Mundarija kirish I bob


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 0.6 Mb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1628464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Begoyim

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mikologiya, botanikaning bir bo’limi. Zamburug’larning morfologiyasi, sistematikasi, biologiyasi, fiziologiyasini, biokimyoviy jihatlarini, ekologiyasini, geografiyasini, filogenezini, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi ahamiyatini o’rganadi. Mikologiya fitopatalogiya, tibbiyot, veterinariya va boshqa fanlar bilan bog’liq.
Zamburug’lar haqidagi ma’lumotlar qadimdan ma’lum. Masalan, milodiy I asrda qadimgi yunon olimi Pliniy Katta zamburug’larning daraxt poyalari va to’nkalarida rivojlanishini yozib, ularni tasniflashga harakat qilgan. 1578-yil golland botanigi K. Klauzius 221 zamburug’ning rang tasviri berilgan atlas chiqargan.
Odatda, mikologiyaning rivojlanishi uch davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asrning o’rtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburug’larni tasvirlash va tasniflashga urinishlar bo’lgan. Ikkinchi davrda (XIX asrning o’rtasidan oxirigacha) zamburug’lar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham o’rganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. Tyulan va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburug’lardagi pleomorfizm hodisasini, ya’ni bir tur zamburug’da turli xilda spora hosil bo’lishini aniqlashdi. Nemis botanigi A.de Bari parazit zamburug’larni eksperimental o’rganish, uning shogirdlari saprofit zamburug’larni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburug’lar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uchinchi yangi davrda zamburug’lar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zamburug’lar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol o’ynadi. Mikologiyada sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburug’lar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburug’lar bilan o’zaro aloqalari hamda parazit zamburug’lar va ular bilan kasallangan o’simliklar fiziologiyasi chuqur o’rganildi. Zamburug’lar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli ko’p mamlakatlarda, shuningdek, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi laboratoriyalarida ularni o’rganish keng yo’lga qo’yildi.
Xaltachali zamburugʻlar kelib chiqishi boʻyicha taxminan yuz yillardan beri ikki xil qarama -qarshi fikr yotadi. 1874 yilda Saks tomonidan taklif etilgan birinchi fikrga koʻra askcosimetsimonlar qizil suv oʻtlaridan kelib chiqqan va eng oldin hosil boʻlgan. suvoʻtlariga yaqin turdan bu zamburuglarga labulbeniyalilar, sferiylilar va pesisiyalilar misol boʻladi. Ikkinchi gipoteza oʻtgan asrning 80- yillarda A. De Barni va O.Btefel tomonidan taklif etilgan. Ularning fikricha, askcosimetsimonlarning ilk guruhlari boʻlib endomisetlilar tartibi hisoblanadi.
Birinchi gipoteza qizil suv oʻtlaridan va. Baʼzi askomisetsimonlar jinsiy jarayoning oʻxshashligi asoslangan. Bu oʻxshashlik birinchi navbatda qizil suvoʻtlarining qarpagoni bilan askomisetsimonlarning askogʼoniy oʻrtasidagi hamda Spermasiylar bilan urugʻlanishidagi oʻxshashlikdir. Bu gipotezaning oʻziga xos xususiyati shundaki, unga koʻra askomisetsimonlar, labulbeniyalilar, sferiylilar, pesisiyalilar, kabi yuqori tuzulgan formalardan hosil boʻla boshlaydi. Bunday shunday fikr chiqadiki, barcha qolgan vakillari ulardan soddaroq tuzilishga ega boʻlgan askcosimetsimonlarning ikkilamchi soddalashib ketgan formalari sifatida qarash kerak.30000 dam ziyod turni oʻz ichiga olgan bu sinf evalutsiyasi marfologik jihatdan soddalashish yoʻlidan borgan. Ikkinchi gipoteza tuban askomisetsimonlar va zigomisetsimonlar jinsiy jarayonlari va spora xosil qilish xususiyatlarning oʻxshashligiga asoslangan. Gemiaskomisetlilarga mansub dipodascus turkumi vakillari zigomisetsimonlarning Ascomycetlarga xos boʻlgan sodda belgilarini birlashtirib turuvchi oraliq guruh sifatida qaraladi. Masalan zigʻotasing tinim davrini oʻtmasdan unishi yoki ascospora hujayralarining erkin xosil boʻlish yoʻli bilan shakllanishi kabi belgilar shular jumlasidandir. Bundan tashqari bu gipoteza asosan.ascomisetsimonlarning boshlangʻich guruhlari sapratrof formalardan iborat boʻlgan boshqa soʻz bilan aytganda ularning evalutsiyasi kamroq ixtisoslashgan formalardan koʻroq ixtisoslashgan formalarga qarab borgan.
A. De Bari va O. Breferd mikolog olimlar oʻrtasida keng tarqalgan. Uni E. Gayan L.I. Qursanov P. Eym G.U. Martin, D.Q. Zero va boshqalar quvvatlamoqda. Ammo zamburugʻlarning biokimyoviy tarkibini oʻrganish boʻyicha izlanishlar mazkur gipoteza qayta koʻrib chiqilishga majbur qildi. Chunki aniqlanishiga koʻra baʼzi biokimyoviy belgilariga qaraganda, masalan. Hujayra devorining polisaxaridlar tarkibi boʻyicha ascomisetsimonlar koʻproq oʻxshash ekan. Shuning uchun, balki xitridiomitsetsimonlar zigomisetsimonlarga emas, balki xitridiomitsetsimonlar ha koʻproq oʻxshash ekan. Shuning uchun ham D.S. Seyvil va S.Bartniki Garsiya quyidagi fikrini ilgari surilganlar. Ascomisetsimonlarning ajdodlari xitridiomitsetsimonlar xisoblanadi. zigomisetsimonlar esa evalutsiyaning yonga tarqalgan shohchasidir. Keyingi yillarda Saks gipotezasi yana qayta tiklana boshladi. Bunga asosiy sabab Ya. Kolimeryer tomonidan yangi dengiz ascomisetsimonlarning spathulasposales qabilasi ochilishi boʻldi. Ular qizil suvoʻtlarida parazitlik qiladi va Floridcophuseae sinifining parazit vakillariga juda oʻxshaydi. Ana shu guruh qizil suvoʻtlar bilan ascomisetsimonlar ni bilan bogʻlab turuvchi zbeno sifatida qaralmoqda.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling