Mundarija Kirish I bob
III.2. Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida qahramon va voqelikni ramzlar vositasida aks etishi
Download 254.5 Kb.
|
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi
III.2. Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida qahramon va voqelikni ramzlar vositasida aks etishi.
80 – yillar o’zbek hikoyachiligi yangi taraqqiyot bosqichiga kirdi. Desak yanglishmaymiz. Chunki anyi mana shu yillarda hikoyada ko’p muammolik yuzaga keldi. Endi adiblar 30-50 – yillardagi kabi hikoyani kichik muammoga bag’ishlash yo’lidan bormay, bir hikoyaning o’zida shaxs va jamiyat milliylik va umuminsoniylik masalalarini chuqur badiiy tahlil qila boshlashdi. Hikoyachilikdagi ko’p muammolilik asar tarkibida turli – tuman ramzlarni qo’llash, allegorik obrazlardan foydalanishga yo’l ochdi. Ramzlar garchi realistik tasvirnining eng samarali ta’sirchn vositasi bo’lishlari barobarida asarning strukturasini murakkablashtirishlari tabiiy hol. Murakkab badiiy struktura asar asosida yotgan mohiyatini aniq va biryoqlama talqin etishga moneylik qiladi. Chunki bunday murakkab badiiy struktura faqat va faqat badiiy sintez orqali yuzaga keladi. Mafkuraviy badiiy sintezda ana shunday holda duch kelamiz. XX asrning so’ngi choragi o’zbek hikoyalarida voqelikni falsafiy tahlil va talqin etish, qahramon ruhiyatining chuqur va qorong’u qatlamlariga nazar solish, inson umrining mazmuni, mohiyati haqida mulohaza yuritish amoyili kuchaydi. Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi bu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Bir hikoyaning o’zida bir –biri bilan aloqador bir nechta ma’naviy – axloqiy muammolarni badiiy talqin qilish, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning turli – tuman qirralarini aks ettirish ijodkorda badiiy sintezga murojaat qilishga tabiiy ehtiyoj tug’diradi. Nazar Eshonqul bu hikoyasida badiiy g’oyaning baxstalab usuliga qul uradi. Istedodli, ammo baxtsiz qismatga ega rassom chol obrazi vositasida shaxs o’tmishi va taqdirini bog’lashga intiladi. Hikoyaning ramziy va kinoyatli nomlanishining o’zi asarda g’ayri oddiy g’oya ifodalanganligidan bu g’oya esa nomuvofiq narsalarni muvofiqlashtirish, nouyg’un holatlarni uyg’unlashtirishdan iborat murakkab badiiy g’oyani umumlashtirib berishdan iborat. Diqqat bilan yondashilsa, mantiqiy urg’uning “maymun” va “odam” so’zlarining qaysi biriga tushishi bilan hikoyaning g’oyaviy mazmuni, adib nazarda tutgan ma’noning mohiyati oydinlashadi. Bu satsialistik tuzum davrida odamning paydo bo’lishi haqidagi F.Engils tomonidan yetakchi falsafiy konsepsiya sifatida qabul qilingan daktirinaga nizbatan kinoyaviy munosabat hikoya zamiida qabarib turganligini ilg’ash mumkin. Hikoyadagi kinoyaviy munosabat ramziylikning, qahramon ruhiyatidagi kolliziyaning real hayot bilan aloqadorligini anglab yetishga imkon beradi. N.Eshonqul sho’ro davrida yaxshi mansablarda ishlagan, o’zidagi bor imkoniyatlarni tuzum ravnaqi uchun sarflagan, oqibatda ana shu tuzum tomonidan “puf sassiq”qa chiqarilgan keksa shaxsning fojiaviy qismati orqali jamiyatning poydevori qonli zo’ravonlikka asoslanganligini ko’rsatishga erishgan. Chol yaxshigina rassom bo’lgan. U estedodini ijod uchun emas, balki tahlikali tuzum manfaatlari yo’lida sarfladi. Biroq arzimagan nafaqa evaziga chiqitga chiqarilgan, u o’zining aldanganligini anglab yetadi, ammo bu anglashdan unga naf yo’q edi. Chunki, umrning armonli davrlari yetib kelgan edi. Cholning asosiy ,ashg’uloti qo’ni – qo’shnilar himmat qilib kirikgan ovqatni hafsalasizlik bilan tanavvul qilish va so’ngi suratini oxiriga yetkazishdan iborat edi. Hikoyadagi har bir obraz, har bir tafsil ramziy mazmunga ega. Rassom chol butun estedodini porloq jamiyat qurish uchun sarflab, oxir – oqibatda hech narsaga erishmagan, aldangan ko’plab kishilarning ramziy ifodasi bo’lsa, “1957”, “1947”, “1937”, “1928”, “1926” tartiba terib qo’yilgan rasmlardagi qora rangning tobora quyuqlashib borishi mamlakat boshidan kechirgan og’ir, tahlikali yillarning tasviridan iborat. “Huvillab qolgan qishloqlar va ko’chalar, egalari tashlab ketgan uylar, o’ziga chorlab turgan qabristonlar, o’lim isi kelib turgan har – xil qurollar, yig’layotgan ayollar va bolalar, biyday dalani bosib ketgan o’laksaxo’r quzg’unlar, murdalar ortilgan aravalar, panjarali aravalar, yonib ketgan qishloq qandaydir qo’rquvdan… qotib qotib olamon, sirli mahluqlar, yirtqich hayvonlar, yuzlariga har – xil jonzodlarning niqoblarini kiyib olgan odamlar… bazmu jamshid qilib o’tirgan shotirlar, yalong’och ayollar, ma’suma qizlar, qovjirab qolgan gullarning suratlari aks etgan edi” Cholning muayyan tartibda terib quygan rasmlari xalqimizning boshidan kechirgan ma’naviy – axloqiy qiyofasi, iymon – e’tiqodi zaiflangan jamiyatning ramziy solnomasi edi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, adibning ushbu hikoyasi ilk bor 1989-yilda e’lon qilingan. Demak asar sho’ro tuzumi ham hukmron bo’lgan bir davrda yozilgan. Binobarin, adib rasmlar bilan ijtimoiy – siyosiy jamiyatni ramzlar orqali tasvirlashga majbur edi. Hikoyada insonlar hayotini, ular tarbiya topgan zamon va davr ruhini faqat ramziyik vositasida aks ettirish mumkin edi. Shu bois asarda mafkuraviy ijodkor g’oyasiga bo’ysunmaydigan birorta ham ortiqcha tafsil va tasvir uchramaydi. Hattoki chol yashaydigan hovli va uyning chirkin hidi, uning tashqi qiyofasidagi kiyinishi, hatti – harakatidagi barcha unsurlar o’zaro mantiqiy – mafkuraviy ijodkor g’oyasiga asoslangan. Cholning qimorvoz, pulga mukkasidan ketgan, uni topish uchun har qanday yaramaslikka, hatto o’z otasini do’pposlashga yetib borgan o’g’li ham iymon – e’tiqodli, insof va adolat tuyg’usini yo’qotgan ustabid tuzum davri yoshlarining ramziy tasviridan iborat edi. Hioyadagi ikkita rasm kishi diqqatini o’ziga alohida jalb etadi. Birinchisi “1921” yil raqami bilan belgilangan quyuq urmondan zabardast bir yigitning maymunni majburiy ravishda yetaklab chiqayotgan suratdir. Bizningcha rasmda adib ikkita tafsilga urg’u bergan. Bular yigitning kuch g’ayrat nuri bilan balqib turgan ko’zi va kuch – quvvat yog’ilib turgan ko’rinishi bo’lsa, ikkinchisi maymunni yetaklab olgan arqonning tarang tortilganligi. Fikrimizcha, bu ikki tafsil mehnat orqali maymunning odamga aylanishi haqidagi ta’limot qancha zo’rma – zo’raki bo’lsa, porloq, barcha teng va adolatli farovon jamiyat qurish haqidagi satsiolizm qonuniyati ham shu qadar sun’iy va zo’ravonlikka asoslanganligiga ramziy ishora vazifasini o’taydi. Ikkinchi rasm esa chol umrining so’ngi damlarida chizgan, ya’ni uni qirq yillik faoliyati mobaynida ishlagan suratlardan farqlanib turar edi. Bu suratda uning dastlabki suratdagi manzaraning teskarisi aks etgan edi. Unda “maymun umidsiz, ko’zlariga g’am cho’kkan, yuz – ko’zida hayotdan nishona qolmagan, munkaygan bir cholni o’rmon sari yetaklab ketardi”. Asarda sotsializm nazariyasining hayotiy asoslari sun’iy ekanligi, mehnat, taraqqiyot hamma vaqt ham yuksak jamiyatga olib bormasligini, u faqat inson manfaati, uning ma’naviy – axloqiy kamoloti uchun xizmat qilsagina ko’zlagan maqsadga olib borishi, chol va maymunning ikki davrda, ikki vaziyatda tasvirlanishi orqali aks ettirilgan. Maymunni quyuq o’rmondan yetaklab chiqqan zabardast yigit yangi tuzumning ramzi bo’lsa, ikkinchi suratdagi umidsiz, ko’zlariga g’am cho’kkan, munkaygan cholning maymun etagida, yana quyuq o’rmon tomon ketishi esa tuzumning mag’lubiyatini ifodolovchi ramzdir. Sotsializm ta’limotining g’ayriinsoniy mohiyatini fosh etuvchi bu hikoya rassom chol qismati misolida mustabid tuzum ustidan o’qilgan odilona hukm yanglig’ jaranglaydi. Shu o’rinda aloxida ta’kidlash lozimki, cholga qo’shni hovlida ijaraga yashovchi hikoya roviysi bo’lgan navqiron yigit bir uy sotib olishga qancha orzumand bo’lasin, cholning chirkin hid anqib yotgan hovlisini sotib olishdan bosh tortadi. Bu yosh avlodning sukunat anqigan o’tmishi jamiyatga qaytmasligiga ramziy ishoradan iborat. Chunki cholning fojiali hayoti, u yashagan chirkin sharoit, chizilgan rasmlardagi mavhum qora rang qamrovida aks etgan hayot endi hech kimni mahliyo qila olmasligi ravshan. Bundan tashqari hikoyada ijodkor qahramon portretini yaratishni ham o’ziga xos raamziy nuqtalarin topgan. Ayniqsa hikoyadagi bosh qahramon chol qiyofasi o’ziga hos tarzda chizilgan. Xullas, 80-yillar o’zbek hikoyachiligida Nazar Eshonqul “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida o’tmish bilan bugunni ramziy obraz hamda tuzum ustidan o’zining la’natlovchi badiiy hukmini chiqarishga erishdi. Hikoya hozirga qadar g’oyaviy – badiiy ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Asardagi ijodkor usuli adabiyotning inson, jamiyat kelajagi haqida badiiy bashorat qilish vazifasi naqadar boy imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlab berdi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi asrdosh obrazini yaratish yo’lida yetmish yillik tajribalarning muayyan intixosi va ayni zamonda yangi bosqichning boshlanishi bo’ldi. Binobarin, shu asar bilan o’zbek hikoyachiligida yangi davr boshlandi deb aytish mumkin: “U qovoqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz bo’lgan, ajinlar taram qilib tashlangan, ko’rimsiz yuzi badjaxl ma’budlarning xaykaliga o’xshab ketadi. Unga qaraganda odamning yuragi noxush bir xisdan orqaga tortar edi. Ko’zlari xissiz va ifodasiz. Go’yo bu portrek orqali yozuvchi qahramonning kim ekanligi haqida kitobxon aniq taassurot uyg’ota oladigan ma’lumotlar beradi. Shu bois kitobxon ana shu badiiy chizgilardan so’ng o’zing o’sha odamga nisbatan ancha yaqin his qiladi. Bu yaqinlik zamirida esa inson taqdiriga qiziqishdek oily tuyg’ular yotadi. Nazar Eshonqulning portret yaratish mahorati o’ziga xos. Yozuvchi bosh qahramon tashqi qiyofasini birdaniga to’liq bermaydi, balki butun asar davomida g’oyatda qiqa shtrixlar orqali ko’rsatadi. Odatda, avval bunday portretlarda eng xarakterli detal qayd etiladi, keyin bu dastlabki taassurot yana qator shtrix va qirralar bilan tuldiradi. Natijada kitobxon kuz o’ngida jonli qiyofasi namoyyon bo’ladi. Cholning portreti boshqacha yaratilgan bo’lsa-da undagi har bir shtrix nozik psixologik yuk tashiydi. Tashqi ko’rinishning xar bir detal cholning ichki dunyosi bilan uzviy bog’lanadi. Nazar Eshonqulning ijodida o’zgachalik, boshqacha yozishga intilish ko’zga tashlanadi. Mazkur hikoyani yozishda ana shunday o’ziga xos yo’ldan brogan. Yozuvchi qahramon holati va u bilan bog’liq voqealikka oddiy kuzatuvchi sifatida nigoh tashlaydi. O’z taassurotlarini esa hikoyachi qahramon tilida bayon etadi. Yozuvchi ta’rificha chol rassom, ammo unda amaldorga xos kibr, badjahillik xususiyatlari ham mavjud. Qahramon portretining tasviriga oid ana shu birgina chizgining o’zi ham yozuvchining badiiy niyati nima ekanligiga ishora qiladi. Bundan tashqari hikoyaning “Maymun yetaklagan odam” deb nomlanishi ham o’quvchini mushohadaga undaydi. Sarlavhani o’qigan har qanday kitobxon maumun odamni yetaklaganmi, yoki odam maymunnimi? Deb o’ylaydi va bu savolga hikoyani o’qib bo’lgach javob topadi. Rassom chol atrofdagilardan uzilib qolgan hech kim bilan muomila qilmaydigan va ayni paytda hech kimni nazarga ilmaydi. Atrodagilarga nisbatan esa alamzada. Yozuvchi qahramon qiyofasini chizar ekan, hikoyada murakkab inson harakterini badiiy talqini mazmun orqali kitobxonga yetkaziladi. Yozuvchi o’z qahramonlarining tashqi qiyofasidagi eng harakterli detalni, xulq atvoridan yetakchi bu xususiyatni butun asar davomida takror va takror qaytaradi. Portretni ifodali va yorqin qilish uchun odatda shunday qilinadi. Bu esa portretlarni individuallashtirishga yordam berib, uni burttirib ko’rsatadi. Buning ustiga xuddi shu detall yuk tashishda xarakterning muhim bir qirrasini o’zida ifodalasa, u holda bu qahramon psixik qiyofasining turg’un xususiyati hisoblanadi. Ma’lumki, yuz qarash, kulgilarda insonning ichki chuqur qalb zilzilaridan tortib, tuyg’ularning eng nozik ottenkalargacha o’z aksini topadi. Shuning uchun ham Nazar Eshonqul asar boshlarida qahramonning tashqi qiyofasini u yoki bu darajada chizgach, uni boshqa detallar bilan to’ldirishga harakat qilmaydi. Balki har gal o’sha portret detallarga qayta – qayta murojaat etadi. Bunda yozuvchi ush bu detallarni shunchaki takrorlamaydi, balki ularning har bir takrori qahramonning muayyan vaziyatdagi ruhiy xolati, kechinmalari, oily tuyg’ularini ifodalashga xizmat qildiriladi, yuz qarash, kulgi ifodalarining o’zgarib turishini nozik xarakterlaydi. Qahramonning yuzida, qarashida to’liq ifodasini topadi. Bunday paytlarda xislarning tashqi aksi tug’risida muallif izox bilan cheklanadi xolos. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasini o’qir ekanmiz rassom cholning chizgan suratlarida o’zbek xalqining yetmish yillik mafkuraviy tutqunlik davridagi hayoti yaqqol aks etganligini sho’ro davrining o’zbek xalqining taqdiriga qoldirgan qora izlarini ko’ramiz. XX asr o’zbek adabiyotida “hikoya – qisqa, lo’nda va ixcham janr” degan tushuncha ko’p yillar mobaynida ardoqlab kelindi. Bu tushuncha an’anaga, aqidaga aylandi. Vaholanki, badiiy ijodda har qanday an’ananing aqida tusini olishi depsinishga aylanadi. Ijodda esa depsinishning ortga chekinishdan farqi katta emas. “Maymun yetaklagan odam” shu ma’noda noan’anaviy edi. Hikoya hajmi to’rt – besh qog’ozdan kattaroq, qisqa va lo’nda ham yozilmagan, ayniqsa, undagi mungli – vazmin ohang ko’p yillar mobaynida yozuvchilarimiz ko’niktirilgan yasama ko’tarinkilikdan mutlaqo faqr qilar edi. Hikoya qahramonining ayanchli taqdiri tasvirini aytmaysizmi?! Omadsiz va mavhum qismat egalari obrazi sho’ro adabiyoti sahnasidan batamom quvib chiqarilgan, bunday qahramonlar timsoliga qo’l urish adabiy beodoblik sanalishi qon – qonimizga singib ketgan bir paytda “Maymun yetaklagan odam” qahramoni bo’lmish rassom chol chizgan “suratlarga qandaylik mavhumlik yopirilib kirayotgan edi, bu mavhumlikni suratma – surat ortib borishi… Mavhumlik tasvirda ham, buyoqda ham seziladi”. Cholning “ko’zlari hissiz va ifodasiz”, uni ko’rgan odamning yuragi g’ash tortadi, ko’ngli behuzur bo’ladi, kayfiyati buziladi. Yashab turgan uyida chirkin va shaltoq is anqiydi. Hikoyada ruhiy holatni kuchaytiruvchi timsollar ko’p, ularning hech biri bevaj ishlatilmaydi, balki muallif ko’zda tutgan bosh maqsad – rassom chol fojiasini chuqurroq va bo’rtiribroq ifoda etishga xizmat qiladi. Badiiy ishora va timsollarga etibor qaratilsa, chol qismatida 70 yillik sho’ro mafkurasi, e’tiqodning ayanchli qismati mujassam topgan ko’rinadi. Nazar Eshonqul ana shu birgina hikoya bilan umr shomini boshidan kechirayotgan katta bir tuzum ustidan o’zining badiiy hukmini o’qigan edi. Uning tili tasviri beshafqat, ba’zan ma’daga tegadigan darajada qora buyoqlarga boy, lekin, ifodalar beshafqatligi, qora rangning quyuqligi zamirida bedod tuzum tufayli barbod bo’lgan umrga, umarlarga nisbatan rahm – shafqat to’la edi. Xullas, N.Eshonqul dastlabki hikoyalari bilan adabiyotga havaskor boshlovchi qalamkash emas, professional malakadagi adib sifatida kirib keldi. U oz, lekin soz yozdi. Adabiy jamoatchilik, keng muxlislar ommasi uning hikoyalarini kutib yuradigan bo’lishdi. Shunday bir paytda “Tobut” hikoyasi chop etildi. Mazmun hikoya ham mazmunan, ham mantiqan “Maymun yetaklagan odam”ning davomidek o’qiladi. Hatto “Tobut”dagi bosh memor avvalgi hikoyadagi rassom cholning o’zi. Rassom cholning vujudidan, istiqomat qilayotgan uyidan ufunat arimas, bosh memor xxotirasini chizgan shahardan o’likxonaning qo’lansa isi tarqalmaydi. Darvoqe, Nazar Eshonqulning deyarli barcha asarlarida qo’lansa is qahramonning ruhiy holatini bo’rttirib tasvirlashda o’ziga xos vositaga aylanadi. Ehtimol, ayrim o’rinlarda yozuvchi qora bo’yoqni haddan tashqari quyuqlashtirib yuborgandek tuyular lekin b tasodifiy emas. Nazar Eshonqulning tasvirlarida tasodifiylik, noaniqlik, nokerak tashbehlar uchramaydi. Zero, u so’zni nihoyatda nozik xis etadi, boshqacha aytganda, Nazar Eshonqul o’z so’ziga javob beradigan yozuvchilar sirasiga kiradi. Misol uchun “Tun panjaralari” qissasidagi qo’yidagi jumlaga ko’z yugurtiraylik: “Men bu ayolning eshikni yopmay ham, og’irligidan mayishib ketgan siz to’shakda xur – xur uxlab yotganini ko’rsam, hamisha ko’z oldimga botqoqda huzur qilib uxlab yotgan semiz cho’chqa keladi”. Kitobxon shunday tasvir, ayolga nisbatan bu qadar bepisandlik shartmi, zarurmi degan hayolga kelgan zahoti muallifning, “Yo’q” odam haqida bunday fikrlash yaramaydi, bunday nafrat bilan so’zlash kerak emasligini men ham bilaman” degan so’zlarini o’qiydi. Demak, yozuvchining diqqat – nazariga tushayotgan holat – voqelikning o’zi muallifdan shunday ifodalarni tanlashni taqozo qiladi. Adibning hikoyalar nomlanishiga e’tibor beraylik, ulardagi tun, qora, xaroba, zulmat, tobut, o’lik, og’riq sifatlari umumlashib, N.Eshonqul badiiy tafakkuri o’q chizig’ini tashkil etadi, yozuvchining erksizlik, mustabidlik, yovuzlik va razolatu qabohatga bo’lgan cheksiz nafaratidan, mana shunday g’ayriinsoniy holatlar tug’diradigan ufunatli, qo’lansa va shikasta qismatlarning alamidan kelib chiqadigan faryod va nidolar sifatida o’qiladi. Bir asarda boshlangan faryod va nido keyingisidatasvirlangan norizo va bo’ysunmas isyonda davom etadi. N.eshonqulning barcha asarlarida qadimiy vazmin va mayus musiqa yanglig’ saqlanib kelayotgan birdek tanish ohang kitobxonlarimizni ham ta’sirchan, sirli va mushohadakor o’ylarga toldiradi. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling