Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi
Didaktik o’yinlarning umumiy tavsifi
Download 65.36 Kb.
|
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolat o’lkasi”ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko’chalar
- Bilag’on ‘chasi
- Konstitusiya ko’chasi
- Izquvarlar ko’chasi
- Jumboq ko’chasi
Didaktik o’yinlarning umumiy tavsifi
O’yinning maqsadi – o’quvchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda huquqiy idrok va zehnni shakllantirish. Mazkur o’yin bellashuv tarzida ham uyushtirilishi mumkin. Unda ikki yoki to’rtta guruh ishtirok etib, bir qator shartlarni bajaradilar. “Adolat o’lkasi”ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko’chalar O’yinni tashkil etish jarayonida guruhlar mazkur ko’chalarda bo’lgan vaqtlarida ularning nomlari bilan bog’liq shartlarni bajarishlari lozim. Quyida «Adolat o’lkasi»ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi «ko’chalari» hamda ushbu “ko’chalar” mohiyati xususidagi fikrlarni ifoda etamiz. “Adolat o’lkasi”ning ko’chalari Bilag’on ‘chasi Bu erda har guruh portretlarda tasvirlangan yoki o’zlari tanlab olgan varaqalarda nomlari yozilgan davlat, siyosat va huquq arboblarining hayoti, faoliyati to’g’risida hikoya qilib berishlari kerak bo’ladi. O’yinda Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa shaxslar portretlarining namoyish etilishi hamda ular to’g’risida ma’lumotlar berilishi talab etilishi mumkin. Konstitusiya ko’chasi U нerda har bir guruhning O’zbekistoт Respublikasi Konstitusiyasi mazmunini qay darajada bilishlari hamda sharhlay olishlari aniqlanadi. Guruh a’zolarining bu boradagi bilimlarini aniqlash Respublika Qomusi bo’yicha tuzilgan savollarga ularning bergan javoblarini besh balli tizim bo’yicha baholash asosida kechadi. Izquvarlar ko’chasi Bu нerda guruhlarga 8 yoki 10 ta so’zdan iborat hikoya tuzish vazifasi topshiriladi. Guruhlar o’zlariga berilgan quyidagi so’zlar: sud, jazo muddati, qoralovchi, hukm, surishtirish, qaror, yil va hokazolar yordamida shartni bajarishlari mumkin, bu so’zlar bellashuv hay’ati tomonidan taqdim etiladi, yoki boshqa mazmundagi shartlarni bajarishlari mumkin. Jumboq ko’chasi Bu yerda guruhlar e’tiboriga huquqiy mazmundagi rebus yoki krossvord (boshqotirma)larni yechish vazifasi yoki quyidagi ko’rinishdagi jadval mazmunini yoritish topshiriladi: а) O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining quyida berilgan bo’lim va boblarining qanday nomlanishini ayting:
Ushbu ko’chada beriluvchi shartlarning tarkibi huquqiy lingvistikadan ham iborat bo’lishi mumkin. Masalan: berilgan qo’shimchalar orasida shunday bir mustaqil so’zlarni yozish talab etiladi. Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling