Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


II–BOB AKADEMIK LITSEYLARDA XITOY TILINI O`QITISH METODIKASI


Download 215.68 Kb.
bet5/13
Sana09.06.2023
Hajmi215.68 Kb.
#1470902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
зухра курс иши 2235555

II–BOB AKADEMIK LITSEYLARDA XITOY TILINI O`QITISH METODIKASI
2.1. Darsda o`yinlardan foydalanish
Rolli o`yinlar, ishbilarmonlik o`yini kabi, vaziyatda ko`rsatilgan muammoni
yechish bo`yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlariga
asoslangan. Ayniqsa chet tili, xususan, xitoy tili darslarida mazkur o`yinlardan
foydalanish juda yaxshi samara va natija beradi. Mavzu ishtirokchilarining bitta
majburiy maqsadlari bor - muammoni yechish. Lekin individual maqsadlar,
ishbilarmonlik o`yinidagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o`yin ishtirokchilarining har birini maqsadi-g`alaba qozonish, o`zini namoyon etish. Vaziyatli o`yin yakunlarini baholash faqatgina umumiy maqsadga erishish natijalariga qarab emas, balki har bir ishtirokchining maqsadga erishishiga qarab belgilanadi. Quyida ba`zi rolli o`yinlardan namunalar keltiramiz.
Agar men ...” rolli - ishchan o`yini. Mazkur o`yin tarbiyaviy jarayondagi
biror-bir muammoli vaziyatni har tomonlama, aniq tahlil etish va mazkur
muammoni yechimiga olib keluvchi turli omillarni taqqoslash imkonini beradi.
Ta`lim oluvchilarni mustaqil-ijodiy fikrlashga, faollikka undaydi, ma`lum
muammoli vaziyatda to`g`ri harakat qilish hamda yechimini topish ko`nikmasini
shakllantiradi.
O`tkazish tartibi: - ta`lim oluvchilar kartochkalardan tanlab oladilar va qaysi harf yozilganiga qarab davraga - o`z joylariga o`tiradilar (misol uchun “O`” harfini olganlar alohida joyga va h.k.) - ular davrada (stollarsiz) o`tiradilar va ularga aynan tarbiyaviy jarayonga tegishli bo`lgan biror muammoli vaziyat og`zaki, syujetli yoki film shaklida ko`rsatiladi.
Blis o`yini. Ushbu o`yin ta`lim oluvchilarni harakatlar ketma-ketligini
to`g`ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o`rganayotgan predmeti asosida
ko`p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o`rgatishga
qaratilgan.
1. Trener ushbu trening bir necha bosqichda o`tkazilishi haqida
tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt
berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida
ularni ogohlantiradi. Trener hamma tinglovchilarga alohida tarqatma material
beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o`rganishlarini so`raydi.
Trener tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi,
ya`ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakat ketma-ketligini to`g`ri belgilash
kerakligi, belgini esa qog`ozdagi alohida ajratilgan bo`limga raqamlar bilan
belgilash kerakligini tushuntiradi. Qo`yilgan vazifa avval yakka tartibda
bajarilishini aytadi.
2. Trener birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka
tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan
tushuntiradi.
Har bir tinglovchi tarqatma materialda «yakka baho» bo`limiga shu yerda
berilgan harakatlardan o`zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini
raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya`ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha
qaysi biri, birinchi bo`lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo`lishini va hokazo. Bu
vazifani bajarish uchun trener tinglovchilarga 10 daqiqa vaqt beradi.
3. Trener tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil
etishlarini so`raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki
raqamlar bo`yicha tashkil etilishi mumkin.
Kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o`z qog`ozidagi yakka baho
bo`limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar,
keyin 3 kishida uch xil bo`lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan
tortishib, bahslashish bir-birlariga ta`sir o`tkazib, o`z fikrlariga ishontirib
kelishgan holda bir fikrga kelib ularga tarqatilgan qog`ozdagi “Guruh bahosi”
bo`limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
Trener kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, kichik
guruhlardagi har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun
20 daqiqa vaqt beriladi.
4. Barcha kichik guruhlar o`z ishlarini tugatgach, trener harakatlar ketmaketligi bo`yicha to`g`ri javobni beradi, ya`ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog`ozlardan “to`g`ri javob” bo`limini topishi va unga trener tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so`raydi.
5. Trener “to`g`ri javob” bo`limida berilgan raqamlardan “yakka
baho” bo`limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha) ya`ni kattadan-kichikni ayirgan holda “Yakka xato” bo`limiga chiqqan farqni yozishni so`raydi.
“Yakka baho” bo`limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo`shib chiqib
umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6. Xuddi shu tartibda “to`g`ri javob” va “guruh bahosi” o`rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “guruh xatosi” bo`limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo`shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7. Trener yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo`yicha tushuncha
beradi, ularga alohida sharhlab beradi.

Download 215.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling