Mundarija: kirish i-bob. Xalqaro savdoning nazariy-uslubiy asoslari
Download 0.87 Mb.
|
33 Дилбарой
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlik oʻrnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi. Oʻzbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar, yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrnini egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo`llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 36,8 %ni tashkil etib, hamda tashqi savdo aylanmasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 136,9 % tashkil etdi. 2019 yil yanvar-dekabr oylarida eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o`sish sur`ati 13,6 %) teng bo`ldi. Eksport tarkibida tovarlar 78,7 % ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (18,7 %), oziq-ovqat mahsulotlari (7,7 %), shuningdek, qora va rangli metallar (8,2 %) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda. Xalqaro savdoning ko‘p tomonlama erkinlashtirilishining jahon xo‘jaligi tizimida resurslardan yanada to‘g‘ri va samarali foydalanish evaziga keltiradigan iqtisodiy samara bilan birga, ayrim mamlakatlar uchun, ayniqsa, o‘zgargan raqobat sharoitlariga moslashuvning ilk bosqichida vaqtinchalik zarar keltirishi ham mumkin. Har qanday vaziyatda savdo erkinlashtirilishidan olinadigan samaralar ishtirokchi mamlakatlar uchun bir xil bo‘lmaydi, chunki ba’zi davlatlar raqobatbardosh milliy ishlab chiqarishga va jahon bozorlarida mustahkam o‘rinlarga egaligi sababli ko‘proq foyda oladi. So‘nggi yillarda ko‘pgina davlatlarning ixtisoslashuvi mintaqaviy integratsiyalashuv va o‘zaro savdoning erkinlashtirilishi jarayonlarining kuchli va ba’zan hal qiluvchi ta’siri natijasida shakllandi. Mintaqaviy savdo kelishuvlari a’zo mamlakatlar bozoriga imtiyozli kirish, JSTdagi kamsitishlarsiz kirishni ta’minlovchi a’zolikdan farqli ravishda, nafaqat boshqa mamlakatlardan mol yetkazib beruvchilar bilan teng raqobat sharoitlarini, balki eng asosiysi, jiddiy afzalliklarga (bojlarni kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, notarif va boshqa to‘siqlarning cheklanishi yoki olib tashlanishi kabi) ega bo‘lishini bildiradi. Bundan tashqari, eng ilg‘or iqtisodiy birlashmalarda integratsion jarayonlar tovar ayirboshlash bilan cheklanmasdan, xizmatlar savdosi, kapital va fuqarolar harakatlanishini ham qamrab oladi. Bu esa qo‘shimcha samara keltiradi. Umuman hozirgi kunda xalqaro savdoning yarmidan ortig‘i imtiyozli asosda amalga oshirilmoqda. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling