Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Download 65.36 Kb.
bet1/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish


MUNDARIJA:
KIRISH


1. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi
2. Savod o’rgatish davri o’qish darslarida o’quvchlar savodxonlini oshirishda qo’llaniladigan didaktik o’yinlardan foydalanish
3. Sinfdan tashqari o’qish darslari jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalash yo’llari
4. Tajriba - sinov ishlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida farzandlarimizni bilimni, yuksak salohiyatli, jismonan, ruhan va ma’nan etuk insonlar etib tarbiyalashning yaxlit mexanizmi shakllantirildi.


Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar natijasida bunyod etilgan zamonaviy o’quv maskanlarida yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ta’lim jarayoni tubdan o’zgarmoqda. Har bir o’quvchining qiziqishi, qobiliyati, bilim olish salohiyati inobatga olangan holda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik usullar joriy etilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o’stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda e’tiqod, Vatan tuyg’usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo’nalishlaridandir.
Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgani boy ilm-ma’rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalyarni o’zlashtirib unga o’z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab etishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirishi lozim. Ularni o’zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg’or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o’zlashtirish ta’lim tizimining poydevori bo’lgan boshlang’ich ta’limdan boshlanadi.
Ta’lim berishda ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o’quvchi ni intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang’ich sinf o’qituvchisining tanlagan dars usuliga bog’liq.Ana shu nuqtai nazaridanbiz tanlagan malakaviy ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling