Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Download 65.36 Kb.
bet7/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish

Boshlovchi:- O’tinchining rahmi kelib, uni ham kesmabdi. U yurib-yurib archa daraxtining oldiga boribdi, shu daraxtni kessammikan deb tursa:
Archa: Otajon, meni kesmang, sizdan yolvorib so’rayman. Meni o’rmonga ko’p foydam tegadi. Kuz, qish oylarida o’rmonzordagi daraxtlar barglarini to’kkanda ham men yam-yashil bo’lib, o’rmonda chiroy bag’ishlab turaman.
Boshlovchi:- O’tinchi uf tortibdi-yu, nari ketibdi. Shunday qilib tol, qayrag’och, chinor, qarag’ay daraxtlarning ham oh-u zorlarini eshitib, ularni ham kesmabdi. Endi uyga o’tinsiz ketamanmi-a!? - deb tursa, qalin o’rmon ichidan oppoq soqollari uzun, bir qo’lida hassa suyangan, egnidagi kiyimlari ham oppoq, nuroniy bir chol chiqib, o’tinchining oldiga sekin-asta kelaveribdi.
O’tinchi hayron bo’lib, cholga qarabdi va o’zi ham yurib boribdi:
O’tinchi: Assalomu alaykum, otaxon.
Chol: Vaalaykum assalom, bolam, umring ziyoda bo’lsin, rahmat senga, bu daraxtlarning barchasi mening farzandlarim. Sen ularga rahm qilib kesmading. Sening bu xayrli ishing meni juda xursand qildi. Shuning uchun senga mana bu tilla xipchinni beraman. Bu xipchin seni baxtiyor qilad
Boshlovchi:- O’tinchi sevina-sevina xipchinni olib uyiga kelibdi. Uni sinab ko’rish uchun xipchinni silkitgan ekan, so’ragan narsasi bir pasda muhayyo bo’libdi. Bundan chol juda xursand bo’libdi. Ro’zg’oridagi kam-ko’stlarini to’ldiribdi. Biror narsaga ehtiyoj sezsa, darhol xipchinni silkitar va so’ragan narsasi shu ondayoq muhayyo bo’lar edi. Shunday qilib kambag’al o’tinchi rahmdilligi tufayli baxt-saodatga erishibdi.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarning ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish va shakllantirish.
b) tarbiyaviy maqsad: mehnatga qiziqishi past o’quvchilarni dangasalik yomon oqibatlarga olib kelishiga va ularni mehnat qilsa yaxshi natijalarga erishishga o’rgatish.
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalarini oshirish, erkin va mustaqil fikrlash qobilayatlarini yanada rivojlantirish. Darsning metodi: suhbat, savol-javob, hikoya.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling