Sinkveyn
Sinkveyn besh qatordan iborat o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda
o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot
yig‘ilgan holda, ta’lim oluvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar
orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir
nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn
tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidasi
Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so‘z bilan ifodalanadi (odatda ot
bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu doirasidagi sifatni ikkita so‘z bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so‘z bilan
ifodalanadi.
4.To‘rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta
so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.
Oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin
bo‘lgan bitta so‘z yoziladi.
Oltita shlyapa – fikrlashning oltita turi
Edvard de Bono “Fikrlashning olti shlyapasi” degan kattalar va bolalarni
fikrlashga undaydigan samarali metodni ishlab chiqdi. Oltita shlyapa (bosh
kiyim) - fikrlashning 6 turlari.
Oq shlyapa - oq rang ob’ektivlik va xolislik, haqqoniyat. Oq shlyapada aralash fikrlar ishlab chiqiladi. Aynan oq shlyapadagi fikrlar insonni voqelik,
bo‘lgan narsaga aniq tushunchalarni farqlash, ajratishni belgilaydi, bu esa
voqelikning tushunchasidir.
Qizil shlyapa - ichki his-tuyg‘ularni kuchliligi va his-hayajonlarning yuqori
ekanligi timsolidir. Qizil shlyapada xis-tuyg‘ular boshqaradi. His-tuyg‘u,
borliqqa sub’ektiv tomondan yondashuv, bu esa nazardan chetda qolmasligi
kerak. Inson qizil shlyapani kiysa unda fikrini mustaqil bayon etishga imkon
yaratiladi.
Qora shlyapa - qora rang yomonlik, yovuzlik timsolidir. Qora shlyapa bu
tanqid, salbiy hislar va hayotda hech qachon hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, degan fikrni o‘zida aks ettiradi. Qora shlyapaning obrazi muammolarni
yechimini topish emas, balki ularning mavjudligini ko‘rsatadi. Qora shlyapani
kiygan inson undagi xatoliklarni izlaydi, uni yana to‘ldirish kerakmi yoki bu
faqatgina xato ekanligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |