Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Download 65.36 Kb.
bet8/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish

Darsning turi: noan’anaviy, ertakni o’qish darsi.
Boshlovchi:– Qadim o’tgan zamonlarda oddiygina qishloqning bir chetida, bir kosib oilasi bilan yashar ekan. Kosibning yakka-yu-yagona o’g’li bo’lib, u erka o’sganidanmi, yoki yolg’iz farzand bo’lgani uchunmi, hech qanday ish qilmaydigan, dangasa ekan. Hattoki otasi hovlida biror ish bilan shug’ullanayotgan bo’lsa ham dangasa o’g’il ozroq bo’lsada yordam bermas, faqat bekorchilikdan bir-ikkita o’ziga o’xshagan o’rtoqlari bilan ko’chada o’ynab yurar ekan. O’g’lining bunaqangi bekorchi yurganini ko’rib, xafa bo’libdi.
Kosib: – O’g’lim, bunaqa ishyoqmaslik, bekorchilik senga yarashmaydi. Mana ancha ulg’ayib qolding, endi biror ishning boshini tutmasang bo’lmaydi. Men ham qarib qoldim, endi xo’jalikni sen boshqarasan ishla, pul top!
Boshlovchi:– Bola otasining gaplaridan ta’sirlanib, nima qilishini bilmay, onasiga otasi aytgan gaplarni aytibdi. Ona bechora hali yosh ko’ringan o’g’lining qo’lidan bir ish kelmasligidan xavotirlanibdi.
Onasi: – Hali yoshsan bolam, qayerdan ham pul topib xo’jalikni boshqarasan.
Boshlovchi: – Onasi unga unga ozroq pul beribdi. Bola sevinib pulni olibdi va otasining oldiga kelidi.
O’g’il: – Otajon, mana pul topib keldim. Endi xo’jalikni boshqarishga harakat qilaman.
Boshlovchi: – ota bolasining pulni o’zi ishlab topganmi yoki birov berganini bilish uchun uni sinab ko’rmoqchi bo’libdi va pulni olov yonib turgan tandirga tashlabdi. Bola xo’rsinibdi, lekin indamay yana pul topish dardida ko’chaga chiqibdi. Har qancha urinmasin, pul topa olmabdi. O’zining ishyoqmasligidan, dangasaligidan, vaqtida mehnat qilishni o’rganmaganidan afsuslangan o’g’il yana onasining oldiga boribdi.
Onalar ko’ngli nihoyatda yumshoq, mehribon bo’ladi. O’g’lining tushkunlikka tushib yurganidan ko’ngli g’amgin tortgan ona unga yana pul beribdi. U esa sevinib, otasi oldiga yugurib kelibdi.
O’g’il: – Otajon, mana pul topib keldim. Endi o’tga tashlamaysizmi?
Boshlovchi: – Ota o’g’lining qo’lidagi pulni olib, yana o’tga tashlabdi. Bola otasiga hech narsa deyolmay, mulzam bo’lib, ko’chaga chiqibdi. Uzoq yuribdi. U o’zicha o’ylabdi.
O’g’il: – O’zim mehnat qilib, pul topishni o’rganmasam bo’lmaydi. Otamni qancha aldamay, baribir yolg’onlarim fosh bo’lib, uyalib qolayapman-ku. Yaxshisi u -yoq - bu - yoqdan qidirib ish topay. O’zim mehnat qilib topgan nonning mazasi qanday bo’lar ekan.
Boshlovchi:– Bola xayol surib ko’chada ketayotgan ekan, ko’chaning bir burchagida bir kishi imorat qilayotganiga ko’zi tushibdi. Shu yerdan menga ham bir ish topilib qolar degan niyatda imorat qurayotgan odamning oldiga boribdi.
O’g’il: – Assalomu alaykum, amaki! Hormang, charchamayapsizmi? Amaki: – Vaalaykum assalom, salomat bo’l, kel-kel bolam, bekor yurmay bu yoqqa kelib yordam bersang bo’lmaydimi?
Boshlovchi: – Bu gapdan xursand bo’lgan bola darrov g’ishtlarni tashishga yordamlashibdi. Amaki unga issiq ovqat, choy beribdi. Bola to imorat bitguncha shu kishiga yordamlashibdi. Bolaning ishidan mamnun bo’lgan kishi unga ancha pul beribdi.
Bola xursand bo’lib, uyiga qaytibdi va otasining yoniga yugurib borib, qo’lidagi pullarni unga beribdi.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling