Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Dars tipi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli


Download 65.36 Kb.
bet10/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish

Dars tipi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish
Dars jihozi: Tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari.
Darsning borishi.
A) salomlashish.
B) davomatni aniqlash V) darsga hozirlash
11 Yangi mavzuning bayoni.
1. Bir necha o’quvchiga "Tabiat - mening uyim" she’ri yod ayttiriladi.
Dalalarni aylansam, Uzoq hayolga botsam. Chigirtkalar qo’shig’in, O’tloqda tinglab yotsam.
Tabiat mеning uyim,
Tabiat jonimda jon.
Shivirlayman mеn unga,
Va onamga:-Onajon! Shundanmi ko’ksim og’rir, Zaharlansa ona yеr. Tabiat mеning uyim, Tabiat eng go’zal shе’r.
Shivirlasam giyohga,
Hapriqqancha:-Ey ko’kat. Nеga kеldim dunyoga, Sirin o’rgat? Toshni yorgan giyohlar, Sabotdan dars uqisin. Oy cho’milgan daryolar, Bolaga shе’r to’qisin.
Uchadi bola tomon, Shu sabab mеning so’zim. —Tabiat— jonimda jon, Tabiat mеning uyim. 2. She’r yuzasidan suhbat.
Barakalla bolajonlar, juda chiroyli she’r aytdinglar. Joyingizga o’tiring.
- Tabiat shoirning uyi ekan (bolalarning javobi).
- Tabiat sizning uyingiz emasmi?
- Toxira tabiat sening ham uyingmi?
- Tabiat mening ham uyimdir. Shu tabiat qo’ynida tug’ildim, ulg’aydim.
- Miraziz tabiat sening ham uyingmi?
- Tabiat mening ham uyim. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida yashayman. Tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman.
Juda yaxshi bolalar.
Bolalar hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rlarning mualliflari nimani kuylashyapti. Nima haqida gapirishyapti?
- Tabiat haqida. (bolalar javobi).
- Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X.Davronning "Tabiat mening uyim" she’rini tingladingiz. She’rda nimalar deyilgan ekan?
- She’rda dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eishtaman, gullarni unib, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, hayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir, deb aytyapti. (bolalarning javobi).
- Juda yaxshi Umid.
- Shaxnoza sen davom ettirgin.
- Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oyu - yulduzlari daftarimni yoritadi. Orol dengizi qurib boryapti. Ona yer zaharlansa ko’ksim og’riyapti. Sen uni asra, mangu qolsin. (bolalarning javobi).
- Demak, bolalar biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni "Ona tabiat" deb ataymiz. Uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu – ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, xavo, oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, soflik, a’lo kayfiyat ham beradi.
- Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biri. Ular zarakunanda hashoratlarni yeb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularni sayrashidan olam-olam zavq olasiz.
Masalan: Bulbul, sa’va, va boshqalar. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi. Bahor valsi eshittiriladi).
Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi). Ya’ni bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqiut, otquloq kabi ko’katlar inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
- Bolalar bizning qayotimizda yana bir muhim narsa obi-qayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating...
Demak, o’quvchilar tabiatimizni bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan. „O’quvchilarning tabiat haqida yodlagan she’rlaridan ayttirish. Topishmoq va maqollar bilasizmi? -qani Zebo sen nima aytmoqchisan? Topishmoq.
Dengizu daryoda yashar, Asosan ko’klarda kezar. Zeriksa bormi, osmondan, Zamin uzra qaytib tushar.(Suv.) Ikki yaproq bir tanda, Kezar gulzor chamanda. (Kapalak.)
Shoirlarning she’rlar to’plamlar ko’rgazmasini o’tkazish. Uyga vazifa "Gullar" haqida she’r yod olib keling. Keyingi darsimizda "Gullar aytishuvi" qilamiz.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling