Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Download 65.36 Kb.
bet2/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish

1. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


STO’ning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.
Birinchi sinif o’quvchilari o’quv yili davomida Vatanimiz haqidagi, kishilarining fidokorona mehnati,bolalarning baxli hayoti, shuningdek,o’simlik va fayvonlar haqidagi she’r, ertak, hikoya va topishmoqlar, turli sarguzasht va afsonaviy asarlar bilan tanishtirib boriladi.Bunga erishish uchun o’quv rejasida ona tili uchun berilgan 8 soatning 4 soati o’qish,4 soati yozuv bo’lib, to’rtinchi o’qish darsining 15-20 minutida sinifdan tashqari o’qish mashg’uloti o’tkaziladi.
Bu mashg’ulot quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O’quvchilarga o’qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o’rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.
2. Tanlangan asarni o’qituvchining ifodali (ayrim o’rinlarini takrorlab) o’qib berishi.
3. O’quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqiya va hodisalarni eslashlari.
4. O’quvchilarning kitobni ko’rib, undan o’qituvchi o’qib bergan asarni topishlari. 5.O’quvchilarga darsdan kiyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.
O’quv yili davomidagi sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshglanish qismida esa hafta davomida o’tilgan darslarning o’quvchilar tomonidan bo’sh o’zlashtirilgan o’rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o’qishning birinchi soatida o’quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.
Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o’qishdan farq qiladi.Bunda quyidagilarga etibor beriladi:
1. O’quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajimli kitob bilan
tanishtiriladi.O’quvchilar o’qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko’rsatishi va asarni o’qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko’ra, olti yoshlarga ko’rsatiladigan va o’qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli, undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo’lishi kerak.
2. Mashg’ulotda o’qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo’yilishi lozim.Kitob ustida ishlab bo’lingach u sinf kutubxonasiga qo’yiladi.O’quvchilarga bo’sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.
3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o’quvchilarda o’qishga qiziqish uyg’otadi.
4. Sinfdan tashqari o’qish jarayohida nutq o’stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O’quvchilardan savollarga to’g’ri, tushinib va so’zlarni o’rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.
5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga ruoya qilish maqsadga muofiqdir:
- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o’qish. Asarning ayrim o’rinlarini yoddan aytish. O’qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay, bir joyda turish.
- O’qituvchi kitobni o’qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko’rsatmasligi kerak.CHunki o’quvchilar diqqati bo’linadi.
- Kitob va undagi rasmlarni o’quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko’rishga sharoit yaratish, o’qiy oladigan ayrim o’quvchilarga ba’zi gap, so’z va bug’unlarni o’qitish ham maqsadga muofiqdir. Tanishtirayotgan kitob yoki o’qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o’quvchi doska oldiga chiqib o’z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarniko’rsatishi mumkin.
Mashg’ulot davomida kitobni ko’rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:
a) kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;
b) kitob miqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o’qish;
v) muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko’ra taqqoslash;
g) kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlohalarni birma- bir ko’zdan kechirish;
c) asarga ishlangan rasmlarni sinchiklab kuzatish;
Sinfdan tashqari o’qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g’oyasiga e’tibor berish, o’qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o’qituvchining shaxsiy namunasi muhim o’rin tutadi. Shuning uchun o’qituvchi и tayyorgarlik paytida o’qib beriladigan asarni bir necha marta takror o’qib chiqishi, ayrim o’rinlarini yod olishi va mashg’ulotning aniq pilanini ishlab chiqishi zarur.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotining boshlanish qismida o’quvchilar diqqatini to’plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:
- Bolalar, bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim.Bunda (o’qiyuvchi kitobni ko’rsatadi) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o’qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o’tirasiz. Eshiting…
O’qituvchi ertakni shoshilmay, muhim o’rinlarini takrorlab va avozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o’qiydi. Ertak o’qiganidan kiyin uning mazmunini ochish va o’quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o’tkaziladi. Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:
- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayirda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so’zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...
Dastlabki paytlarda o’quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so’z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o’qituvchining o’zi yordam berishi lozim.
Savol-javoblardan kiyin kitob birgalikda ko’rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o’qituvchi hamma o’quvchilarga ko’rinadigan qilib, ko’krak balandligida ushlaydi. Dastlab o’quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko’rsatilib, qisqacha tushuncha beriladi. Agar o’quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo’lsalar, uni eslaydilar.Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo’lsa, u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o’qishga harakat qiladilar.(Bu vaqtda hamma harflar o’rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo’lgan ayri o’quvchilar uni o’qishlari ham mumkin.
O’qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab, har bir betdagi rasmlarga alohida to’xtab izoh beradi. Ko’rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o’quvchilar fikri eshitilib, to’ldiriladi. O’quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflarlar bilan yozilgan sarlovhalar o’quvchilarga o’qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi.Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko’zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o’quvchilar asta – sekin bu ishga o’rganib va ko’nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig’i berilib, dars yakunlanadi.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling