Mundarija kirish I bob
Xaltachali zamburugʻlarning umumiy tavsifi
Download 0.6 Mb.
|
Begoyim
1.2 Xaltachali zamburugʻlarning umumiy tavsifi
Askomitsetsimonlar haqiqiy yuksak zam burug'lar hisoblanib, 30 mingdan ortiq turni qamrab oladi. Ular uchun umumiy bo'lgan asosiy belgilar jinsiy ko'payish natijasida xaltacha va xaltacha sporalarining hosil bo'lishidir. Xaltachasi yopiq qopchaga o'xshash bir hujayrali uyacha bo'lib, odatda uning ichida 4 ta yoki 8 ta jinsiy hosila, ya’ni spora yuzaga keladi. Umuman, xaltachali zamburug'laming jinsiy a’zolari har xil tuzilgan bo'lib, tuban vakillarida (masalan, gemiaskomitsetsimonlar kichik ajdodi vakillarida) zigomitsctsimonlarning matashishiga o'xshash, fiziologik jihatdan har xil mitseliylardan yoki ayrim hujayralardan (masalan, achitqi zamburug'larida) o'simta hosil bo'lib qo'shiladi. So'ngra kariogamiya ham yuzaga kelib, dikariotik fazasi zigotaga aylanadi. Lekin zigota tinim davriga o'tmasdan, ketma-ket bo'linib xaltacha sporalarini hosil qiladi. Gemiaskomitsetkabilar yoki yalang’och xaltachalilar kichik sinf Ushbu kichik sinfga nisbatan sodda tuzilgan xaltachali zamburug'lar kirib, xaltachalari ochiq holda joylashadi. Ular yakka-yakka yoki t0’planib qavat hosil qilishi mumkin. Xaltacha sporalari askogen gifalaridan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri zigotada hosil bo'ladi.Ushbu kichik sinfga mansub keng tarqalgan va xalq xo'jaligida katta aham iyatga ega bo ‘lgan vakillardan biri achitqi zam burug'i (Saccharomyces) dir. Uning jinsiy ko'payishi zigogamiyaga o'xshash bo'ladi. Achitqi zamburug'larining yana bir o'ziga xos xususiyati kurtaklanish yo'li bilan juda tez ko'payishidir. Bunda kurtaklangan hujayralar ona hujayra chctida o'rnashib qolsa-da, haqiqiy mitseliy hosil bo'lishi kuzatilmaydi. Chunki birlashib turgan hujayralar sekin silkitilganda ham bo'linib ketadi. Bunday mitscliylar psevdomitseliy deb ataladi. Odatda, kuchli aeratsiya paytida yoki substratda oziqa muhiti yetarli bo'lmasa, xaltacha va xaltacha sporalar hosil qilib, jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Qandli muhitda achitqi zamburug'i tez ko'payib, spirtli bijg'ishni yuzaga keltiradi va etil spirti hamda karbonat angidrid hosil qiladi. Pivo va non sanoatida ishlatiladigan vino achitqisi (Saccharomyces vini) faqat ekma holda ishlatilib, uning shtammlari tabiatda uchramaydi. Tabiatda esa vino achitqisining yovvoyi turi hisoblangan saxaromitses ellipsoidcs (Saccharomyces ellipsoides) ko'proq tarqalgan. Uy sharoitida tayyorlanadigan vino mahsulotlari ushbu turning faoliyati natijasida yuzaga keladi Euaskomitsctkabilar kichik sinfi —Euascomycetidae Ushbu kichik ajdodning barcha vakillarida mevatanalar hosilbo'ladi. Rivojlanish siklida dikariotik fazasi bo'lib, u qisqa muddatni tashkil etadi. Xaltachalari askogen gifalaridan hosil bo'ladi. Meva tanasining tuzilishi va uning ichida xaltachalarning joylashishi, shuningdek, xaltachalar qobig'ining tuzilishiga qarab uch guruhga bo'linadi. Ushbu guruhlar qabilalar guruhlari deb ham yuritiladi Plektomitsetlar guruhi. Mevatanasi kleystotetsiy tipida, ya’ni xaltachalari yopiq mcvatanachalarda hosil bo'ladi. Bunday meva’tanalar odatda sharsimon ko'rinishda bo'lib, uning ichidagi xaltachalar tartibsiz joylashadi. Xaltachalarning qobig'i esa juda yupqa (prototunikat tipida). Kleystotetsiylari ycmirilib (parchalanib), xaltachalari va xaltacha sporalari tarqaladi.Pircnomitsetlar guruhi. Pirenomitsetlarning mevatanasi peritetsiy va kleystotetsiy tipida bo'ladi. Xaltachalari mevatanasining ichida bog'lam yoki qavat-qavat holda joylashadi. Ko'pincha xaltachalari orasida’parafiza" deb ataluvchi slcril ipchalari bo’ladi. Ular xaltachalarini zichlashishdan saqlab turadi. Xaltachalarining qobig'i yupqa bo'lsa ham, to askosporalari pishib yctilguncha saqlanib turadi (unitunikat tip) Diskomitsctlar guruhi. Diskomitsctlar guruhiga mansub zam burug'lar apotetsiy tipidagi ochiq mevatanalar hosil qiladi. Meva tanasining ustki qismida gimenial qatlam shaklida xaltachalar, ular orasida esa parafizalar joylashgan bo'ladi (gimenial qatlam va parafizalar to'g'risida ushbu kitobning bazidiyasimonlar sinfi qismida to'liq ma’lumot berilgan). Apotctsiylar shakli va rangi jihatidan har xil bo'lishi mumkin. Ko'pincha iikopcha shaklida va nisbatan to'q rangli bo'lishi kuzatilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling