Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Mavzuning o`rganilganlik darajasi


Download 215.68 Kb.
bet2/13
Sana09.06.2023
Hajmi215.68 Kb.
#1470902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
зухра курс иши 2235555

Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Ushbu mavzuni ko`plab tilshunos olimlar tadqiq etishgan, chet tillarini, xususan, xitoy tilini o`qitish davomida o`quvchilarning tinglab tushunish hamda og`zaki nutqini rivojlantirish asoslari hamda metodlari ilmiy tushuntirib, asoslab berishgan hamda ushbu mavzuning xususiyatlarini yoritishga harakat qilgan va o`z hissalarini qo`shishgan. Ushbu kurs ishini yoritishda ilmiy asarlar tahlili va internet saytlari ma`lumotlaridan foydalanildi.
Mavzuning nazariy metodologik asoslari: Mavzuni amalga oshirishda mantiqiy, zamonaviy, qiyosiy tahlili kabi metodlardan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi: kirish, ikkita bob, to`rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


I–BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA TA`LIM JARAYONIDA INTERFAOL USULLARDA FOYDALANISH
2.1. Akademik litseylarda texnologiyalar asosida darsni shakllantirish
Xitoy tiliga ixtisoslashgan akademik litseylarda ta`lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirib turilishi, o`quv materialini kichik-kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo`naltiruvchi matn, loyiha, rolli o`yinlar kabi metodlarni qo`llash va ta`lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi..”Chet tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innоvatsion ta’lim
texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib
keladi. Innоvatsion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ularning ta’lim
jarayonida to‘g’ri va unumli foydalanilganidadir.
” [2,12] Hukumatimizning «Chet tillarini o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» qarori xorijiy tillar, xususan xitoy tilining O`zbekiston aholisi o`rtasida ommalashishiga zamin yaratdi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammni o`zaro muloqotda, o`zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat talabani mustaqil fikrlashga o`rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O`qitishning interfaol usullarini tanlashda ta`lim maqsadi, ta`lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o`quv muassasasining o`quv-moddiy sharoiti, ta`limning davomiyligi, o`qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e`tiborga olinadi. Interfaol usullarni qo`llash bo`yicha umumiy metodik tavsiyalar.

Download 215.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling