Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili


-jadval Paxta-nitron tolali gazlamaning strukturaviy xarakteristikasi


Download 1.65 Mb.
bet14/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1624683
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча

3.5-jadval
Paxta-nitron tolali gazlamaning strukturaviy xarakteristikasi

Gazlama nomi

Tola tarkibi

Qalinligi, mm

Eni, sm

To‘qilishi

Yuza zichligi

G‘ijimlanmaslik,%



Uzilish kuchi, N

Uzilishdagi cho‘ziluvchanlik, %

Paxta viskoza tolali gazlama

50%
paxta
50%
viskoza



0,7

150

sarja

220

89

740

39


3.6-jadval
Qotirma materialning strukturaviy xarakteristikasi

Material nomi

Tola tarkibi, %

To‘qilishi

Yuza zichligi, g/m2

Elim markasi

Qotirmali material:dublerin

70 % viskoza, 30% poliester

polotno

150

PA-12/6/66
(P-12AKR)

Kiyimlarga texnologik ishlov berish ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Detallar va qirqimlarni biriktirish, namlab isitib ishlov berish va yakuniy ishlov berish sifati, ko‘p tomonlama kiyim sifati, uning qomatdagi o‘tirish sifati, gazlama chidamliligi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Texnologik ishlov berish jarayonida buyum zarur bo‘lgan hajmli shaklga, tovarbop ko‘rinishga ega bo‘ladi. Texnologik ishlov berish jarayonida shakllanuvchi kiyim sifati muhim darajada qo‘llanilayotgan texnologik uskunalarning turiga, ishlov berish rejimiga, igna diametriga, ip turi va uning xususiyatiga bog‘liq. 3.4-3.5-3.6- jadvallarda ishlov berish parmetrlari keltirilgan.


3.7- jadval
Namlab-isitib ishlov berish parametrlari





Buyum paketi

Paket qalinligi, mm

Namlab isitib ishlov berish parametrlari

Presslash harorati,
0S

Bosim, MPa

Pressslash davomiyligi, s

1

Avra gazlama: paxta viskoza tolali gazlama Qotirmali materiallar:
art. 75088; 86040; 935556; 935507

0,95

130-150

0,04

15-25

3.8- jadval
Paxta viskoza tolali gazlamalarning qotirmali materiallar bilan biriktirish rejimlari



Dublerinlash parmetrlari

Qotirmali material artikuli

GS-55

GS-11

SLB-33BP

SNB-50EP

Presslash yuzasining harorati, 0S

Bosim, MPa


Presslash vaqti, s



160-175

0,03-0,05


17-20


150-160

0,03-0,04

12-15




160-170

0,04-0,05


15-20


155-165

0,03-0,05


13-17




3.9-jadval
Ip bilan biriktirish operatsiyalari





CHoklar nomi

CHok konstruksiyasi

Igna nomeri

Ip nomeri

Baxya yirikligi mm

Asbob uskuna turi

1

Biriktirma chok



90-100

40/2

3-4

U/M

2

Ag‘darma chok



90-100

40/2

3-4

U/M

Namunalar keltirilgan issiqlik, bosim va namlik ta’sirida o‘zaro yopishtirildi va namunalarning mustahkamligini belgilovchi ko‘rsatgichlar, ya’ni uzish kuchi va uzilishdagi cho‘zilish foizi aniqlanildi.


Ilmiy- tadqiqot ishida «100% Spun Polyester», №40/2 markadagi tikuv ipidan foydalanib chok mustahkamligi “SENTEX.UZ”laboratoriyasida «STATIMAT-C» mashinasida tekshirildi.
Detallarni biriktirishda 0,48 mm qalinlikdagi paxta nitron tolali gazlama uchun №40/2 poliester ip, 90-100 raqamdagi igna, 3-4 mm dagi baxya uzunligi tanlandi. Elimli birikma natijasida paket mustahkamligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari 3.7-jadvalda keltirildi.
3.10-jadval
Kiyim paketining elimli birikish mustahkamligi ko‘rsatkichlari



Paket nomi



Yuza zichligi (avra/ qotirma), gm/m2

Elim qotirma ko‘chish mustahkamligi

Uzish kuchi, N

Uzilishdagi cho‘ziluvchanlik, %

tanda

arqoq

tanda

arqoq

1

Paxta-viskoza + dublerin A

230/85

17

12,5

7

10

2

Paxta-viskoza + dublerin V

230/150

18

15

28

30

3

Paxta-viskoza + dublerin S

230/110

16

12,5

11

15

Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuza zichligi 85 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda uzilish kuchi tanda bo‘yicha 17 N, arqoq bo‘yicha 12,5 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 7%, arqoq bo‘yicha 10 % ni, yuza zichligi 150 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda uzilish kuchi tanda bo‘yicha 18 N, arqoq bo‘yicha bo‘yicha 15 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 28%, arqoq bo‘yicha 30% ni, yuza zichligi 110 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda elim paketning uzilish kuchi tanda bo‘yicha 16 N, arqoq bo‘yicha bo‘yicha 12,5 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 11%, arqoq bo‘yicha 15% ni tashkil etdi.


Xulosa qilib aytganda, yuza zichligi 150 g/m2 bo‘lgan dublerinli buyum paketining uzish kuchi, birinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 6% ga, arqoq bo‘yicha 17 % ga, uchinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 12 % ga, arqoq bo‘yicha 17%ga, uzilishdagi cho‘zilish birinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 75% ga, arqoq bo‘yicha 77% ga, uchinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 61% ga, arqoq bo‘yicha 50% ga oshdi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tola tarkibi va elim turi bir xil, lekin zichligi turlicha bo‘lgan qotirma materilallardan tashkil topgan buyum paketlari turli xil ko‘rsatgichlarni ko‘rsatdi. Yuqoridagilarni hisobga olib, ayollar ustki kiyimini loyihalashda tola tarkibi 70% viskoza, 30% poliester, yuza zichligi 150g/m2, elim markasi PA12/6-66 bo‘lgan dublerin buyum paketi uchun tavsiya etiladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling