Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) o`yini


Download 215.68 Kb.
bet6/13
Sana09.06.2023
Hajmi215.68 Kb.
#1470902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
зухра курс иши 2235555

Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) o`yini. Ishbilarmonlik yoki rolli
vaziyatli o`yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o`rinda, matnli
material o`rniga ta`lim oluvchilar tomonidan rollar o`ynaladigan hayotiy vaziyat
sahnalashtiriladi.
Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o`yinlar o`quv usuli sifatida quyidagi
vazifalarni bajaradi:
o`rgatuvchi: umumta`lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni
o`stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;
rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga
o`rganish qobiliyatini o`stirish;
motivatsion: o`quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishga
rag`batlantirmoq;
tarbiyaviy: mas`uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.
Ajurli arra usuli Ushbu usul tuzilish jihatidan o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy
qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi.

2.Birlamchi gurudlar: har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladilar va
ekspertga aylanadilar.

3. Ekspert guruhlari: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud
bo‘lgan ta’lim oluvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish
rejasini egallash uchun ekspert guruhga birlashadilar.

4.Birlamchi guruhlar: ta’lim oluvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga
qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi. Ularga quyidagicha
topshiriqlar beriladi:
-paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling; -bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushunib
olganingizga ishonch hosil qiling;
-materialning muhim o‘quv elementlariga e’tiborni qarating.

Download 215.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling