Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi
Download 65.36 Kb.
|
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning metodi
- Qayin
- Yong’oq
- Boshlovchi
Ko’ngilchan o’tinchi
(Mandaa: G’afforova T. Va boshqalar. O ‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik. Toshkent. Sharq.2011) Maktab sahnasi o’rmon daraxtlari rasmi bilan bezatilgan, mehmonlar va ishtirokchilar o’z joylarini egallashgan. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarning ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish va shakllantirish. b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga bizning rizq- ro’zimiz bo’lgan nonni e’zozlashga o’rgatish va zehnini rivojlantirish. Har bir ishda aql bilan ish ko’rishga o’rgatish. d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalarini oshirish, erkin va mustaqil fikrlash qobilayatlarini yanada rivojlantirish. Darsning metodi: suhbat, savol-javob, hikoya. Darsning turi: noan’anaviy, ertakni o’qish darsi. Boshlovchi: Qadim o’tgan zamonda, qalin o’rmonning bir burchagida o’tinchi o’z oilasi bilan yashar ekan. U o’rmondagi daraxtlarning shoxlaridan o’tin qilar va uni sotib ro’zg’orini tebratar edi. O’tinchi doimo “Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing” maqoliga amal qilib yashar edi. Kunlardan bir kun o’tinchi daraxt kesish uchun boltasini olib, o’rmonga boribdi. O’rmonda daraxtlar juda ko’p ekan. O’tinchi daraxtlarning qaysi birini kesishni bilmay o’ylanib-o’ylanib, axiyri qayin daraxtining oldiga borib, boltasini ko’targan ekan, daraxt tilga kiribdi. Qayin: - Otajon, iltimos meni kesmang, rahm qiling, hali bolalarim yosh, ularga madad bo’lishim kerak. Boshlovchi:- O’tinchining unga rahmi kelibdi. So’ng yong’oq daraxtining oldiga borib, endi boltasini ko’targan ekan yong’oq daraxtining faryodi eshitilibdi. Yong’oq:- Menga rahm qiling. Qarang, shohlarimda yong’oqlarim hali xom-ku! Payt kelib mevalarim pishsa ko’p odamlarga foydam tegadi. Ular mag’zimni yeb maza qilishadi. Boshlovchi:- O’tinchi yong’oq daraxtiga rahm qilib, zirk daraxtining yoniga yaqinlashgan ekan. Zirk:- Sizdan yolvorib so’rayman otaxon, meni zinhor kesa ko’rmang. Axir men o’zimning sharbatim bilan barcha hashoratlarni boqaman. Agar meni kesib tashlasangiz hashoratlar qanday qiladi. Boshlovchi:- O’tinchi uni ham kesmay o’ylanib qolibdi. Qanday qilib bo’lsa-da, uyiga o’tin olib borishni o’ylagan o’tinchi tog’terak daraxtining oldiga borib, uni ham kesmoqchi bo’libdi. Shuni kesa qolay, deb boltasini ko’targan ekan, tog’terak daraxti ham tilga kiribdi. Tog’terak: Amakijon, menga rahm qiling. Meni odamlarga ko’p foydam tegadi. Tanamdan uylar qilib, qishning sovuq kunlarida issiqqina bo’lib o’tirishadishadi. Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling