Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili


-rasm. Ustki kiyim turi bo‘yicha diagramma


Download 1.65 Mb.
bet9/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1624683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча

1-rasm. Ustki kiyim turi bo‘yicha diagramma
O‘tkazilgan so‘rovnomada kiyim turi bo‘yicha 47% talaba qizlar, 30% ziyolilar, 60% ishchi-xizmatchilar va 65% uy bekalari kundalik pidjakni, 33% talaba qizlar, 53% ziyolilar klassik kostyumni ma’qul ko‘rishdi.

2-rasm. Ustki kiyim silueti bo‘yicha diagramma
Kiyim silueti bo‘yicha, 70% talaba qizlar, 36% ziyolilar, 35% uy bekalari yopishgan, 50% ziyolilar, 60% ishchi-xizmatchilar, 55% uy bekalari nim yopishgan siluetdagi ustki kiyimlarni ma’qul ko‘rishdi.
Ustki kiyim rangi bo‘yicha kuz va bahor mavsumi uchun respondentlar orasida talabalarning 33% pushti, 17% qizil, ziyolilarning 27% kulrang, 17% ko‘k, ishchi-xizmatchilarning 30% kulrang, 15% ko‘k, uy bekalarining 20% pushti, 20% yashil ranglarni ma’qul ko‘rishdi.
Tahlillar natijasi bo‘yicha shunday xulosa qilish mumkinki, respondentlarning 33% klassik kostyum, 48% kundalik pidjak, 19% oddiy plashni xarid qilishlari ma’lum bo‘ldi. Ayollarning 43% yopishgan, 47% nim yopishgan, 10% keng siluetdagi ustki kiyimlarga bo‘lgan talablari yuqoriligi aniqlandi. Ustki kiyim rangi bo‘yicha respondentlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar va uy bekalari yorqin ranglarga (pushti, binafsha, oq, moviy), ziyolilar va ishchi-xizmatchilar sovuq ranglarga (kulrang, ko‘k, moviy) murojaat qilishlari ma’lum bo‘ldi.



3-rasm. Ustki kiyim rangi bo‘yicha diagramma
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 25-40 yosh oralig‘idagi ayollar uchun paxta+viskoza hamda paxta+bambuk tolali gazlamalardan ustki kiyimni loyihalashda asosan pushti va kulrang rangdagi nim yopishgan situetdagi klassik kostyum va kundalik pidjak tavsiya etiladi. Bunda o‘tqazma yengli, taqilmasi markaziy, relyef chokli, yoqasi adip qaytarmali va asos bilan yaxlit bichimli ayollar kostyumi e’tiborga olinadi.

    1. . Ayollar ijtimoiy holatini hisobga olib iste'molchi talablari tadqiqoti

So‘rovnoma orqali olingan natijalar asosida respondentlar ma’qul ko‘rishgan ustki kiyim ko‘rsatkichlari (silueti, bichimi, rangi va h.z) hamda, ularning yoshi, faoliyat turi orasidagi ozaro bog‘liqlik o‘rganildi.
Ishonchli natijaga erishish maqsadida, so‘rovnoma natijalarini tahlil qilish uchun maqbul usul ishlab chiqildi. Ushbu usulning birinchi bosqichida respondentlar faoliyat turi bo‘yicha guruhlarga ajratildi va ustki kiyimga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Pirson formulasi orqali χ2(xi) qiymat hisoblanadi [2]. Ushbu qiymat 2 ta ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash uchun asos hisoblanadi.
,
bu yerda:
n – respondentlar soni; nij – har bir katak chastotasi (respondetlar soni);
– buyum ko‘rsatkichlari bo‘yicha respondentlarning umumiy soni ;
– har bir faoliyat turi bo‘yicha respondentlar umumiy soni;
k1 – qatorlar soni (ni bo‘yicha); k2 – ustunlar soni (nj bo‘yicha);
i=1, 2, …, k1; j=1, 2, …, k2
Hisoblangan haqiqiy  (xi) qiymat, erkinlik darajasi d.f. = (k1–1)(k2–1) va ma’qullilik darajasi α (sotsiologik tadqiqotlar bo‘yicha α=0,05 qabul qilingan) bo‘yicha Pirson jadvalidan olingan kritik qiymat  bilan o‘zaro solishtiriladi.
Tanlangan ustki kiyim turi (klassik kostyum, kundalik pidjak, oddiy plash) va faoliyat turi (11 ta, bular talaba, oliy ta’lim o‘qituvchisi, kollej o‘qituvchisi, shifokor, savdo hodimi, uy bekasi va h.z.) orasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha qiymat hisobi  =84,5 ga teng bo‘ldi.
Ikkinchi bosqichda respondentlar faoliyatidan kelib chiqib, ular tanlagan kiyim silueti bo‘yicha olingan natijalar jadval shaklida ko‘rsatildi (1-jadval).
Hisoblangan haqiqiy  =183 qiymat, erkinlik darajasi d.f. = (11–1)(3–1)=20 va ma’qullilik darajasi α=0.05 bo‘yicha Pirson jadvalida kritik qiymat  =31,41 ni tashkil etdi. Bunda   >  ni e’tiborga olib, respondentlarning faoliyat turi va kiyim siluetining bog‘liqligi α =0,05 ko‘rsatkich darajasida ahamiyatli hisoblanadi
2.1-jadval

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling