Tadqiqot manbalari. Dissertatsiya N.Eshonqul, X.Dos’tmuhammad hikoyalari tahlil qilinib, ba’zi o’rinlarda istiqlolgacha bo’lgan va istiqlol davri hikoyachiligimiz na’munalari qiyoslanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O’zbek adabiyotshunosligida hikoya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari yetarli darajada tahlil va tadqiq etilganligi yuqorida ishning o’rganlik darajasida aytib o’tildi. Ammo o’zbek hikoyachiligida pafos va ijodkor konseptsiyasi muammolari yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz shuni hisobga olib mazkur muammolarni mohir hikoyanavislar N.Eshonqul, X.Do’stmuhammad hikoyalari misolida o’rganishga urindik. Bu esa dissertatsiyaning o’ziga xos yangiligini ko’rsatadi.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. O’zbekiston Respublikasi Presidenti I.A.Karimov asarlaridagi adabiyot va san’at, ma’naviyat va ma’rifat hamda milliy mafkura va milliy g’oya masalalari yuzasidan ilgari surilgan nazariy fikrlar dissertatsiyaning metodologik asosini tashkil etadi. Belgilangan masalalarni tadqiq etish pafos va ijodkor konseptsiyasi bilan bog’liq nazariy qarshlariga, xususan I.Sulton, M.Qo’shjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, B.Nazarov, N.Vladimirova, S.Mirzayev, B.Sarimsoqov singari olimlarning tadqiqot va maqolalariga suyanildi. Qahramon tanlash badiiy idrok va ifoda etishda adiblarning o’ziga xsoligini yoritishda qiyosiy – tarixiy tahlil metodidan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiyaning asosiy natijalari va nazariy xulosalaridan o’zbek adabiyotshunosligida, xususan
- adabiyot nazariyasida pafos va ijodkor konseptsiyasi masalalarini yoritishda;
- ijodkor estetik ideali va qahramon tabiatini tahlilu tadqiq etishda;
- ramziylik mezoni ijodkor konseptsiyasini belgilovchi asosiy omil ekaligida;
- N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalarida pafos va ijodkor idealini aniqlashda;
- oily o’quv yurtlari akademik litsey va kollejlar uchun qo’llanmalar yaratish, maruza matnlarini tayyorlash va referatlar yozishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |