Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
-rasm. Baxyaqatorni bajarish sxemasi
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
1.1-rasm. Baxyaqatorni bajarish sxemasi
Tadqiqot ko‘rsatdiki, ipning hamma varianti uchun 150 mm masofadan keyin olingan namunalarning chok mustahkamligi keyingilarga qaraganda ko‘p. Bu holat quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqadi: baxyaqator hosil bo‘lish jarayonida taxogramma yozuvi shuni ko‘rsatdiki, tikuv mashinasining motori va detallarining inersiyasi tikuv mashinasining ishlash tezligiipning strukturaviy o‘zgarishiga ta’siri 100 -130 mm dan keyin me’yorlashadi. I va IV uchastka oralig‘ida 100 mm da chok mustahkamligini kamaymshm qo‘llanilayotgan ipning turiga bog‘liq holda 18 dan 26 % gacha tashkil etdi. CHok mustahkamligini kam o‘zgarishi Z buramli ipda 2 dan 7% gacha tashkil etdi. Ikki buramli iplar uchun chok mustahkamligining kamayishi 7-11% ni tashkil etdi. Sun’iy kompleks iplar uchun chok mustahkamligi boshidan oxiriga tomon kamayishianiqlangan. Bu holatda baxya bajarish jarayonida ipga issiqlik ta’siri katta rol o‘ynashi aniqlandi. Tikuv mashinasi detallarini qizishi natijasida chok mustahkamligi 62N dan 45,8N gacha kamaydi. SHunday qilib, chok mustahkamligi ko‘rsatkichining o‘zgarishi baxya uzunligiga bog‘liqligi aniqlandi. CHok mustahkamligini baholashda qiyosiy natijalarni olish uchun 100 mm dan kam bo‘lmagan baxyaqator tikishda baxya uzunligi va tikuv mashinasi tezligi bir xil bo‘lishi kerak. Bizga ma’lumki, engil sanoat tarmog‘i respublikamiz daromad fondining asosiy ulushini tashkil etadi. Tez sur’atlarda taraqqiy etib borayotgan hozirgi zamonda Respublika iqtisodiyoti rivojiga o‘zining hissasini qo‘shish, mavjud bo‘lgan har bir soha oldidagi muhim masala sanaladi. Jumladan engil sanoat tarmog‘ining asosiy sohasidan biri bo‘lgan tikuvchilik sanoatida ham yangidan yangi izlanishlar olib borilmoqda va tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad esa milliy hom ashyodan unumli foydalangan holda sifatli va hamyonbop tikuv buyumlarini ishlab chiqarish, mamlakat ichki bozorini imkon qadar to‘liq ta’minlashdan iborat. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda dastavval bir qancha iste’molchi va iqtisodiy talablar o‘rganilib chiqiladi. Bu esa mahsulot sifatiga o‘zining ulkan ta’sirini ko‘rsatadi. Yangi assortimentdagi gazlamalarni ishlab chiqarishdan eng asosiy maqsad tannarxni pasaytirib sifatni oshirishdir. Tannarxi past, lekin sifati yuqori bo‘lgan gazlamalardan tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda foydalanish esa bevosita mahsulot tannarxining pasayishi va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Dissertatsiya ishida “Kimyoviy texnologiyalar” va “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” kafedralari tomonidan tayyorlangan modifikatsiyalashgan gazlamalarning fizik va mexanik ko‘rsatkichlari keyingi bo‘limda tadqiq qilindi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling