Mundarija Kirish I bob


I bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga keldik


Download 254.5 Kb.
bet6/14
Sana03.02.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1154026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi

I bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga keldik:
Birinchidan, magistrlik dissertatsiyasida pafos va uning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qildik, ya’ni ijodkor asar yaratayotgan paytdagi ehtirosli jarayonlar o’rganildi.
Ikkinchidan, pafos yozuvchining qahramon obraziga munosabati, asar yo’nalishi, umumiy konsepsiyasini belgilovchi omil ekanligi tadqiq etildi.
Uchunchidan, ijodkorning xarakter yaratishdagi mahorati va ta’sirchanlikka erishish uslubi o’rganildi.
To’rtinchidan, xarakterlarni yaratish jarayonida yuzaga keladigan mehnat, ilhom, iste’dod haqida fikrlar bildirildi.
Beshinchidan, X.Do’stmuhammadning “Ibn Mug’anniy” hikoyasidagi xarakterlar ruhiy iztiroblari tahlil qilindi.
Oltinchidan, N.Eshonqulning “Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyasidagi analitik prinsip, ya’ni voqealar tafsilotining tasviriga nisbatan his-tuyg’ular tafsiloti tasviri ustunligi tadqiq etildi.


II.BOB. Estetik ideal va ijodkor konseptsiyasi.
II.1. Nazar Eshonqul hikoyalarida estetik ideal va ijtimoiy muhit.
Estetik ideal san’at asarlariga mujassamlangan voqelikka bo’lgan estetik – hissiy munosabatdir”. Estetik voqea – hodisalarni baholash mezon, voqelikni estetik bilish vositasi, namuna qariyib muayyan norma demakdir. Hayot unga binoan kulgili yoki fojiali, deyiladi. Estetik idealning “komik inson”ga ham o’z qarashi bor. Uning asosida hayot o’zgartiriladi, takomillashtiriladi. Unga ko’ra, odamlar xunuk yo go’zal bo’lishi mumkin, u kishilarning madaniyat, odamiylik darajasini ko’rsatadi.
Estetik ideal – tarixiy, zamonlar o’tgan sari tajriba yig’ib boradi, boyiydi, chuqurlashadi.
Estetik ideal – ijodkor konseptsiyasini ya’ni uning o’ziga xos yo’nalishini belgilab ko’rsatadi.
Yozuvchi ediali go’zallikdir, u tabiiy va estetik go’zallik tarzida ko’rinadi, ammo fojia xunuk, komik hodisalar ta’siri zamirida yashiringan bo’ladi. U milliy va umuminsoniy manfaatlar va qiziqishlarga tayanadi. Yozuvchining estetik ideali ijobiy qahramonning estetik idealiga qo’shilib ketadi. Jamiyat, inson ibrat va o’rnaksiz yashay olmaydi, ya’ni ideal uning uchun suv va havodey kerak. Ko’rinib turibdiki, estetik idealsiz badiiylik yo’q. Biroq estetik ideal qat’iy o’lcham yo chegara emas, ammo yozuvchi unga ega bo’lishi shart. Yozuvchi ega bo’lgan sehrli mantiq har bir adabiy tur va har bir janrda, ularning spetsifikalari negizida o’ziga xos ifodalanadi. U romantizmda – hut as, realizmda hut ast tus oladi.
G’oya – yozuvchining niyati, estetik ideal bilan bog’langan. Go’yo Gyotening “ideallar doimo inqilobiy maqsadlarga kerak”, degan fikrini ta’kidlagan. Estetik ideal asosida insonparvarlik turadi va u hamma unsurlarni uyushtiradi. Gumanizm muallifni haqiqatdan uzoqlashtirmaydi. Estetik ideal go’zallik qonunlariga tayanadi, jirkanch hodisa va salbiy shaxslarga qarshi turadi. Adabiyot xunukni, salbiyni ko’rsatganda ham go’zallikka dastyorlik qiladi. “Go’zallik haqiqatni ilmiy o’zlashtirishning safdoshidir. Umuminsoniy manfaatlarni ifodalash go’zallik tasviridir, haqiqiy badiiy asarlarda na go’zallik, na etishmovchilik mavjud; ular kimga tushunarli bo’lsa, unga faqat go’zallik butunligicha ko’rinadi”. Yozuvchi o’z idealini to’la aks ettirishi lozim. Unga hiyonat qilmasligi kerak.
Yozuvchi asar va qahramonning ham estetik ideali bo’ladi. Cho’lponning estetik ideali shaxs erki, ozodlik va mustaqil davlat tuzishdir. “Zaynab va Omon” dostonining estetik ideali sevgida bid’atlarga qarshi turishdir. Otabekning estetik ideali yuksak insoniylik, oru nomus, chorizm bosqinchiligiga qarshi boorish. Ulug’ vatan urushi davri adabiyotining estetik ideali front orqasini mustahkamlash va g’alabadir. Sovet adabiyoti kommunistik estetik ideal bilan qurollangan edi.
Turli yozuvchilar, ijodiy metod, oqim, g’oya, uslub va qarashlar ziddiyati va kurash oqibatida g’olib chiqqan, yetakchi, hukmron adabiy taraqqiyot yo’nalishi adabiy jarayon demakdir. Istedod, estetik ideal va adabiy jarayon bir butundir. Yozuvchi asarda aks etgan mavzu va voqeaga adabiy jarayon ruhi, o’z estetik ideali taqozosi bilan aloqador holda e’tibor hamda baho beradi, chunki uning o’z estetik orzusi (ideali) shu adabiy jarayonda shakllanadi. Istedod davr taqozosiga binoan, mavzuni tanlaydi va voqeani baholaydi, uning o’ziga hos ifoda uslubi davr va adabiy jarayon uslubi bilan mushtarakliklarga ega.
Barcha adabiyotshunoslar estetik idealsiz badiiy adabiyot mavjud emasligini bir ovozdan tasdiqlashadi. Lekin uni anglashda, tushuntirishda turli talqinlar, bahs – munozaralar davom etmoqda. Xususan, rus adabiyotshunoslaridan N.Gey, V.Piskunov, L.N.Stolovich, V.Murian, V.Vanslov va boshqa bir qator mualliflarning estetik ideal haqidagi fikr – mulohazalarini tadqiq etar ekan, A.Akopov shunday xulosa chiqaradi: “Estetik ideal mohiyati haqida tadqiqotlar qancha bo’lsa, nuqtai nazarlar ham shunchalar ko’p”. bu o’rinda muallif G.Gey va V.Piskunovlarning estetik idealni birgina ijobiy qahramon doirasida talqin etishlari biryoqlama fikr ekanligi, aslida estetik ideal butun adabiy voqelik va barcha harakterlar, ularning xatti – harakatlarida birdek mujassam bo’ladi, degan mulohazalarni haqli ravishda qullab – quvatlaydi. Chindan ham estetik idealni birgina ijobiy qahramon, badiiy obraz yoki sof go’zallik tasavvurlari qamrovida olib talqin etish yanglish xulosalarga olib keladi. Zero ijodkor estetik ideali san’at va adabiyot namunalari qamrovida namoyon bo’ladi. Estetik idel intilishlarning eng yuksak cho’qqisi, eng oily maqsad, namuna sifatida o’quvchi xis – tuyg’ulariga, ongiga ta’sir qiladi va tasavvur olamining kengayishiga asos bo’ladi.
Badiiy asardagi estetik ideal hayotda har bir inson ko’nglidagi idealning teranlashuviga yordam beradi. Aksariyat hollarda idealning badiiy shaklda reallshuvi inson o’z hayotidagi maqsadiga yetishiga kuch – quvvat bag’ishlaydi. Aks holda, asarning yozilishi va o’qilishida muddao hosil bo’lmas edi. Estetik ideal san’at va adabiyotning yashashida, jamiyatda o’rnini topishida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Demak, u yoki bu ijodkorning estetik ideali haqida so’z ketsa, quyidagi jihatlarni e’tiborga olish kerak:
- shoir va yozuvchi yashab ijob etgan davtning go’yaviy, mafkuraviy, ijtimoiy – iqtisodiy talab va ehtiyojlari bilan bog’liq holatlar;
- estetik idealning ijodkor shaxsi, dunyoqarashi, hayotiy qiziqishlari va poetic salohiyatiga bog’liqligi;
- umuminsoniy estetik idealning azaliy mezonlariga muayyan davr va ijodkorning munosabati masalalari.
Estetik ideal qaysi davrda qanday shakl va mazmunda ifodalanmasin, uning negizida insonga munosabat doimo saqlanadi va u yaxlit estetik ideal tushunchasi mag’zini tashkil etadi.
N.Eshonqulning “Tobut” deb sarlavhalangan hikoyasi 90-yillar o’zbek modern hikoyalarining yetuk namunasi bo’ladi desak, yanglishmasak kerak. Hikoyani o’qigan o’quvchi hayotning faqat oq rangdan iborat emasligiga iymon keltiradi. Turmushdagi ezgulik va yovuzlik tushunchalarini solishtirib, ezgulikning qadr – qimmatini chuqurroqanglaydi. Sho’ro adabiyoti anglamagan yangi bir mazmunni ilg’agandek bo’ladi.
Hikoyada psixologik bayon uslubi yetakchilik qiladi. Aytish kerakki, bunday uslub N.Eshonqul ijodiga xos. Uchinchi shaxs tomonidan bayon qilingan voqealar qahramonlar va ro’y bergan tahlikali vaziyat tasvirini beradi. “No’malum sabablarga ko’ra o’lim ko’paygan chekka muzofotdagi oils shaharga ketayotgan tekshiruv guruhiga nega aynan meni qo’shib qo’yishdi, me’morchilikning o’latga qanday aloqasi bor. (Bizga hali sira aniqlanmagan o’lat deb tushuntirishdi). To’g’risi, hozircha aqlim yetmaydi”, deb boshlanadi hikoya.1 Parchadan ma’lumki, hikoya qahramoni addiy bir me’mor. Tajriba, bilim, mahorat borasida ham boshqa me’morlardan farq qilmaydi. Uni o’lat munosabati “xo’jako’rsinga” jo’natishgan, xolos. O’lat davom etayotgan shaxarga yetib kelganda, hatto oradan bir necha kun o’tganda ham me’mor o’zining, kasbining o’latga qanday aloqasi borligini tushuna olmaydi. Shaharda esa o’lat kuchaygandan kuchayib, shahar ahlini yuhodek komiga tortaveradi. Guruhning kutib olgan shahar boshlig’I voqeani shunday bayon qiladiki, barcha guruh a’zolarining, xatto o’lat buyicha mutaxassis professorning ham vujudlarini o’lim sharpasi g’imirlagandek tasavvur o’yg’onadi:
“Hamma balo besh oycha burun boshlandi. Odamlar ishlab turgan yoki uxlab yotgan joylarida ba’zan suhbatlashib turib to’satdan jon taslim qilishayapti. Avvaliga biz bularning hammasi shunchaki tasodifiy deb o’ylagandik. Biroq o’lim tobora ko’paygach, tashvishga tushib qoldik. Maxsus emlash o’tkazdik, voqeaning tagiga yetish uchun barcha kasalxonalarimizni nazorat ostiga oldik, bir necha marta ularni maxsus nazoratdan o’tkazdik, ammo natija bo’lmadi – o’lim to’xtamadi”2.
Me’mor yigitning shahar boshlig’ining hikoyasidan ham ko’proq boshqa narsalar daxshatga solar edi: Birinchi bor o’lat shahar ostonasiga qadam qo’yganida u butun shaharni tutib ketgan, hatto shahar boshlig’ining vujudidan anqiyotgan achimsiq, badbo’y hidni sezadi. Shahar darvozasining haybati, shaharning “uchishga chog’langan mahluq”ni eslatish uni daxshatga soladi. Shahar darvozasidan ichkariga kirar ekan, ularni g’oz qotgan soqchilar kutib olishadi. Bu holat e’morga shahar ichida o’zga bir muhit mavjudligiga ishora bo’lib turadi. E’tibor qilinsa, ushbu shahar bir qarashdayoq sho’ro diktaturasi tomonidan o’rnatilgan g’ayriinsoniy muhitni eslatadi. Shahar boshlig’idan tortib, barcha aholining ko’zlarida umidsizlik, loqaydlik kezib yurardi. Shahar binolaridagi muhtashamlik, beakdorlik va soxta salobat bu joydagi hazing, chiqkin muhit qiyofasini yashirishdan ko’ra oshirishga xizmat qiladi. Me’mor avvaliga o’latning sababi shahar binolarining quyoshga teskari qilib qurilganidanmikan, degan hayolga boradi: “Ammo tezda bu o’yim haqiqatga hech bir to’g’ri kelmasligini angladim: “o’lim to’rt muchasi but, baquvvat, sog’lom kishilarning ham komiga torayapti”, degan edi shahar boshlig’i. o’latning bu uylarga hech bir aloqasi yo’qligini tushungach, hafsalam pir bo’lib ortga qaytdi”, deya hikoya qiladi qahramon. Shahar aholisining bir xil qiyofasi, ulardan yozilib turgan hasrat, mung, yuzidan yog’ilib turgan loqaydlik va qahr bu odamlar uchun kelajak absurdga aylanganidan dalolat beradi. Yozuvchi bir o’rinda shaharni sarobga, ro’yoga o’xshatadi. Darhaqiqat, sho’rolar o’rnatgan diktatura ham asli sarob bo’lgan yolg’onchi aqidalar asosiga qurilganmidi? Odamlarning bemaqsad izg’ib yurishi, hayotga nisbatan loqayd munosabati, yuzlaridagi qurquvning izi shaxsiyatidagi qiyofasizlik, hamma – hammasi sho’ro davri odamining absurd hayotini, kelajaksiz turmushini eslatadi.
Hikoyada “kiyimlari uvada, qaddi bukik, uzun hirqa kiygan, ko’zlarini jazava – junun qoplab olgan” jinni obrazi bor.
U odamlarga qarata mudom bir gapni takrorlab yuradi:
- Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. “U menga aytib turdi, men qurib berdim.”
Shahar boshlig’I me’morga uning asli shu shahar loyihasini chizgan me’mor ekanligini aytadi. O’zi g’ayratli, bilimli odam bo’lib, “dunyoda eng ulkan va odamlar hali hayoliga keltirmagan shahar quramiz”, deb yuradi. Shahar bitgach, ko’p o’tmay o’z ustaxonasini yoqib yuboradi. Shaharga ham o’t quymoqchi bo’ladi. Keyin uni jinnixonaga jo’natadilar. U tomom jinni bo’lib qoladi. Bu obraz ko’p jihatdan sho’roga xizmat qilgan sotsialistik qurilishlar boshida bo’lgan, ammo daf’atan bu tuzum mohiyatini anglab qolib isyon ko’targan ba’zi ziyolilarni eslatadi. Ma’lumki, sho’ro tuzumini g’ayriinsoniyligini anglab yetgan har qanday odam jazosiz qolmagan. Turmalarga, jinnixonalarga qamashgan. Muallif bu obraz orqali sho’ro zamonida faqat jinni odamgina haqiqatni ayta olishi, ko’zi ko’r bo’lgan sovet fuqarolari uni hech qachon anglamaganlarini ko’rsatadi. Sovetlar jamiyatida bunday hodisalar kam bo’lsa-da, bo’lib turga haqiqat. Hikoyadagi barcha obrazlar aniq bir qiyofaga ega emas. Hayotlari ularning qiyofalari ham ma’nosiz, shaklsiz absurd. Faqat telbagina telbaligi ostida o’z qiyofasini saqlab qolgan. Lekin bu qiyofasiz jamiyatdan quvilishga, o’limga mahkum. U loqayd hamshaharlariga qarata “hammamiz uning changalidamiz” deganda yodimizga ko’pchilikni daxshatli changaliga olgan sho’ro tuzumi keladi.
Telba ham bir paytlar ko’p qatori bo’lgan. Uning (sho’ro tuzumining) ko’rsatmasi bilan ko’r – ko’rona shahar (sovet tuzumini) qurilishiga bosh bo’lgan. Ishning nima bilan tugashini anglamagan. Hikoya so’ngida shahar loyihasini telbadan olgan me’mor yigit uning tobut shaklida qurilganini anglaydi. Shunda u barcha falokatlarning sababini tushunadi. Shahar aro kezib yurgan badbo’y hid (sho’ro mafkurasi)ning tobut (sho’ro tuzumi) uchun xosligini anglaydi. Darhaqiqat, sho’ro tuzumida yashaganlar uning mashaqqatlarini tortganlar ruhlarida, jismlarida hut a’riq his etganlar. Faqat asl sababini anglab yetmaganlar. Rostdan ham tobut ichida tug’ilgan odam uning tobut ekanligini qanday anglasin?!
Ushbu hikoya ba’zi jihatlari bilan A.Qamyuning “Vabo” romaniga yaqin turadi. “Vabo”da ham falokatga nisbatan odamlarning munosabatlari bir xil. Hamma unga loqayd qaraydi. Hamma o’z tashvishi bilan band. Falokatning oqibati o’lim ekani, shahar axli o’limga mahkumligini anglaganda ham bu loqaydlik yo’qolmaydi. Odamlar bir – biridan uzoqlasha boradi. Hamma xudbin bo’lib ketadi. Asar qahramoni Riye hakimning vabo bilan olib hut a murosasiz kurashi esa hech bir natija bermaydi. Vabo (hayot, taqdir, qismat) baribir o’z ishini qiladi. Qancha odamlarning yostig’ini quritib, faqat o’zi xoxlaganidagina shaharni tark etadi. Odamlar esa shaharni tashlab ketishlari (qismatdan qochib qutulishlari) mumkin emas: “Riye hakim ularning quvg’inligini va qayta qo’shilishga bu intilishlarida qanday ma’no borligini bilmaydi. U yuraverdi, yuraverdi, uni turtishdi, chaqirishdi, asta – sekin odam kamroq ko’chaga kelib qoldi va u shunda hammasida ma’no bor yoki yo’qligi uncha muhim emas, eng muhimi inson umidiga qanday javob berilishini bilish kerakligida ekanini tushundi”. Romanda ekzistintsiyalizm ta’limoti ko’rinadi. Unga ko’ra inson qismatning quli, u qo’lidan hech narsa kelmaydigan ojiz mavjudot. Harakat, kurashdan hech bir ma’no bo’lmaganidek, yashashdan ham ma’no yo’q.
N.Eshonqul ushbu absurd tuyg’usini ijtimoiy tuzum vositasida talqin etgan. Sharq xalqlaridan o’lim darakchisini bildiruvchi Tobut obrazini sobiq sho’ro tuzumining ramzi sifatida bergan. Tobut – shahar ichida yashaydigan odamlar hayotlarining absurdga aylanib qolganini o’zlari sezmaydilar. Haqiqiy hayotdan ularni shahar devorlari ajratib turadi. Ularning hammasi bir xil – qiyofasiz. Fikru qarashlari bilan Tobut shahardan tashqaridagi dunyoni anglashga ojizdirlar. Sun’iy absurd jamiyatda yashayotgan, yashashdan ham ko’ra ko’proq o’lim sari borayotgan, tasavvur beradigan shahar ahli sobiq sho’ro xalqining tipik tasviridir.
90-yillar o’zbek hikkoyachiligida ko’rinayotgan hut astic elementlar N.Eshonqulning ko’plab boshqa hikoyalarida ham aksini topgan. “Inson tabiatidagi yovuzlik tuyg’ularining oshkor bo’lishi uchun sharoit yetilsa bas, sadism qonunga kiradi” degan g’oya yozuvchining “Og’riq lazzati”1 hikoyasi pafosini tashkil etadi. Hikoyada sho’rolar yaratgan sun’iy muhit sadistic faoliyat uchun sharoit sifatida talqin qilingan. “Tobut” hikoyasidagi mavhum g’oyalar ushbu asarda konkretlashgan.
Hikoya inson va jamiyat munosabatidagi fojiani ramziy buyoqlar orqali rang – barang tasvirlarga aks ettiradi. Jamiyat, tuzum haqida bunday talqin berishga avvallari birorta so’z aytishga jur’ati yetmagan yozuvchi bugungi kun hikoyalarida bu ziddiyatlarni oshkor ayta oladigan bo’ldi. Avvalo, sarlavhaga e’tibor beraylik. 90-yillargacha o’zbek adabiyotida asar g’oyasi va maqsadiga bunday jumlalar birmuncha yod edi. Chunki bu qanday og’riqki, insonning azoblanishi evaziga undan lazzat olsa, degan fikrni hazm qilishi qiyin bo’lgan zamondoshimiz ham topiladi.
Adib “Og’riq lazzati” hikoyasida inson ruhiyati va tafakkuridagi qabariq va nozik qirralarining tasvirini beradi. Asarda tasvirlangan kishilar obrazi atrofda bo’layotgan voqea hodisalarga befarq, ular no’malum bir bo’shliq qa’rida mayib va majruh, qaram va mute, lekin bu mutelik va majruhlikni mutlaqo hiz qilmaydigan kishilardir. Ularning kechmishi, kelajagi faqat tafakkur orqali ochiladi. Shu o’rinda yozuvchining “Agar hayol va tafakkur qudrati bo’lmaganda badiiy asar oddiygina bayondan iborat bo’lib qolardi”, degan so’zlari fikrimizni dalillash uchun xizmat qiladi.
Asarda tasvirlangan holat, vahshiylik o’zganing azoblanishi evaziga rohatlanish ya’ni sadism holati o’zbek adabiyotida kam ishlangan. Adib asarga asos qilib kundalik bo’lmagan voqealarni oladi va bu voqealar ko’proq falsafiy, badiiy mushohadalar orqali beriladi. “fig’onlar qanchalik mudhish hasratomuz chiqmasin, bunga hech kim e’tibor ham bermas, aksincha, bir necha fig’on ichidan kim ko’proq oh – boh qilayotibdi, kimning tovushi baland, kimniki zo’raki-yu, kimniki samimiy deya bahslashardilar”. Adib voqealarni tasvirlar ekan, inson ruhiyatini, uning ichki dunyosini, xatti – harakatlarini va bu holatlarning shakllanishida ijtimoiy muhit muhim rol uynashini nazarda tutadi. Abu Nasr Farobiy ta’kidlaganidek, insonning insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql idrok, ong va tafakkur darajasi bo’lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, miqiyos va ko’lamiga baho beruvchi bosh mezon xatti – harakat, hayotga va atrof – muhitga munosabatdir. Inson o’zining insonligini muhit ta’sirida namoyon etadi. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda muhit insoz xarakterini ochib berishda muhim rol o’ynaydi. Chunki har qanday holat va harakat inson tafakkuriga shunchaki ta’sir etib qolmay, uning voqea hodisaga qanday munosabatda ekanligining ifodasi hamdir. N.Eshonqul qahramonlari ham muhitning kuchli va ayovsiz ta’siriga tushib qolgan, uning quliga aylangan, bu holatdan qutilishga o’zida idrok yo iroda topolmagan kimsalardir.
Inson murakkab – xilqat. U jamiyatda ongli ravishda harakatlanadi. Ba’zi sirli hatti – xarakatlar inson qismatini fojiaga olib keladi.
Asarda uch toifadagi insonning badiiy tasviri mujassamlashib, bir – birini to’ldirib keladi. Maydon ramziy ma’noda hayotdir. Ana shu maydonda azoblanuvchi, azoblovchi va tomoshabin ishtirok etadi. Bu toifalarning har biri o’z tafakkur tarziga ega. Hikoyada tasvirlanayotgan fojia kitobxonni hayajonga soladi va ishontiradi. Asardagi obrazlarga alohida – alohida nazar tashlaylik. Azoblanuvchi mahkum kim? U qanday muhitda? Hikoya inson taqdirining, azoblarining rangin buyoqlarini ko’ramiz. Asar qahramoni murakkab tuyg’ular egasi. Asar voqealari hikoyachi qahramon tilidan bayon qilinadi. Asrda tasvirlangan bu voqealar ma’nosi tagzamirli. Uni har kim o’zicha tushunishi mumkin. Masalan, u dunyodagi ma’lum bir millatning, xalqning ko’rinishidir, balki. Unda azob – uqubatlarga giriftor qaysi bir millat vakillariga ishora bordek.
Asarda o’qiymiz: “…avval oyoqlarining, so’ngra qo’llarining barmoqlarini birma – bir, bo’g’inma – bo’g’in sindira boshlardi, og’riq qo’zg’atish mumkin bo’lgan barcha usullarni qullashga ruxsat etilgandi, nazoratchilarning avval mahkumlarni etlari shilunguncha savalab chiqishar, keyin yaralar ustiga tuz sepishardi. Barmog’I sungan mahkum o’kirib yuborar, yuzida azobli ifoda paydo bo’lib, ko’zidan yosh chiqib ketardi, ammo qisib olgan lablariga baayni zulmat ichida yonib turgan shamdek bir zaif tabassum qalqib chiqardi, og’riq kuchaygan sayin bu tabassum butun yuzni egallab olardi. Kimning yuzida azob o’rnida tabassum paydo bo’lsa, tomoshabinlar o’shani ko’rsatib qiyqirishadi. Bu ularning olqishi edi”. Yetmish yillar sho’ro siyosati shunday siyasat ediki, ittifoqdagi hech bir xalq millat darajasiga ko’tarilmasligi kerak edi, uni bu darjaga uetkazmaslikning yagona yo’li ularning qo’lsiz – oyoqsiz, tilsiz – zabonsiz qilib quyish, ya’ni xalqning yoki millatning ilg’or fikrlari farzandlarini, olimu fuzalolarini, yozuvchi yoki shoirlarini yo’q qilish, ularning o’rniga fikrlashdan mahrum, tafakkur qudrati yo’q kimsalarni, bir so’z bilan aytganda manqurtlarni ko’paytirish edi. Yozuvchining badiiy niyati to’rt muchasidan ayrilib, mundiga aylantrilgan odamlarning o’z baxtsizligini anglamay, havoyi olqish uchun og’riqlar ichida tabassum qilish orqali ijtimoiy fojiani ko’rsatish edi. Lekin bu og’riq asarda jismniy og’riq bilan almashtirilgan. Jismonan berilgan azob unutilishi mumkin va bu og’riq ruhiy og’riq, vijdoniy azob oldida adib nazarida bir lazzatlanishdek ko’rinadi. Kechagi zulmat ichidagi shamdek yonib turgan bugungi yorug’ kunlarimizga ishora sifatida tasvirlanadi.
Adibning bir o’rinda tomoshabinlardan “kim ko’proq oh – voh qilayotibdi, kimning tovushi baland, kimniki zuraki-yu, kimniki samimiy deya bahslashadilar”, degan kuzatishlarida ham katta ma’no bor. Chunki jamiyatda turli kishilar borki, ular milliy qadriyatlar, ota – bobolarining e’tiqodlaridan ko’ra o’z rohat – farog’atlarini afzal ko’radilar. Bu yo’lda qiyofalarini har turga soladilar. Yozuvchi bunday kishilar vijdon azobidan holi ekanligini ko’rsatish maqsadida asarda jismoniy azob uqubatlarni bo’rttirishga harakat qiladi. Asar oxirida qahramon nazoratchi mahkumlarning yuragini sug’irib oladi va yurakning tomirlarini birin – ketin qirqadi. Buning natijasida qahramon eng oily azobga, ya’ni kuchli og’riq lazzatiga ega bo’ladi. U og’riq lazzatidan baxtiyor, yuzida tabassum bilan jon beradi. Shu o’rinda adibning quyidagi so’zlariga e’tibor beraylik: “Shundagina og’riq farog’atdan so’ng ham o’zimiz turgan zaminga tushmaganini angladiki, u narigi yoqda lazzat ortida qolgan edi, uning jonsiz tanasi ham san’at asariga aylangan va yashnoq gullarga ko’milib yotardi”. Adib narigi yoqda, lazar yurtida deb nimani nazarda tutyapti? Albatta, bu o’quvchi anglagan e’tiqod, orzu – armon, fidoiylik va mustaqillik, ozodlik yurtidir.
Erix Fromm “Insondagi yovuzlik asosan hayotiylikni, tiriklikni mahv etishga qaratilgan bo’ladi”, deb yozadi. Uning fikricha, inson oilada, jamiyatda o’ziga kerakli bo’lgan muhabbat, ezgulik foiziga ega bo’lmagach, hayotni zindon deb o’ylaydi. O’zining qasdini yovuzlik mayillarini qondirish orqali oladi. “Og’riq lazzati” hikoysida shunday kasalga mubtlo bo’lgan butun bir jamiyat tasvirlanadi. Ammo ozbek xalqining axloqiy zamini bunday holatning tipiklashuviga yo’l quymaydi. Zero, har bir asardagi, har bir qahramondan tipiklikni qondiraverish shart emas.
Darhaqiqat, mana shu kuch xalqni sho’ro mafkurasiga batamom qul bo’lishidan saqlab qoldi. Sabr – bardoshli millatdoshlarimiz ko’ngillarida hamisha o’z milliy tuyg’ulariga sodiq qolishdi. Jismoniy berilgan azoblar xalqimizning muatahkam irodasini buka olmadi. Natijada ozodlik orzu qilib dunyodan ko’z yumgan bobolarimizning orzulari mustaqillikning ilk kunlaridan quvonch bilan kutib olindi. Bu tuyg’u qondan – qonga o’tib kelayotganligi sabab bizga begona emas.
Asarni o’qib chuqur mushohadadan so’ng biz yuqoridagi fikrga keldik, lekin boshqacharoq tasavvurga ham ega bo’lish mumkin. Masalan, asarni dastlab o’qigan kitobxon jamiyatda ro’y bergan oddiy hodisalarni umumlashtirib bergan, degan xulosaga kelishi, insonlar miyasiga yangilik deb bu g’oyalarni zo’rma – zo’raki kiritib, Sharq ta’limotiga G’arbning nomaqbul tomonlarini targ’ib etish shartmikan, adabiyotga soxta g’oyalarni olib kirib, badiiyatning sun’iy namunalarini yaratish emasmi? Degan savollar tug’ilishi tabiiydir. “Yozuvchi istasa – istamasa, yagona insonga xos ziddiyatlarni ijtimoiy voqelik mezoni bilan o’lchaydi”. Demak, adib tasvirlayotgan voqealar mantiqida uning shu voqeani qanday baholashi va bu hodisalarga nisbatan o’z munosabati aks etadi. Yozuvchining mahorati shundaki, o’zi tasvirlayotgan voqeani kitobxon ongiga singdira olgan, qahramonlar, ularning xatti – harakatlariga nisbatan kitobxonda ishonch uyg’otishga erishilgan.
Ma’lumki, inson fe’l – atvori ko’p qirrali bo’lib, odamlarning tashqi qiyofalari, o’xshamaganligi singari ularning harakterlari ham turlicha bo’ladi. Har qanday inson tafakkurida yaxshilik ham, yomonlik qorishiq holda birdek mavjud. Faqat bu ikki xususiyatning qaysi biri hayot davomida qay yusinda ko’proq rivojlanishi ijtimoiy muhitga bevosita bog’liq hodisadir. N.Eshonqulning bu hikoyasi go’yoki mana shu fikr ifodalanayotgandek. Hikoyani o’qigan o’qigan o’quvchining ongi va tafakkurining qaysidir burchaklarida bemehrlik, vahshiylikka nisbatan isyon uyg’ongandek bo’ladi, hikoyada adib tafakkuriga hayotning qaysi bir jihatidan ta’sir ko’rsatgan vahshiylik aks etgandek. Bu uning xalqiga mustabid jamiyat tomonidan qilingan vahshiylikdir balki. Bu – uning xalqining uzoq yillar mobaynida manqurtga aylantirishga qaratilgan vahshiylikdir ehtimol. Bu – uning xalqining yig’lab turib kulishga, har qanday og’riqni lazzat deb qabul qilishga majbur etgan vahshiylik bo’lsa, ajab emas. Tasvirlangan vaxshiyliklardan adib yaratgan uch qutb o’zicha lazzat oladi, mahkumlar og’riqdan, nazoratchilar jazo berishdan, tomoshabin esa azob berish va azoblanish holatlarning guvohi ekanligidan. O’quvchilar o’rtasida bahslarga sabab bo’lgab bu hikoya bir qarashda G’arb adabiyotida allaqachonlardan buyon mavjud bo’lgan sadism ta’limotining sho’ro davri o’zbek ijtimoiy voqeligidagi o’ziga xos ko’rinishi desak yanglishmaymiz. Chunki hikoyada tasvirlanganidek ijtimoiy turmushning keskin izdan chiqib ketishi natijasida ro’y beradigan, o’zgalarning azoblanishidan rohatlanadigan holatlar bizning jamiyatimizga ham begona emas. Hayotda mavjud bo’lgan ana shunday g’ayriinsoniy, g’ayri tabiiy holat – hodisa yozuvchiga o’tir ijtimoiy muammoni badiiy gavdalantirish imkonini bergan.


Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling