Mundarija kirish I bob


Xaltachali zamburug’larning ko’payishida ascosporalarning ishtiroki


Download 0.6 Mb.
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1628464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Begoyim

1.3. Xaltachali zamburug’larning ko’payishida ascosporalarning ishtiroki

Xaltachali zamburug’larning ko’pgina vakillarida mevatana va xaltachalari paydo bo’lishi oldidan bir necha juft jinsiy organlar (to’da-to’da bo’lib) hosil bo’ladi. Bu jinsiy organlarning hosil bo’lishi mevatanasining boshlanishidir Xaltachali zamburug’larning urg’ochi jinsiy organi arxikarp, erkak jinsiy organi esa anteridiy deb ataladi. Arxikarp ikki hujayradan iborat bo’lib, ularning ostki sharsimon shakldagisi askogen, ustki silindirsimoni esa trixigina deb ataladi.


Anteridiy bitta silindirik hujayradan iborat. Bu erkak va urg’ochi jinsiy organlarning hujayralari ko’p yadroli bo’lib, ichidagi moddasi endomitsetlarnikiga o’xshash, ayrim gametalarga differensiallashmagan emas. Bularning atalish jarayoni quyidagicha: anteridiy trixoginaning uchi bilan qo’shilib, ichidagi moddasini unga qo’yadi. Trixoginaning tagidagi teshikchadan anteridiy yadrolari askogenga o’tib, uning yadrosi bilan juftlashib, o’zaro qo’shilmay turadi, faqat ularning sitoplazmalarigina birlashadi xolos. Bundan qo’sh yadro yoki dikarion deb ataladigan shoxlangan o’simtachalar hosil bo’ladi. U yerda ularning juftlashgan yadrolari bir vaqtda baravar va teng bo’lina boshlaydi. Chunki dikariondagi yadrolarning biri erkak, ikkinchisi urg’ochi bo’lishi lozim. Keyin dikarionlar askogen iplariga o’tib shoxchalarning o’zida taraqqiy etadi. Askogen ichidagi yadrolar qo’shiladi, so’ngra diploid yadro izchillik bilan uch marta (birinchisi reduksion) bo’linadi. Natijada sakkizta gaploid yadro hosil bo’ladi. Ular rivojlanib sakkizta xaltachali sporaga aylanadi.Demak, otalangan bitta askogendan askogen iplar orqali bir qancha xaltachali sporalar vujudga keladi. Shu bilan birga, jinsiy organlarni hosil qilgan mitseliy gifalari xaltachalar atrofida o’ralib, jinsiy organlarga va undan hosil bo’lgan askogen iplariga mevatanasining namatsimon to’qimasini hosil qiladi. Xaltachali zamburug’larning ko’pchilik turlarida jinsiy organlarning qo’shilishi reduksiyalangan. Ba’zan erkak jinsiy organi bo’lmaydi yoki urg’ochi jinsiy organi o’smay qoladi. Keyingi o’sish esa oogamiya (askogen yadrolar yaqinlashib qo’sh yadroga aylanadi) yordamida bo’lib, askogen iplari yetilgach, uchida xaltachalar hosil bo’ladi. Xaltachasi bevosita mitseliyda hosil bo’ladigan zamburug’larga achituvchi zamburug’lar misol bo’la oladi. Dastlabki xaltachalilar (Protoascales) tartibining vakili xamirturush yoki achitqi zamburug’idir (Saccharomyces cerevisiae). Ko’pincha uning haqiqiy mitseliysi bo’lmay, tanasi alohida-alohida hujayralarga ajraladigan, kurtaklanib shoxlangan zanjir hosil qiluvchi hujayralardan iborat.Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga ko’ra, nihoyatda turli-tumandir. Mazkur sinfga bir hujayrali kurtaklanuvchi turush zamburug’i hamda meva tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jihatidan mikroskopik mayda va ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug’lar kiradi. Lekin bu turli-tuman zamburug’lar kelib chiqishining umumiyligi va uxshash belgilari buyicha bir sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon natijasida spora beruvchi xaltachalar - askolarning hosil bulishidir, har bir xaltacha ichida 8 ta askospora bo’ladi.
Xaltali zamburug’larda rivojlanish siklining keng tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo’lgan spora unib ko’p yadroli yoki bir hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburug’ning aksariyat qismida vegetativ tana substrat yoki xo’jayin o’simlik ichida bo’ladi. Ularning vegetativ tanasi bir yoki ko’p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan. Zigomitsetlardan farkli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiklar ma’lum tartibda, yadroni bo’linishi bilan sixron ravishda hosil bo’ladi.
Askomitsetlarning ko’pchiligida jinsiy jarayon gametalarga defferensiyalashmagan erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlarining suyuligini biridan ikkinchisiga kuyilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday holda ularning faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va o’rg’ochilik organlarining yadrolari kushilmaydi, balki bir-biri bilan yakinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil qiladi. Dikarionlar joy olgan o’rg’ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil bo’ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda ko’paya boshlaydi. Askogen gifada dikarionlar urtasida kundalang tusiklar hosil bo’ladi va har bir hujayra O’zining kush yadrosiga ega bo’ladi. Askogen gifalarining uchida ikki yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo’ladi. Boshlangich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi boskichi kariogamiya amalga oshadi, ya’ni yadrolar O’zaro kushiladi. Hosil bo’lgan diploid yadro uch marta bulinib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi. Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil bulishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo’lib urganiladi.
Meva xaltachalilar yoki chin xaltachalilar Carpoascomicetes chin xaltachalilar Euascomycetes kenja sinfi. Bu kenja sinf vakillari uchun askogen gifalarining oxirida ko’p sonli meva tanalarining hosil bulishi xarakterlidir. Meva xaltachalilar kenja sinfiga askomitsetlarning askariyat qismi mansub bo’lib, ularning hayot tarzi spora hosil qilish shakli va jinsiy jarayonning turli-tumanligi bilan fark qiladi.Meva xaltachalilar tanalarining shakli va unda xalta chalarning joylashishiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling