oltinchidan, X.Do’stmuhammad hikoyalaridagi qahramon masalasi estetik ideal tushunchasi bialn uyg’unlikda o’rgandik. Yettinchidan, adibning hikoyalari ramzlar, timsollar asosiga kurilganligini tahlillarda ko’rsatishga o’rindik. Sakkizinchidan, X.Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasidagi ramziylik makon va zamon muammosi bilan qorishiq holda berilganligini tadqiq etdik. To’qqizinchidan, N.Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida qahramon va voqelik ramzlar vositasida aks etganligini tahlilarda ko’rsatdi. Xullas o’zbek hikoyachiligida pafos va ijodkor konseptsiaysi yo’nalishi muammosi munozarali masalalardan. Chunki bugungi o’zbek adabiyotida milliy qadriyatlarni qayta tiklash adabiyotning estetik asoslarini mumtoz adabiy merosimiz bilan chambarchas aloqada ko’rish bu davr adabiyotining xarakterli xususiyatiga aylandi. Shu bilan birga rivojlanagan jahon xalqlari ma’daniyatini ijodiy o’rganish uchun sharoit yetildi. Natijada milliy adabiyotimiz adabiy meros va jahon adabiyotining yuksak na’munalardagi xususiyatlarni mushtarak etgan o’ziga xos adabiyotga aylandi. Mustaqillik davri adabiyotining o’ziga xos tizimga ega bo’lishida bu davr hikoyachiligining ham katta ahamiyati bor. Bizga ma’lumki davr eng dolzarb muammolarini bevosita badiiy talqin etishda hikoya janri peshqadam bo’lib kelgan. Hajmning ixchamligi va boshqa ko’plab janr qulayliklari bunga to’la imkoniyat yaratib bergan. Shunday qilib, epik turning bu kichik janri bugungi o’zbek adabiyotiga xos barcha obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o’zida mujassam etadi. N.Eshonqul bilan X.Do’stmuhammad hikoyalarida qahramolarning voqelikka, jamiyat hayotiga bo’lgan munosabatlari o’laroq, yuzaga kelgan fikrlari, nuqtai nazarlari bir – biridan farqlansada lekin ularning hikoya yaratishdagi pafosdan foydalanish mahoratlari o’ziga xos ijodiy konseptsiyalari mushtaraklikka ega. Biz, yuqorida ijodini tahlil qilgan adiblarning asarlarini qiyosiy tahlil qilib shunday xulosaga keldikki, bugungi kun o’zbek hikoyachili o’ziga xos adabiy hodisa sifatida shakllangan bo’lib, ko’p asrlik adabiyotimizni yangi bosqichga ko’taruvchi omillardan biridir. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling