Mundarija Kirish I bob
II bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga keldik
Download 254.5 Kb.
|
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.BOB. Ramziylik ijodkor konseptsiyasining asosiy mezoni. III.1. Xurshid Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasida ramziylik hamda makon va zamon muammosi.
II bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga keldik
Birinchidan, estetik ideal san’at asarlariga mujassamlangan voqelikka bo’lgan hissiy munosabat ekanligi tadqiq etildi. Ikkinchidan, estetik ideal ijodkor konsepsiyasini ya’ni uning o’ziga xos yo’nalishini belgilab ko’rsatishini o’rgandik. Uchunchidan, estetik ideal ijodkorning shaxsi, dunyoqarashi, hayotiy qiziqishlari va mahorati bilan bog;liq hodisa ekanligi o’rganildi. To’rtinchidan, Nazar Eshonqulning “Tobut” hikoyasidagi estetik ideal va ijtimoiy muhit masalasi tahlil qilindi, hikoyada, psixologik bayon usuli yetakchilik qilganligi hikoya misolida o’rganildi. Beshinchidan, X.Do’stmuhammadning “Bugun ertalab” hikoyasidagi qahramon masalasi estetik ideal muammosi bilan uyg’un holda tadqiq etildi, hikoya qahramonlarining ismi-sharifi yo’q, ular lirik qahramonlarga o’xshab dilidagini ichdan taftish etganlari misollarda tahlil qilindi. Oltinchidan, Nazar Eshonqul va Xurshid Do’stmuhammad hikoyalaridagi o’ziga xosliklar individual tahlil qilindi. III.BOB. Ramziylik ijodkor konseptsiyasining asosiy mezoni. III.1. Xurshid Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasida ramziylik hamda makon va zamon muammosi. Istiqlol davri o’zbek nasri tarixini yaratayotgan bir necha avlodga mansub soz san’atkorlari izlanishlarida inson shaxsiga nisbatan yangicha ijodiy nuqtai nazarlar yetakchilik qilayotir. Ularning mazmun – mohiyatidagi istiqlolning istiqbolini belgilayotgan erkin jamiyat kishisi qanday xislat – xususiyatlar sohibi bo’lishi kerak, dega bosh ma’no hozirgi nasrimizdagi inson konseptsiyasi masalasining o’zak mag’zini tashkil qiladi. Shu ma’noda keyingi yillar hikoyachiligida “…qahramonlar ong oqimining hissiy – assotsiativ tafakkur tarsi orqali shaxs va jamiyatning bog’liqlik aloqalarini badiiy tahlil qilish…” ustivor yo’nalish kasb etmoqda. Inson konseptsiyasi hamisha san’atkorning dunyoqarashi, g’oyaviy – estetik qarashlari, haypotiy ideali va ijodiy pozitsiyasidan tarkib topadi. Shu boisdan ham hozirgi hikoyachiligimizda adiblarimiz bugungi kun odamlari ma’naviyatidagi, fe’l – faoliyatidagi fazilatlar va nuqsonlarni shunchaki qayd etish bilangina kifoyatlanishayotgani yo’q. inson shaxsiyatidagi komiklik xususiyatlarini asosini belgilovchi ezgulik, e’tiqod, adolat tuyg’ularini tarbiyalash va shakllantirish borasida har tomonlama barkamol shaxs bo’lib kamol topishlari uchun ular oldiga muayyan talablar ham qo’ymoqdalar. Zotan, ushbu vazifalar bugungi nasrimizning ustuvor ma’naviy – axloqiy kredosini tashkil etadi. N.Eshonqul, X.Do’stmuhammadlarning “Maymun yetaklagan odam”, “Jajman” kabi hikoyalarida insonlar tabiatidagi ma’naviy – axloqiy xislatlarni topish va aks ettirish, qahramon ko’nglida kechgan tuyg’ular ziddiyatini, ongi – shuuridagi fikrlar evrilishlari ma’nosini ramzlarga ko’chirish adiblar hikoyalaridagi shaxs konseptsiyasiga oid nuqtai nazarlarni va badiiy tadqiqotchilik printsiplarini ko’rsatadi. Zotan, har bir asarning badiiy barkamolligi qahramon psixologiyasi nechog’lik xolis va hayotiy yorqin aks ettirilgani bilan belgilanadi. Modomiki, inson konseptsiya san’atkor dunyoqarashi, estetik pozitsiyasi bilan uyg’unlikda namoyyon bo’lar ekan, ularning mushtarakligi adibning badiiy salohiyatini tayin etadi. Xalqimizda bir miri kam degan ibora bor. Aslida, o’n sakkiz ming olam bekami – ko’st, to’rt ko’z tugal mukammal, aslida odamlar ideal emas. Bu xildagi mulohazalarning yuzaga kelish sababi dunyo va inson haqidagi tushuncha va tasavvurlarga borib taqaladi. Har bir inson shu, jumladan adib o’z e’tiqodi – amolidan kelib chiqib, bu yorug’ dunyoni ham o’z tushunchasidagi yaxshi odamni ham muayyan o’z idealida tasavvur qiladi. Shunga ko’ra, insonning psixologiyasi, fikriy sajiyasini, atrof – tevaragini o’z rayiga qarab o’zgartirishga intiladi. “Jajman”, “Maymun yetaklagan odam” singari hikoyalardagi badiiy idrok, ramziy obraz va ifoda ma’nolarini ko’zdan kechirar ekanmiz, davr taqozosiga ko’ra, hikoya janri tabiatida ham sifat o’zgarishlari sodir bo’layotganini ko’rish mumkin. Chunki bugungi kunda hikoyachiligimiz o’z mundarijasida mustaqillikka erishgan jamiyatning talablari va extiyojlarini aks ettirish sari yuz burdi. Shuning uchun ham asarlarda bashariy qadriyatlar asosini tashkil etgan yuksak gumanizm baland mavqe kasb etayotir. Adabiyotshunos B.Sarimsoqov alohida ta’kidlaganidek, “Nazariy jihatdan san’at asari tabiatga, hayotga taqliddan yaratiladi. Biroq bu taqlid hayotning oddiy nusxasidan iborat bo’lmasligi lozim. Hayotga taqlid badiiy ijodda muayyan istedod, xis – tuyg’usi, tafakkuri, ideali ta’sirida umuminsoniy qadriyatga ega bo’lgan yangicha badiiy hayot yaratish demakdir”. Istedodli adibimiz Xurshid Do’stmuhammad ijodi, xususan, “Jajman”1 hikoyasida ushbu mulohazalarning o’ziga xos tasdig’ini ko’rish mumkin. Shavqatsiz realistik idrok va ifoda adib hikoyalaridagi bosh estetik mezon sifatida ko’zga tashlanadi. Ularning ko’ngil bahridan terib jamlagan tuyg’ular, kechinmalar, uy – fikrlar sintezi, deyish mumkin. Hikoyada voqealar bozor va unda oralab yurgan g’alati bir maxluq atrofida yuz beradi. Hikoyadagi badiiy tasvirda juda katta ramziy mazmundorlik mavjud. Hikoya davomida shu narsani aniq his qilish mumkinki, adib tasviridagi Bozor – hayot, Jajman – nafs ramzi sifatida talqin qilinadi. Zero, o’z nefsini jilovlay olmagan inson tashqi jihatdan qanchalik (olmaxondek) chiroyli bo’lmasin, (tulkidek) ayyor va bunday odamlar jamiyat uchun (sichqondek) zararlidir. Ma’lumki, tulki ham sichqon ham boshqalarning rizqiga ko’z tikib yashaydi. “Chinakam badiiy asar hamma vaqt javobsiz savoldir. Bordi-yu, adib unda biror muammo ko’targan bo’lsa ham bu – amalda hal qilib bo’lmaydigam muammodir” – degan edi Asqad Muxtor. Shu ma’noda, X.Do’stmuhammad “Jajman” hikoyasida Zardusht boboning o’y – hayolari orqali ham umuminsoniy muammolar haqida qayg’uradi. Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida ham shaxs konseptsiyasi va ijtimoiy muhit masalasi ramziy obrazlar zimmasiga yuklangan. Falsafiy mazmundorlik orqali yoritilgan. Xususan, ma’naviy – inteliktuak erkinlikni qo’lga kiritish oson ish emas; aksincha, ushbu hodisa yangi ruhiy hadlarni egallash evaziga axloqiy hislat – hususiaytlar kasb etish orqali kechadi. Ana shundan keyingina insonning ma’nan hamda fikran komillik xuusiyatlariga ega bo’lishi tafakkur erkinligiga erishish natijasi o’laroq vosil bo’ladi. Mazkur g’oyaviy – badiiy fikr hikoyadagi shaxs konseptsiyasi talqinidagi o’zak ma’noni belgilab beradi. Inson mustaqil fikrlash, u yoki bu masalada o’z qarashlarini ishonchli, asosli qilib bayon eta olishi uchun ongidagi zanjirlarni, to’siqlarni yengib o’tishi talab qilinadi. Hikoyadagi rassom chol hayoti esa mutelik, tobelik iskanjasida kechgan. Asarda alohida diqqat qilinishi lozim bo’lgan holatlardan biri shuki, bu – bo’yniga kishan tortilgan maymun hamda yigitning ishonchdan porlagan ko’zlari. Maymun bilan nur chuqur ramziy ma’nodorlikka ega. Maymun – qahramonning mutelikka mahkum etilgan ko’ngli. Uning buyniga solingan (zanjir emas) kishan ham tarang tortilgan, mustahkam. Qarangki, ong – shuur yani fikr mute, tuyg’ular tobe bo’lib, inson o’zini emin – erkin his etmas ekan, dadillik va jo’shqinlik, fojialar bilan turfa xil muammolar sababini o’z nomi bilan atash shijoati qaror topmaydi. Shu boisdan ham rassom chol taqdiri, hayoti bilan bog’liq har bir detal, holat, kayfiyat hikoyaning emotsional – psixologik muhitini yuzaga keltiradi. Asardagi badiiy ifodaga ko’ra, har bir jumla qahramon ruhiyatini, qilmishlarini ayon etish barobarida yangi fikr tug’diradi. Yana bir o’ziga xos xususiyat N.Eshonqul hikoyalrida so’zlar also jaranglamaydi, yaltiramaydi, ular mayus, mahzun, dardchil va dilgir suhbatdosh sifatida hosil bo’ladi. Har bir badiiy – barkamol asar sobit va qat’iy xarakterga ega bo’lgan odamga o’xshaydi. Shu ma’noda N.Eshonqul hikoyalari bo’lar – bo’lmasga har kim bilan gaplashgisi kelavermaydi. Dardkash, qalbdosh odamlargina sir – asrorini ochadi, badiiy obrazlar qatlamiga yashiringan ma’nolariga oshno etadi. N.Eshonqul hikoyalari ana shunaqa qalbi butun asarlardir. Yuqoridagi misollarda ko’zatilganidek, hid hamda shula ramzlari rassom chol hayotining badiiy obrazlar orqali ifodalanayotgan umumlashmasidir. Kuzatishlardan ko’rinadiki, so’z san’ati va realistik tasvir madaniyatining asosiy tili, bu – ramz. Darhaqiqat, adibning o’zi ta’kidlaganidek, “ramz – voqelikning timsolidir. Voqelikning aynan o’zi go’zal emas, uning timsoli go’zaldir. Illo tosh emas, toshga yo’nilgan hayol go’zal. Adabiyotning ilohiy kuchi ana shu hayolni yarata olishda ko’rinadi. Ijod yaratishdir. Yaratish esa, ilohiyotga daxldorlikdir. Yaratish zavqi barcha zavqdan, yaratish azobi barcha azobdan yuksakroqdir. Go’zallik yaratish esa bu ilohiyotni charhlashdir”. Adibning “Maymun yetaklagan odam”, “Zulmat saltanatiga sayohat” kabi asarlarida chuqur ildiz otgan mazkur xususiyat mustaqillik davri hikoyachiligida yorqin ko’rinish kasb etadi. Zero, keyingi yillardagi badiiy tajribalarida (“Shamolni tutib bo’lmaydi”, “Tobut”, “Xaroba shahar surati”, “Ozod qushlar”, “Muolaja” va h.k) psixologik tahlilning o’ta murakkab shakli ustuvorlik qiladi. Ko’rinadiki, N.Eshonqul, X.Do’stmuhammad hikoyalaritahlili misolida kuzatilganidek, adiblarning ramziy obraz va ifodalarga asoslangan badiiy nigohi o’ziga xos, betakror va ayni paytda bir – birini takrorlamaydigan alohida xususiyatlarga ega. Insonni tushunish hamda tushuntirishda, g’oyaviy – badiiy izlanishlarning o’zak mohiyatini tashkil etgan insonning tabiatga, jamiyatga, odamlarga bo’lgan munosabatini badiiy –estetik o’rganish jarayonida adiblarning o’ziga xosligi ham bir – birlaridan farqlanishi ham ochiq – oydin ko’rinadi. Ushbu adiblar hikoyalaridagi shaxs o’zining insonparvarlik fazilatlari bilan hozirgi mustaqillik davri kishisining ma’naviy – intellectual ruhiyatini tarbiyalash va kamol toptirishda faol xizmat qila olishi bilan ham etiborlidir. Hozirgi davr o’zbek hikoyachiligining yana bir hususiyati shundaki, ularda ruhiy hamda faoliyat tasviri ancha murakkablashdi. Bu murakkablik insonning ichki dunyosining nihoyatda chigal va yetib bo’lmas puchmoqlarini ochishga intilish bilan bog’liq holda yuzaga keldi. Til bilan ifodalab, ko’z bilan ko’rib, quloq bilna eshitib bo’lmas ruhiy holatlarni o’quvchiga aniq, ta’sirchan yetkazishda adiblar ramziy tasvir hamda talqinga murojaat etdilar. Bunday ramziy tasvir va ifodalar esa hikoyalarning mazmun hamda shakl uyg’unligida inson ruhiyatiga chuqurroq nigoh tashlashga imkon bermoqda. Realistik adabiy asar syujeti zanjiri xalqalarini tashkil etuvchi voqea – hodisalar muayyan bir makon va zamonda yuz berishi tabiiydie. Bu – hayot va adabiyot qonuni. Mana shu qonuniyatga amal qilib yozilgan badiiy syujetlar puxta boladi. Xo’sh, makon va zamon deganda nimalarni tushunamiz. “Makon – adabiy asar voqea – hodisalari sodir bo’ladigan aniq makon, joy (shaxar, qishloq, vodiy kabi)”. “Zamon asar voqealari yuz beradigan vaqt – davr, tarixning bir bulagi. Masalan, “O’tkan kunlar” voqea – hodisalari tariximizning muayyan bir manzili va davrida yuz bergan : Otabek, Kumushbibilar faoliyatidan o’sib chiqqan voqea – hodisalar (Marg’ilon, Toshkent, Quqon va ular atrofidagi qishloqlar)da va aniq bir davr – XIX asr o’rtalarida yuz bergan; Otabek va Kumushbibilar – XIX asr o’rtalaridagi o’zbeklarning tipik vakillari. Bu omil – roman syujetining qiziqarli, hayotiy, haqqoniy bo’lib chiqishiga imkon yaratgan. “Mehrobdan chayon” romani voqea – hodisalari, asosan, Qo’qon shaxrida, Xudoyorxon zamonida (XIX asrining ikkinchi yarmi) bo’lib o’tgan. “Mirzo Ulug’bek”, “Ulug’bek xazinasi”, “Sarbadorlar”da tasvir etilgan voqea – hodisalar, qahramonlar faoliyatlari Samarqand va uning atrofidagi joylarda yuz bergan (XV asrning birinchi yarmida). “Qo’llar”, “Doxunda”, “Sudxo’rning o’limi”, “Buxoroning jin ko’chalari”, “Inqilob tongi” asarlari voqea – hodislalri Buxoro shahri va amrligi hududida XX asr boshlarida yuz bergan. “Qora oltin” romani voqealari bizning zamonimizda Farg’ona vodiysida sodir bo’lgan “Momaqaldiroq”, “Qasoskorning oltin boshi” romanlari voqealari Zarafshon vodiysida inqilob arafasida yuz bergan. “Navro’z” romani voqealari Jizzax shaxrida, “Lolazor”, “Ming bir qiyofa”, “Jimjitlik” romanlari syujeti voqealari Toshkent, Samarqand va Farg’ona vodiysida shaxsga sig’inish avj olgan davrlarida bo’lgan. “Cho’l burguti”, “Shohi so’zana”, “Bnafsha atri” asarlari voqealari 50-60 – yillarda Mirzacho’lda vo’lib o’tgan. “Toshkentliklar” , “Xazrati inson” voqealari Urush yillari Toshkent shahrida yuz bergan. “Qilko’prik”, “So’ngi bekat”, “Olabo’ja”, “Qora kamar” , “Otamdan qolgan dalalar” asarlarining voqealari asosan Surxon vohasida Boysunda inqilobdan oldin va keyin yuz bergan. “Mash’al”, “Mangulik” romanlari voqealari Xumson va Bustonliqda inqilobdan keyingi dastlabki yillarda kechgan. “Farg’onada tong otguncha”, “Ufq”, “Mavlono Muqumiy” romanlari voqelari Farg’ona vodiydi turli davrlarda voqe bo’lgan. “Navoiy”, “Alisher Navoiy”, “Navoiy Astrabodda”, “Guli va Navoiy”, “Navoiynoma” asarlari voqealari XV asrda Hirod va uning atrofida kechgan. “Davr mening taqdirimda” romani voqealari O’zbekiston va xorijiy Sharq mamlakatida, “Amu” romani voqealari Afg’onistonda, “Tug’ilish” romani voqealari Bekobod metalurgiya zavodi qurilishida 50 – yillarda kechgan. “Nur qidirib…” qissasi voqealari urushdan keyingi yillarda Pokistonda, “Chodirali ayol” qissasi voqealari Afg’onistonda, “Kashmir qo’shig’i” qissasi voqealari (ramziy) Hindistonda turli davrlarda yuz bergan. “Daryosini yo’qotga qirg’oq” romani voqealari Amudaryosining quyi oqimi – Xorazmda, “Borsa kelmas”, “Qoraqalpoq qissasi voqealari turli yillarda Qoraqalpog’istonda bo’lib o’tgan. “Bo’ronlarda bordek halovat…”, “Oltin qum” voqealari Zarafshon vohasida bizning zamonamizda yuz bergan… Xullas, har bir realistik asar voqea – hodisalari aniq makon va zamonda sodir bo’lishi – badiiy syujetning zarur shartlaridandirki, bu qonuniyatni sira yoddan chiqarmaslik kerak. Ta’kidlash joizki, zamon va makon badiiy syujetning tarkibiy qismi yoki unsurlaridan biri emas, balki uning omili, hayotiyligi va haqqoniyligi manbaidir. Makon va zamon syujetga o’z muhrini bosadi, uni jonlantiradi, ta’sirchanligini oshiradi sermazmun qiladi… Makon va zamon haqida gap ketgan ana shu narsani ham eslash joizki, qalamga olingan voqea – hodisalar yuz bergan yohus yuz berishi muqarrar bo’lgan makon (joy) tarixan aniq (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Marg’ilon Andijon, Jizzax…) bo’lishi, ba’zan to’qima nom (Shahrixon kabi) bo’lishi ham mumkin. Agar asarda tasvir etilgan voqea – hodisalar yuz berishi mumkin bo’lgan makon nomi to’qima bo’lsa ham unda baribir konkrent bir makon belgilari singdirib yuboriladi. Yana bir gap. Realistik asar voqealari bir makonda yuz berishi ham, turli joylarda sodir bo’lishi ham mumkin. Chunonchi, “Tug’ilish” romani voqealari, asosan, bir joyda – Bekobod shahrida yuz bergan, “Chinor” romani voqelari esa O’zbekistonning turli shahar va qishloqlarida, Qoraqalpog’istonda yuz bergan. Umuman, badiiy syujet voqealarining bir makonda yoxud turli joylarda yuz berishi – muallifning estetik - g’oyaviy niyati va qahramon harakteri mantiqiga bog’liq bo’lgan ijodiy ishdir. Shuningdek “zamon”ning qancha vaqtni o’ziga qamrab olishi ham muallifning ijodiy niyatidan kelib chiqadi. Adabiy asar syujet voqealari bir yoki bir necha yillar va hatto, bir kunda sodir bo’lishi ham mumkin. Chunonchi, Ch.Aytmatovning “Asrlarga tatigullik kun” asarida bosh qahramon hayotining, asosan, bir kunida yuz berishi muqarrar bo’lgan voqea – hodisalar qalamga olingan, “Qutlug’ qon”da 1912-1916 – yillarda yuz bergan hodisalar ko’rsatilgan. “Qullar” romanida esa 1825-1933 – yillarda (100 yildan ortiq) sodir bo’lgan voqea – hodisalar tasvirlanadi. Yana bir gap. Realistic asar syujetiga bosh qahramon hayotidan olingan bir kun, bir yil yoxud bir necha yil va hatto, ikki uch avlod tasvir etilishi ham mumkin. Masalan, Ch.Aytamatov “asrlarga tatigulik kun romanida bosh qahramon hayotidan anlab olingan bir kunlik voqea – hodisalar tasviri bilan cheklangan bo’lsa, “Qutlug’ qon”da Oybek bosh qahramon – Yo’lchi hayotida 1912-1916 – yillarda yuz berishi muqarrar bo’lgan voqealrni qamrab oladi. Yozuvchi Parda Tursun “O’qituvchi” romanida bosh qahramon Holmurodning tug’ilgan kunidan boshlab umrining oxirigacha yuz bergan voqealarni ko’rsatadi. “Navoiy”, romanida yozuvchi bosh qahramonnning hayot yo’lini to’liq aks ettirmaydi, balki Alisher navoiy hayot yo’lining bir bo’lagi (shoir hayotining dramatizmga va voqea – hodisalarga boy qismi –Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga – Sulton Husayn Boyqaro huzuriga qaytishidan boshlab, hukmronlik, vazirlik, bosh vazirlik, hokimlik davrlarida kechgan voqea – hodisalarni qamrab oladi). “qullar” romanida yozuvchi Sadriddin Ayniy bosh qahramon – qullarning uvh avlodi (Meqqadam – Rahimdod, Gulandom, Farhod – birinchi avlod; Ergash, Qulmurod, Muhabbat – ikkinchi avlod; Hasan – uchinchi avlod) vakillari obrazlarini yaratgan – ular hayotlarida yuz bergan asosiy voqea – hodisalarni syujetga asos qilib olingan. Lirik asarlarda makon va zamon (epik va dramatic asarlaridagidek) keng ko’lam va miqiyosda tasvir etilmaydi, balki, lirik qahramonning his – tuyg’ulariga chuqur singdirib yuboriladi. Bunday asarlardagi zamon va makonni faqat his etish mumkin, xolos. Ramziylik makon bilan zamon obrazni muayyan uyg’unlikda tasvirlash uchun ijodkor badiiy shartlilikning boy imkoniyatlariga suyanadi. Inson xilqatiga xos shunday xislatlar mavjudki ulardan ayrimlari hamma vaqt mavhum, tushunchalar sifatida yashaydi. Bunday barqaror hislatlar insonning real borliqdagi hatti – harakatini, harakterini, ruhiy boyligini belgilab beradi. “Nafs” deb atalmish mavhum tushuncha odamzodning ibtidosidan intihosigacha mohiyatini belgilab beruvchi xususiyatdir. So’z san’atida juda qadim zamonlardan buyon nafs ma’naviy – axloqiy kategoriya sifatida goh usha mavhumligicha goh real narsa yoki jonzotga ko’chirilgan obraz sifatida tasvirlanib kelinadi. Juda ko’p adibu shoirlar nafsning hasratlari haqida asarlar yozganlar. Xorut va Morut haqidagi mashhur afsona Navoiy ijodidagi “ko’ngil iti”, undan keyingi davrlar og’zaki va yozma asarlarda nafs balosi haqida ko’plab ibratli fikrlar bayon etiladi. Hozirgi o’zbek hikoyachiligida ham nafs haqida talaygina asarlar yaratilgan. Lekin ularning birortasida nafs aniq shaklu – shamoyilga ega obraz sifatida aks ettirilmagan. Bu narsa Xurshid Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasida yuz ko’rsatadi. Hikoyada uzoq o’tmish, ya’ni zardushtiylik dini hukmron bo’lgan davr bilan hozirgi tarixiy davr - Zardusht bobo, Jajman va bozor obrazlari bevosita sintezlaydi. Hikoya mazmunini Jajman deb ataluvchi sichqonga ham, tulkiga ham, odamga ham o’xshamaydigan yebtuymas mahluqning bozor ahli boshiga slogan turli tashvishlari tashkil etadi. Asar erta tongda beva ayolning faryodi bilan boshlanadi. Mana shunday keyin bozordagilarning o’y – fikri Jajmanni tutib olish va jazolash bo’lib qoladi. Bozordagi har xil quritilgan meva – chevalarni sotuvchilar Jajmanning nimaligini uni qaysi bir jonivordan urchiganligini aniq bilmaydilar. Shu bois ulardan ayrimlari uni tutib olib o’ldirishga, boshqalari esa u bilan til topib murosa qilib yashashni ma’qul ko’radilar. Jajmanning nimaligini uning qayerdan qanday paydo bo’lganligini faqat Zardusht bobogina aniq biladi. Jajman dualistik e’tiqodiy qarashlarni ifodalovchi otashparastlikda ezgulik homiysi Axuramazdaga qarshi kurashuvchi yovuz deb Axriman tomonidan yaratilgan maxluq edi. Demak, nafs balosining ildizlari yovuzlik dunyosiga borib bog’lanadi. Qoqifurushlarning Jajmanni tutib o’ldirish haqida qarorlari qaydarajada qat’iy shiddatli bo’lmasin, uni o’ldirib bo’lmasligini tanho Zardusht bobogina biladi, xolos. Bu esa inson bor ekan nafs hech qachon o’lmasligi haqidagi azaliy va abadiy falsafaning o’ziga xos badiiy in’ikosidan iborat edi. Hikoyada ifodalangan g’oyaga ko’ra hayotda barcha salbiy voqea – hodisalarning mohiyatini anglab yetish uchun insonda pokiza qalb hamda yuksak e’tiqod bo’lishi zarur. Bozor axli orasida bunday hususiyat faqat Zardush boboda mujassam edi xolos. Hikoyada Zardusht bobo inson vujudida joy olgan nafsning yovuz axriman tomonidan yaratilgan mahluq ekanligini biladigan zot sifatida tasvirlangan. Hikoyaning o’ziga xosligi shundaki, unda ilk bor nafsning obrazi, uning tashqi qiyofasi chiziladi. Bozor ahli va Zardusht bobo obrazlarining tasvirini esa adib o’quvchilarning tassavuriga xavola qiladi. Faqat juda zarur bo’lib qolgan o’rinlardagina u boboning o’siq qoshlari, yoniq ko’zlari va oppoq soqoliga ishora qiladi. Jajmanda barcha jonzotlar xislati mujassamlashgan. Tirik mavjudod jumladan eng oily xilqat inson ham nafsga ega. Inson birinchi galda o’z nafsini tiya olishi kerak, ana shunda u emin – erkin yashaydigan ulug’vor falsafa ifodalangan. Buni Zardush bobo yaxshi bilsa ham, lekin ko’rgan zahoti Jajmanni eslay olmaydi. Adib zarduh boboning ruhiy holatini keksalarga xos xotira zaifligi bilan asoslaydi. Ma’lumki nafsning ehtiyoji chegara bilmaydi, unga qancha erkinlik berilsa shuncha kuchayaveradi. Shu munosabat bilan hikoyadagi makon va zamonning chegaralari badiiy shartlilik tufayli nihoyatda keng qamrovga egaligi masalasiga e’tibor qaratish lozimdek tuyuladi. Adib hikoyaga Zardush boboning bolaligi haqida tush epizodini kiritadi. U tushda Otash momosini ko’kko’z deb hovuchiga olib ketganligini ko’radi. Folklorga xos ushbu mativ ajdodlar sabog’ini unutishi o’z nafsiga qul bo’lib qolishdan iborat, degan g’oyaga ishora vazifasini o’taydi. Bozordagi sotuvchilar Jajmanni tutib olib, chalajon holga kelguncha kaltaklashadi. Shu payt tim adog’idagi devor ortida gursillagan ovoz yanada kuchayganligini zardusht bobo sezadi. Bozor ahli Jajman o’ldi deb hukm o’qigach kutilmaganda u insonga xos ovoz bilan “Lo – kila!, lo – kila!..” deb qichqiradi. Shu paytdagina olamon Zardusht boboga murojaat qiladi. Biroq vaqt o’tgan edi. Tim adog’idagi devorning bir qismi o’pirilib, ana shu teshikdan Ahrimanning qo’sh hovuchi chiqadi. Uning hovuchidan esa oldingi Jajmanga qaraganda durkunroq Jajman sakrab tushadi. Bu esa nafsning o’ldirib bo’lmaydi degan qadimiy g’oyani o’ziga xos obrazli ifodasi edi. Mazkur hikoya haqida bir qancha fikr – mulohazalar masalan, dastlab N.Dovurbolva hikoyaga munosabat bildirib “Jajman so’zi “Jajji” ma’nosini anglatib, jamiyatdagi nafsga berilish oqibatida ro’y bergan salbiy nuqsonlar qoralanganligini aytadi” B.Ro’zimuhammad bu asar haqida to’xtalib adibning maqsadi Jajmanni qoralash emas balki bozor ahlining ziqnaligini fosh etishdan iborat kabi fikrni bildiradi. Uningcha tanqidchi va adabiyotshunoslarning muhim kamchiligi “eksiztentsializm” falsafasini yaxshi bilmasliklaridadir. Chunki Jajman kaltaklangach uning oxirgi aytgan “Lo – kila!, lo – kila!” so’zlari “alik ol” ma’nosini anglatib, ushbu so’zlar orqali u izdihomga salom berganmish. Tadqiqotchi G.Sattorova esa asarning falsafiy mohiyatini to’g’ri tushunmaslik oqibatida har – xil fikrlar aytilganligini to’g’ri ta’kidlaydi. Haqiqatdan ham Jajman sintezlashgan ramziy obraz bo’lib, u insondagi nafs balosining jonlantirilgan ramzidan iborat. Zardusht bobo esa iymon va ezgulik timsoli. Hikoyani diqqat bilan sinchiklab o’qilsa, Zardusht boboning Axuramazdaga qilgan iltijolarini, oldindagi falokatdan ogohlantirishlarini bozor ahli eshitmaydi. Olamon Jajmanni zo’rlik, johillik bilan mahv etmoqchi bo’ladi. Aslida esa u nafsni faqat ma’rifat, iymon va e’tiqodni tarbiyalash bilan yengish mumkin, xolos. Zardusht bobo esa bozor ahlining birorta murojatiga javob qaytarmay, hamma vaqt ezgulik homiysi Axuramazdadan najot so’raydi. X.Do’stmuhammadning mazkur hikoyasi bilan ma’rifatsiz iymoni zaif kishilargina jaholatga yuz buradi va jajmanlar hanlasiga duch keladilar demoqchi. Adib hikoyada millat mintalitetidagi nafs ortidan quvsh turli balo – qazolardan duchor bo’lishdan kishilarni, zamondoshlarimizni ogohlantirishni nazarda tutgan. Yuqoridagi uch xil munosabatdan G.Sattorova hamda N.Dovurboyevalarning fikrlari haqiqatga yaqin. B.Ro’zimuhammad esa hikoyani o’rinsiz “ekzistentsiyalizm” falsafasiga olib borib taqaydi. Bizningcha “Jajman” uzoq o’tmish bilan barcha zamonlar qatori bugungi davr kishilaridagi ma’naviy – axloqiy qarashlarni badiiy sintez qilish yo’li orqali yaratilgan falsafiy asar. Adabiy – badiiy sintezning bu turi o’ta darajada murakkab bo’lib, unda ijodkorlar o’z bilimi va istedodi, dunyoqarashidan kelib chiqqan holda turlicha yo’ldan boradilar, turli – tuman vosita hamda usullardan foydalanadilar. Yozuvchi “Jajman” hikoyasida badiiy shartlilikka amal qilib, uzoq o’tmishda yashagan va birorta ijod muloqotda bo’lmagan obraz bilan nafs balosiga mukkasidan ketgan zamondoshlarimizni bir makon va zamonda uchrashtiradi. Garchi Zardusht bobo sotuvchilar bilan biron marta jonli suhbatlashmasa ham, sotuvchilar unga bir necha bor murojaat qiladilar. Utimning kiraverishidan o’rin olgan, uning narsalariga Jajman biror marta chang solmaydi. Chunki u iymon yog’dusi bilan yashaydigan e’tiqodi baland inson sifatida hioya voqealari rivojida madidativ (harakatga keltiruvchi)lik vazifasini o’taydi. U poklik iymonlilik na’munasini ko’rsatuvchi ramziy obraz. Adibning yana bir yutug’i shundaki u 90-yillar o’zbek hikoyachiligida ilk bor nafsni yeb tuymas Jajman maxluq sifatida jonlantirdi va butun hikoya voqealarini harakatga keltiruvchi, asar konfliktini doim tarang tutib turuvchi bozordagi dramatik vaziyatni bir xil qaltislikda ushlab turuvchi ramziy obraz sifatida yaratdi. Demak, uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz tasavvuridagi yarim mifik, yarim real inson qiyofasidagi Zardusht bobo obrazini hozirgi zamon kishilari bilan birgalikda tasvirlash hamda ularni muloqotga kiritish, badiiy shartlilikning nihoyat keng qamrovli mezon asosida yoritish badiiy sintezning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan. Chunki hikoyani o’qigan har bir shaxs bozor ahli bilan Zardusht boboning realligiga shubha qilmaydi. Bu esa obrazlarning ramziylik asosiga qurilishidan dalolat beradi. Hikoya voqealari bo’lib o’tadigan makon shartli harakterga ega. Bozor ramziy ma’noda dunyoni anglatsa, tor ma’noda real voqelikdagi bozorni bildiradi. Aniqroq qilib aytsa, bozor va unda harakat qiluvchi kishilar birgalikda olib qaralsa, bu epik makon mamlakatimizdagi bozorlardan birini, personajlar esa xalqimiz vakillarini tashkil etadi. Hikoyada zamon ham shartli bo’lib, aniq ma’noda u XX asrning oxirgi o’nliklariga to’g’ri keladi. Shu bilan birga makon va zamonni bosh obraz Jajman faoliyati bilan bog’liq holda talqin qilinsa, makon basher ahli yashaydigan barcha zaminni ifodalasa, zamon otashparastlik e’tiqodlari vujudga kelgan davrlardan hozirga qadar bo’lgan qamrovni tashkil etadi. Buni hikyadagi bir nechta o’rinlarda ham tasdiqlaydi: “ – To’g’ri ilgari ko’zimizga ko’rinmagan, u bir siqim, ikki siqim mayiz yegani bilan kamayib qolmasdik, “yesa – yebdi-da” dedik. Indamadik. Keyin, sezib – sezmay erkatoyimizga aylantirdik. Zardusht boboning yuziga mayin tabassum yugurdi. Jajman sekin – asta timdagilar bilan opoq – chapoq bo’lib qolgan davrlarini esladi”. Keltirilgan parchani o’zi anglatib turibdiki, hikoya aniq zamon bilan keng miqiyosdagi makon va zamon sintez qilingan. Chunki insoniyat nafs baosi bilan goh kelishib, goh unga isyon ko’tarib yashaydi. Asardagi makon va zamonning yeakchi ramziy obraz – Jajman birlashtirib turadi. Shunday ekan istagan vaziyatda makon va zamon yo keng, yo tor, aniq miqiyosda voqe bo’ladi. Bunday hususiyat faqat badiiy sintez mahsuli. Shu nuqtai nazardan qaralsa, hikoyadagi Jajman jonlantirilgan maxluq qiyofasida tasvirlansa ham, mohiyat jihatidan u umumbashariyatga aloqador hususiyatdir. Binobarin hikoyaning g’oyaviy mazmuni yagona olingan bir davr uchun emas, balki umuman insoniyat tarixi, hozirgi va kelajagi uchun dolzarblik kasb etadi. X.Do’stmuhammad ijodiy niyati o’tmish bilan zamonaviy voqelikning o’ziga xos tarzda bog’lash edi. Bu bog’liqlik hikoyaga falsafiy ruh va falsafiy talqin bag’ishlagan. Chunki ijodkorning ijodiy niyatida makon va zamonning obrazlarning ramziyligi badiiy shartlilikning keng miqiyosda qo’llanilishi tufayli yuzaga kelgan. Bizningcha “Jajman” adibga “Bozor” romanini yozish uchun alohida tayyorgarlik bosqichi, boshqacha aytganda, g’oyaviy – badiiy dasturlik vazifasini o’tagan. Xulosa qilib aytganda uzoq o’tmish bilan hozirgi zamon muammolarini yaratishda ijodkor birinchi galda o’zi yashayotgan davr hamda jamiyatining dolzarb muammolaridan kelib chiqishi ularni kitobxonga aniq va ta’sirli yetkazishga xizmat qiluvchi ramziy tasvirdan o’rinli foydalana olishi zarur. Chunki ijodkor g’oyasining bu turi badiiy shartlilik qonuniyatining ramziy tasvirini ta’minlovchi imkoniyatlarni ijodkor tomonidan to’la ro’yobga chiqara olishga bog’liq. X.Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasi “Bozor” romaniga nisbatan keng va chuqur falsafiy talqinga moyil asar bo’lib, bu hususiyat faqat obraz sathidagi badiiy sintez hisobiga yuzaga kelgan. Kishilarning ozodlikka, porloq kelajakka da’vat etib, aslida jamiyatning g’oyaviy qullik iskanjasida tutib turuvchi hukmron mafkura inson ruhini, hsaxs erkinligini bo’g’ishning birdan –bir yo’li edi . Komunistik edial, komunizm deb atalishi porloq kelajak jamiyatining barcha qatlamlarini o’ziga mahliyo qilib olgan yaqin o’tmish kishilari ruhiyatini erksizlik, ma’naviy qullik zabt etib olganligini kamdan kam, asosan peshqadam ziyolilargina teran anglab yetgan edilar ilg’or ziyolilar, adibu shoirlar, dramaturg va olimlar jamiyatning barcha a’zolarini g’aflat uyqusidan uyg’otishga birinchidan bo’lib bel bog’ladilar. Ular nafaqat Sharq balki, G’arb adabiyotiga xos tasvir usullarini, obraz yaratish vosita va imkoniyatlarini o’zaro muayyan uyg’unlikda yaratish yo’lidan borib, murakkab hamda ko’p ma’noli ramziy obrazlar kashf etishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. G.Markes, Ch.Aytmatov, A.Kamyu singari XX asr jahon adabiyotining yirik va betakror namayondalariijodkordan ularni voqelikni, zamondoshimiz shuurini qamrab olgan chigal muammolarni butun murakkabligi bilan aks ettirish tamoyillaridan ijodiy bahra olish yo’lidan bordilar. X.Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasida insondagi nafsning o’lmasligi, uni imkon boricha jilovlash lozimligi kabi adabiy g’oya ilgari surilgan . Xullas, X.Do’stmuhammadning “Jajman” hikoysida yuksak darajadagi Shrq falsafasi mujassamlangan. Bu bilan yozuvchi millat tabiatidagi salbiy xususiyatlarni ko’rsatadi. Nafs orqasidan kelishi mumkin bo’lgan falokatlardan insoniyatni ogohlantiradi. Zardushtiylik ta’limoti, undagi afsonaviy obrazlar (Axuramazda, Ahriman) yozuvchi uchun bir ramziy, badiiy detal vazifasini bajargan. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling