Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Tā hěn yǒu qián, kěshì wǒ hái bù yuànyi jiàgěi tā


Download 215.68 Kb.
bet12/13
Sana09.06.2023
Hajmi215.68 Kb.
#1470902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
зухра курс иши 2235555

Tā hěn yǒu qián, kěshì wǒ hái bù yuànyi jiàgěi tā.
可是 kěshì, 但是 dànshì, or 不过bùguò Agar ikkinchi bandda hái qo`shimchasi yoki qarama-qarshilikni bildiruvchi qo`shimcha bo`lsa, o`tkazib yuborilishi mumkin. Qarama-qarshilikni bildiruvchi qo`shimchalar keltiriladi.
虽然他很有钱,我还不愿意嫁给他。
Suīrán tā hěn yǒu qián, wǒ hái bù yuànyi jiàgěi tā.


要不然 yàoburán
Aks holda
快一点走吧,要不然上课又要迟到了。
Kuài yīdiǎn zǒu ba, yàobùrán shàng kè yòu yào chídào le.
我的汽车坏了,要不然我不会不来上班。
Wǒ de qìchē huài le, yàobùrán wǒ bù huì bù lái shàng bān.
不然 bùrán
Aks holda
他让我跟他一起去买东西,不然他不帮我练习中文。
Tā ràng wǒ gēn tā yīqǐ qù mǎi dōngxi, bùrán tā bù bāng wǒ liànxí Zhōngwén.
幸亏我的身体好,不然一定会生病。
Xìngkuī wǒ de shēntǐ hǎo, bùrán yīdìng huì shēng bìng.


再说
再说zài shuo «bundan tashqari, boshqacha aytganda»
再说 zài shuō yangi jumlani boshlaydi va davom etadigan ma`lumotlarni taqdim etadi va oldingi jumlada keltirilgan ma`lumotlarni aniqlaydi.
我们很喜欢去中国旅行。再说在那儿也可以练习说中文。。
Wǒmen hěn xǐhuan qù Zhōngguó lǚxíng. Zài shuō zài nàr yě kěyǐ liànxí shuō
Zhōngwén.


XULOSA
Xulosa o`rnida bugungi kunda eng rivojlangan mamlaktlardan biri bo`lgan XXR ning tashkil etilganidan keyingi rivojlanish strategiyalari tarixiga nazar solib o`tishni joiz deb bildik. 1949-yil 1-oktabrida tashkil etilgan Xitoy Xalq Respublikasi o`ziga xos rivojlanish tarixiga ega mamlakat hisoblanadi. 1958-yilda XXR “Katta sakrash” deb nomlangan yangi rivojlanish yo`lini tanladi. “Insoniyatning baxtli kelajagi” deb e’lon qilingan komunizmni qurishning asosiy vositasi haq to`lanmaydigan mehnat bo`lishi zarur edi. Bu narsa “3 yillik qattiq mehnat-o`n ming yillik baxt-saodat” shiori ostida o`tishi kerak edi. Keyinchalik bu siyosat noto`g’ri ekanligi yoqlab chiqilib, 1978-yilda pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li tanlandi. Bu tarixga “iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish” nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzimi bekor qilindi. Ularning o`rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo`l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash vazifasi hal etildi.
1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi bu bosqich islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan holi qilish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyatiga izchillik bilan o`tish bosqichi deb nom oldi. Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo`lga kiritildi.
1992-yil martda O`zbekistonning 1-prezidenti I.A.Karimov Xitoyga rasmiy safar qiladi. Bu safar davomida 16ta hujjat imzolandi. 2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O`zbekistonga tashrifi bo`ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo`yicha fikr almashildi. Bundan tashqari 2019-yil 25-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi va mamlakat rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida mamlakatimiz rahbari O`zbekiston “Bir makon, bir yo`l” tashabbusini qo`llab-quvvatlashi va uning keng ko`lamda amalga oshirilishida amaliy hissa qo`shishga tayyor ekanligini taˋkidladi. Xitoy raisi O`zbekistonning bu boradagi ishtiroki va tashabbuslari Xitoy bilan O`zbekiston va Markaziy Osiyo o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
“Barchamiz so`zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o`zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi balki amalga oshishini taˋminlashi zarur”. [2,25]
Demak, O`zbekiston va Xitoy o`rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Buning natijasida Yurtimizda xitoy tiliga bo`lgan talab ortib bormoqda. Albatta til o`rganayotgan inson nafaqat davlat tilini o`rganishi kerak, balki uni har jihatdan ham o`rganishi kerak. Hozirda O'zbekistonliklar xitoy tilini chuqur qiziqish bilan o'rganmoqda, sababi Xitoy Respublikasi va bizning mamlakatimiz bilan ko'pgina yaxshi aloqalar va proyektlar ko'rib chiqilgan. Hozirda nafaqat talabalarimiz, balki o'zi mustaqil ravishda bu tilni o'rganayotgan oˋquvchilar oramizda juda ko'p. Tilni oˋrganish bizga ham maˋnaviy ham moddiy yordam beradi. Bundan tashqari, Xitoy Respublikasi haqida ko'plab maˋlumotlar olishimiz va oˋrganishimiz mumkin. Talabalar bu tilni oˋrganish jarayonida boshqa maktab yoki institut oˋquvchilariga qay usulda oˋqitishni amalga oshirish uchun koˋplab metodlar bilan tanishib chiqadilar va tilni oson va tez o'rganish uchun oˋyinlar, mashqlar va mashgˋulotlar tashkil etadilar. Bu jarayonlar qachonki talabalar ishga kirganlarida yoki tarjimonlik bilan shugˋullanganlarida qo'l keladi. Biz yuqorida maˋlumot berib oˋtgan Xitoy Avtonom Rayonlari ham bu mamlakat tilini o`rganayotgan har bir shaxs uchun qiziq deb o`ylaymiz. Bolalarning maktabda qanday oˋqishi yuksak maqsadlar bilan kamol topishi koˋp jihatdan oila muhiti, mahalla eˋtibori hamda maktabgacha taˋlim muassasasidagi tarbiga bogˋliq.

Download 215.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling