Mundarija: Kirish І bob
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI FAOLIYATI TO’G’RISIDA
Download 424.5 Kb.
|
диплом иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI FAOLIYATI TO’G’RISIDA.
Hozirgi paytda Oʼzbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti sharoitiga oʼtish davrida sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini yaxshilash muxim obʼektiv qonuniyatga aylandi, chunki «sifat» maxsulotlarning jaxon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlaydigan asosiy omillardan biridir, albatta, maxsulotning koʼpga chidamliligi, kafolatli muddatda xizmat qilib berishi bundan mustasno emasdir. Demak, sifatli maxsulot ishlab chiqarish uning jaxon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash uchun barcha sanoat korxonalaridagi eski asbob-uskunalar oʼrniga zamonaviy boʼlgan xorijiy davlatlarning asbobuskunalari bilan jixozlash, ishlab chiqarishda, qadoklash, saqlash va tashishda, xamda ulardan samarali foydalanganda qoʼyilgan talablarga rioya qilish, maxsulot sifatining barqarorligini taʼminlash lozimdir. Bu talablar turli darajadagi meʼyoriy xujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Davlatlar orasida iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalarning rivojlanishi xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan standartlar jaxon bozorida raqobatbardosh maxsulotlar yetkazib berish bilan uyg’unlashadi. Davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarining samarali boʼlishida maxsulot sertifikatsiyasi katta axamiyatga ega. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishda qanday mamlakat boʼlishidan qatʼiy nazar shu maxsulot sifatiga kafolat beruvchi sertifikatsiyadan foydalanadi. Maxsulotni sertifikatsiyalashtirish tovar ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatli kurashda oʼzlarining savdo-sotiqdagi mavqeini mustaxkamlashda asosiy vositalardan xisoblanadi. Muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirish-bu belgilangan maxsulot, jarayon yoki xizmatning maʼlum standartga yoki boshqa meʼyoriy xujjatga mos kelishini yetarli darajada isbotlaydigan uchinchi tomon faoliyatidir. Maxsulot ishlab chiqarishda sertifikatsiyani qoʼllash orqali uning sotuv bozorida .raqobatbardoshligi taʼminlansa, isteʼmolchi olgan maxsulotning sifat koʼrsatkichlarining barqarorligi va ularning meʼyoriy xujjatlarga mos kelishi kafolatlanadi.Аmalda oʼz-oʼzini sertifikatsiyalashtirish faoliyati xam ayrim xollarda koʼllaniladi. Muvofiklikni sertifikatsiyalashtirishning asosiy maqsadi isteʼmolchi istaklarini, maxsulotni ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, inson salomatligi, atrof-muxit muxofazasi masalalari boʼyicha ximoya qilish, maxsulotning raqobatbardoshligini taʼminlashda uchraydigan turli texnikaviy toʼsiqlarni bartaraf qilishdan iborat. Standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish boʼyicha xuquqiy savdo va qonuniy boglanishlar quyidagi xalkaro tashkilotlar orqali amalga oshiriladi: -BMT qoshidagi Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EEK);. - standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilot (ISO); - sertifikatsiyalashtirish boʼyicha ISO qoʼmitasi (ISO/SERTIKO); - muvofiqlikni baxolash ISO qoʼmitasi (ISO/KАSKO); - savdo va taʼriflar boʼyicha bosh assambleya (GATT); - oʼlchov va birliklar xalqaro tashkiloti (MOMV); - qonuniy metrologiya boʼyicha xalkaro tashkilot (MOZM); - sifat boʼyicha Yevropa tashkiloti (EOK); Uzbekiston Respublikasida muvofiklikni sertifikatsiyalashtirishda maxsulot, jarayon yoki xizmat: -M D H davlatlari standartlari; -O’zbekiston Respublikasi milliy standartlari; -O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan xalkaro standartlarning talablari bilan taqqoslanadi. Oʼzbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi «Maxsulot va xizmat sertifikatsiyasi toʼgrisidagi» qonunida xizmat obʼektlari sertifikatsiyasining iqtisodiy, tashkiliy, xuquqiy tomonlarini rasmiylashtirishdagi qonun boʼlib, sertifikatsiya qatnashchilarining xuquqlari, majburiyatlari va ularning nimaga javob berishligini anglatadi. Bu qonun toʼrtta boʼlim va 23 ta moddan tashkil topgan. l-boʼlim. Umumiy tushunchalar. 1-modda. Аsosiy tushunchalar. 2-modda. Sertifikatsiyalashtirishning maqsadi va vazifalari. 3-modda. Sertifikatsiyalashtirishni qonunlashtirish. 4-modda. Xalqaro shartnoma va kelishuvlar. 5-modda. Oʼzbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari. 6-modda. Sertifikatsiya obʼektlari va subʼektlari. ll-boʼlim. Umumiy talablar. 7-modda. Sertifikatsiya belgisi. 8-modda. Sertifikatsiyalashtirish qonuni va ruxsatnomasi. 9-modda. Sertifikatsiyalashtirish maʼlumoti. 1 II-boʼlim. Majburiy talablar. 10-modda. Sertifikatsiyani joriy qilish. 11-modda. Majburiy sertifikatsiya oʼtkazishning shartlari. 12-modda. Majburiy sertifikatsiya oʼtkaziladigan maxsulotga qoʼyiladigan talablar. 13-modda. Maxsulotni majburiy sertifikatsiyalashtirishda tadbirkorning majburiyatlari. 14-modda. Xorijdan keltiriladigan va chiqariladigan maxsulot sertifikatsiyasi. 15-modda. Maxsulotning majburiy sertifikatsiyalashtirish boʼyicha ishlarini davlat taʼminoti. 16-modda. Majburiy sertifikatsiyalashtirish qoidalarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish. 17-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish. 18-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyani amalga oshiruvchi subʼektlar. 19-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiya tizimlari. IV-boʼlim. Kelishmovchiliklarni xal etish. 20-modda. Sertifikatsiyalashtirish qonunlarining buzilishidagi javob-garlik. 21-modda. Norozilik varaqalarini koʼrib chiqish. 22-modda. Sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari va sinov laboratoriyalari markazlarining javobgarligi. 23-modda. Majburiy sertifikatsiya qoidalarini buzganligi tugrisida korxonalar va tadbirkorlarning javobgarligi. Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor munosabatlarining xuquqiy asoslarini yaratish xuquqiy davlat qaror topishining xarakterli xususiyati va majburiy shartidir. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini amal qilishi uchun xuquqiy negiz yaratuvchi qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlarda respublikaning ijtimoiy iktisodiy va milliy xususiyatlari xisobga olingan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miqyosda tan olinishi ustida «O’zstandart» agentligi tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi («O’zdavstandart») va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil «O’zstandart» agentligi tashkilotiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning maxsuli sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi to’g’risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari: Sertifikatlashtirish: odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish; mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash; mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish; mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi. Download 424.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling