Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Ish tuzilmasining tavsifi. I.TADQIQOT NATIJALARINING TANQIDIY TAHLILI
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya ishida qo‘yilgan vazifalarni echishda nazariy va tajribaviy usullardan foydalanildi. Tadqiqotlar zamonaviy o‘lchov asboblari va tajribani matematik rejalashtirish usullarini qo‘llagan holda amalga oshirildi. Tajribaviy namunalar va ulardan liboslar TTESI “Kimyo texnologiyasi”, “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida ishlab chiqarildi. Gazlamaning fizik mexanik xususiyatlari «CENTEX.UZ» sinov va sertifikatlashtirish laboratoriyasida aniqlandi. Tajribalar hajmi ilmiy-tadqiqot talablarida belgilangan miqdorda bajarilib, natijalar xatolik qiymati 3-5% dan oshmagan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha tabiiy ipak oqsillari bilan modifikatsiyalangan va kuchsiz ishqorli eritmada pardozlangan, tanda va arqoq iplari paxta-viskoza tolali, sarja to‘qilishli, yuza zichligi 230 g/m2 bo‘lgan gazlama ayollar kiyimini loyihalash uchun tavsiya etildi. Ish tuzilmasining tavsifi. I.TADQIQOT NATIJALARINING TANQIDIY TAHLILI 1.1.Yangi strukturali gazlamalarni ishlab chiqarish holati va ayollar kiyimini yaratish istiqboli Mustaqillik yillarida Respublikamiz engil sanoat xodimlari oldiga ma’suliyatli vazifalar, nafaqat ichki bozorni shuningdek, chet el talablariga javob bera oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish qo‘yildi. Sifatli mahsulotlar hajmini oshirish bilan birga kiyim va boshqa engil sanoat mahsulotlarini assortimentini hilma-xilligini oshirish masalasi ham engil sanoat soxasi oldidagi vazifa hisoblanadi. To‘qimachilik sanoatida yangi tolalar kashf etishdan ko‘ra mavjud tolalar asosida yangi assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq iqlim sharoitiga mo‘ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak bo‘lgan aralash tolali matodan ayollar ustki kiyimining yangi modelini yaratishga pardozlash texnologiyasi ta’sirini o‘rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi qimmatbaho turdagi paxta, ipak, va arzon nitron, viskoza tolalarini ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda jahonda aralash tolali matolarga bo‘lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar o‘zida tabiiy tolaning gigienik xossalarini va kimyoviy tolalarning o‘ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi [1]. Zamonaviy moda yo‘nalishi talablariga javob beradigan kiyimlarni hilma-xilligini kengaytirish avvalo, ularga ishlatiladigan gazlamalarning hilma-xilligiga bog‘liq. Bu qator engil sanoat buyumlarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasiga bag‘ishlangan adabiyotlarda qayt etilgan. Dissertatsiya ishi mahalliy hom ashyolardan foydalanib aralash tolali gazlamalardan kiyim loyihalash va ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ishning adabiyot taxlili ikki guruh manbalarini o‘rganishga bag‘ishlangan: engil sanoat buyumlarini loyihalash va ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga oid adabiyotlar; zamonaviy moda yo‘nalishi talabiga javob beruvchi kiyimlar uchun yangi tarkibli matolar yaratishga oid adabiyotlar. Kiyimlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, loyiha ishlarining nazariy asoslari, kiyim loyihalash sifatining baholash omillari ko‘plab respublikamiz va horijiy mamlakatlar olimlarining ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan [3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11]. Bu ishlarda kiyimning yangi modellarini yaratishda qo‘llaniladigan zamonaviy loyihalash usullari, konstruksiyani mukammallashtiradigan texnik modellash asoslari yoritilgan. O‘zbekiston iqlimiy sharoitiga mos har xil tana tuzilishiga ega qomatlarga mo‘ljallangan. Turli matolarni hususiyatlarini konstruksiyada hisobga olish yo‘llari tavsiya etilgan. Tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar ularning assortimenti, hossalari va sifatini baholash usullari, yakka tartibda kiyimlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi matolarni turlari, masalalari ko‘plab horijiy olimlar tomonidan yaratilgan. Rus olimlaridan V. I. Bajenovning “Materialы dlya shveynыx izdeliy” kitobida [12] tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalarni tasnifi, hossalari va ularni aniqlash uslublari keltirilgan. Tayyor buyumlarni nimaga ishlatilishiga bog‘liq ahamiyatli hossalari va ularni standart ko‘rsatkichlariga alohida ahamiyat berilgan. B.A.Buzov, T.A.Modestova, N.D.Alыmenkovalarning “Materialovedenie shveynogo proizvodstva” darsligi ham tikuvchilik materialshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tikuvchilik korxonalarida ishlatiladigan xom ashyolarning tasnifi, hossalarini aniqlash uslublari va uskunalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan [13]. YU. V. Dodonkin, S. N. Kiryuxinlarning “Assortiment svoystva i otsenka kachestvo tkani” [14] o‘quv qo‘llanmasida gazlamalarning assortimenti, hossalari va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullariga bag‘ishlangan. Gazlamalar assortimentining turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflashga alohida e’tibor qaratilgan. Gazlamaxossalari va sifatini baholashda qo‘llanadigan uslub va asboblar to‘g‘risida keng ma’lumotlar keltirilgan. K. G. Guhina va boshqalar tomonidan yaratilgan “ Ekspluatatsionnыe svoystva materialov dlya odejdы i metodы otsenki ix kachestva” ma’lumotnomada kiyim kechak uchun ishlatiladigan materiallarning ekspluatatsion hossalari to‘g‘risida va ularni sifatini baholashga oid ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan [16]. Respublikamiz olimlaridan S. SH. Toshpo‘latovning “Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning yuqori samarali resurstejamkor texnologiyasini yaratish “ [17] mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatining taxlilidan quyidagilarni qayd etish mumkin:yaxlit bichilgan kiyim detallarini qo‘llab, texnologik jarayon operatsiyalarini xom ashyo sarfini va boshqa xarajatlarni kamaytiruvchi, yuqori samarali resurs tejamkor texnologiya asosida yuqori sifatli tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini yaratish qo‘yilgan;yaxlit bichilgan kiyim detalining shakl saqlash hususiyatini aniqlash usuli yaratilgan. Gazlama va paket hususiyatlarini, xususan gazlama bikrligini aniqlovchi yangi analitik usul ishlab chiqilgan. SHakl hosil qilish jarayonida gazlamaning to‘rsimon strukturasini tarang deformatsion holatini hisoblash uslubi va boshqalar asoslangan. U. T. Mo‘minovaning “Go‘dak yoshidagi bolalar to‘plamlarini kompleks loyihalashtirish jarayoni uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich axborot tuzilishning ishlanmasi” [18] mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatida iste’mol vaziyatlarini madellashtirish asosida bolalar buyumlarining ratsional garderobini jamlash uslubi ishlab chiqarilgan. Bola rivojlanishining fiziologik omillarini nazarda tutgan holda bolalarni yoshiga ko‘ra davrlashtirish shkalasi ishlab chiqilgan. Go‘dak yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan paxta gazlamalaridan choyshapbop matoning yangi turi ishlab chiqilgan. Bu gazlamaning o‘ziga hosligi ishlatish jarayonida ho‘llanish va ishqalanish natijasida yaroqsiz bo‘lishi aniqlangan. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida matoning eni bo‘yicha o‘rta qismidagi tanda iplarining zichligini ko‘paytirish chet qismlarida esa yuklama kam bo‘lganligi uchun kamaytirilgan. Buning hisobiga choyshapbop gazlamalarni ishlatish 1 matoni og‘irligini ko‘paytirmasdan muddat uzaytirilgan.Bu tadqiqotlardan tikuv buyumlarini nimaga ishlatilishiga qarab yangi tarkiblarini ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy tadqiqot ishida [19] mudofaa vazirligi xarbiy hizmatchilari uchun mustaxkamligi baland gazlamalarni yangi tarkibini yaratish va tadqiqot qilishga bag‘ishlangan ishni tahlilidan ham ko‘rish mumkin. Bu ishda askarlar ko‘ylagi uchun mustaxkamligi yuqori bo‘lgan aralash paxta bilan lavsan tolalaridan ipni arqoq sifatida qo‘llanilgan. Tanda ipini esa sof paxta tolasidan olinib, satin o‘rilishi bilan to‘qilgan matoni ximik xususiyati ham yaxshilangan ya’ni, to‘qimani yuza qismi aralash ipdan tashkil topib, bevosita inson tanasiga yaqin bo‘lgan qismi sof paxta ipi tashkil etadi. Kiyim iste’molchilari tipologizatsiyasi va marketing axborotlari tizimi asosida kiyim ratsional assortimentini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqarishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishida [20] avtomatlashgan loyihalash usullarini qo‘llagan holda egiluvchan ishlab chiqarish sharoitlarida turli iste’molchilar guruhlari talab istaklarini to‘liq va differension qamrovini hisobga olish imkonini berdi. Nazariy va tajribaviy izlanishlar asosida O‘zbekiston ayollarini turli guruh iste’molchilari uchun kiyim ratsional assortimentining shakllanish qonuniyatlari asoslandi va matritsaviy tamoyillarini qo‘llagan holda kiyim modellari sanoat kolleksiyasini loyihalash uslubi taklif qilindi. Kiyim ratsional assortimentini shakllantirish uchun avtomatlashtirilgan dastur kompleksi ishlab chiqildi. Gazlama tuzilishi va uni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab jarayon bo‘lib, uni takomillashtirishga rus, ingliz, nemis va Respublikamiz olimlarining ko‘plab tadqiqotlari bag‘ishlangan. Professor N. G. Novikov [22] tadqiqotlari to‘qima xossalariga, uni tuzilishini aniqlovchi omillarni ta’siriga bag‘ishlangan bo‘lib, keyinchalik to‘qima tuzilishi nazariyasining asosi bo‘lib qoldi. Bolgar va rus olimlari hamkorligida yozilgan kitobda [23] ular tomondan ishlab chiqarilgan to‘qimani zamonaviy loyihalash usullari bilan bir qatorda, garbiy Evropa olimlari, germaniyalik D. J. Morfi, italiyalik B. Bonn, ingliz olimi E. Ermetejd va boshqalarning to‘qima tuzilishiga oid nazariyalari tahlil etilgan. To‘qima tuzilish nazariyasiga rus olimi O.S. Kutepov, V.P. Sklyannikov, A.A. Martыnova va boshqalar, mamlakatimiz tadqiqotchilaridan N. O‘rozov, E. SH. Alimbaev ishlarida gazlamalarning tuzilishi va yangi turlarini loyihalashtirish nazariyalarini tahlili keltirilgan. Turli gazlamalarni xossalariga to‘qima tuzilishini aniqlovchi omillarni ta’siri Respublikamizdagi qator olimlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. Bunda gazlamalarda tanda va arqoq iplarni siljishga bardoshligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Mualliflarning nazariy tadqiqotlari natijasida gazlamalarda iplarni siljishga bardoshlik xususiyatini oshirish maqsadida o‘ramali “Ajur” o‘rilishdan foydalanish tavsiya etilgan. To‘qimalarning o‘rilishlari ularning tuzilishini hamda foydalanishdagi xossalarini belgilaydi. K.A. Korochkin va boshqalarning tadqiqot ishlarida [24] to‘qima o‘rilishlarini uning xossalariga ta’siri o‘rganilgan. Unda sarja o‘rilishida iplar eng kam kuchlanish holatida bo‘lishi, iplar qisqarishi, to‘qimaning yuza zichligi, qalinligi, havo o‘tkazuvchanligi tahlil qilingan. Arqoq bo‘yicha zichlashgan to‘qimalar tahlili natijalari keltirilgan V.S. Bashmetov va boshqalarning tadqiqotlari [25] yuqori zichlik bilan to‘qilgan matolarning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Unda taxtlash ko‘rsatkichlarini maqbullash va tayyorlash - arqoq iplari tuzilishiga mos holda bo‘lishi tavsiya etilgan. Yangi assortimentni yaratishda to‘qima tuzilishi ko‘rsatkichlarini tanlash katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular to‘qima xossalarini, tashqi ko‘rinishini va ishlab chiqarish sharoitlarini belgilaydi. N.A.Federenkoning to‘qima tuzilishini baholashga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarida [26] tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi, o‘rilishi, to‘qima zichligi kabi to‘qima tuzilishini aniqlovchi asosiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi ta’kidlangan. To‘qima tuzilishining geometrik nazariyasi va loyihalashni analitik bog‘liqliklari asosida - to‘qima tarkibi maqbulligini baholash mumkinligi ko‘rsatilgan. To‘qimachilik matolarining o‘ziga xos xususiyatlari (geometrik, fizik, mexanik, kimyoviy) va sirt ko‘rinishining o‘zgarishida tanda va arqoq iplarining tolaviy tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Matolarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash maqsadida tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmasidan ishlab chiqarilgan iplardan foydalaniladi. Dissertatsiya ishida [27] zamonaviy yuqori sifatdagi texnologiyani qo‘llab tabiiy ipak chiqindilarini turli xil eritmada erish jarayonining ilmiy asosi ishlab chiqilgan. Ilmiy tadqiqot ishida tabiiy ipak oqsillari bilan modifikatsiyalangan va kuchsiz ishqorli eritmada pardozlangan paxta nitron tolali, polotno to‘qilishli, yuza zichligi 230 g/m2 bo‘lgan gazlama xususiyatlarini e’tiborga olib, kiyimni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling