Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili


Kiyim tayyorlash texnologiyasi xolati va rivojlanish istikbollari


Download 1.65 Mb.
bet4/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1624683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча

1.2. Kiyim tayyorlash texnologiyasi xolati va rivojlanish istikbollari


  • Zamonaviy tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi borgan sari mexanizatsiyalashib, uning samaradorligi birinchi navbatda qo‘llaniladigan asbob-uskunaga bog‘liq: cho‘ntak, kamar tutgichlar, belbog‘larni yig‘ish uchun ikki ignali mashinalar; furniturani tikish uchun yarim avtomatlar; dazmollash liniyalari. Ular texnologik bug‘ni uzatish va vaakumli so‘rib olish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, detallar elim bilan ishlov beradigan ko‘p pozitsiyali presslardan tashkil topadi.
    Ma’lumki, kiyim detallarini biriktirish va uning chetlariga ishlov berish uchun (etak, bort, yoqa va boshqalar) ipli, elimli va payvand choklar qo‘llaniladi. Mashina choklarini hosil qilish uchun tikuvchilik iplarining ikki xil ko‘rinishdagi o‘rilishishi (chalishishi) ishlatiladi – mokili – zanjirli. Kiyim detallarini ipli biriktirish, mashina choklarining hosil bo‘lish tamoyillari va xususiyatlarini tadqiq qilish masalalari bilan Rossiyaning qator olimlari [28-33] shug‘ullanganlar. Ular tomonidan mokili bahyaqatorlarni tortilishida paxta tolali iplarning tarangligi, biriktiruvchi chokli ikki ipli zanjirli bahyaqatorni tortishlari hamda igna bilan materialni teshishda ta’sir qiladigan kuchlarning sxemasi batafsil o‘rganib chiqilgan.
    Mashina choklarini tanlashda odatda, u yoki bu bahyalar orqali hosil qilingan choklar, mustahkamligi, elastikligi, so‘kilishi va chokdagi bahyaning tortilganlik darajalari taqqoslanadi.
    Mashina bahyaqatorlarning sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: muayyan uzunlik birligidagi bahyalar soni, ko‘pincha 10 mm hisobida (yoki bahya uzunligi), bahyaqator chizig‘ining tekisligi, bahyaqatorni bajarishda igna bilan materialni tortilish darajasi, ishqalanishga nisbatan bahyaqatorlardagi mato ipini sijishi, bahyaqatorlar mustahkamligi va bahyaqatorlardagi iplarning uzayishi kabilar.
    Kiyim detallarini biriktirish texnologik jarayonida sintetik tikuv iplarining ta’siri, tikuvchilik iplarning mustahkamligini o‘rganish masalalari bilan P. P. Koketkin, T. N. Kocherugova va boshqalar shug‘ullanganlar [34].
    Sintetik tikuvchilik iplarining yuqori darajadagi cho‘ziluvchanligi (paxta tolali iplarga nisbatan 2-4 marta ko‘proq) choklarning yuqoriroq cho‘ziluvchanligini ta’minlaydi. Sintetik iplarning yuqori cho‘ziluvchanligi, deformatsiyaga moyilligi texnologik jarayonlarda ularga alohida e’tiborni talab qiladi, ularning mashinadagi tarangligi paxta tolali iplarga nisbatan bo‘shroq bo‘lishi zarur.
    Qalinlik – tikuvchilik iplarining muhim texnologik parametri hisoblanadi. Tikuvchilik iplarining qalinligini (t1 mm) chiziqli zichligiga (T) bog‘liqligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
    paxta tolali iplar uchun:

    sintetikiplaruchun:

    armirlangan iplar uchun:

    Kiyimni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tikuvchilik iplarining qalinligi 0,14 – 0,71 mm ni tashkil qiladi. U ip turiga bog‘liq. Armirlangan iplarning qalinligi shu chiziqli zichlikka ega paxta tolali iplarga nisbatan 0,02 – 0,03 mm ko‘proq bo‘ladi.
    Tikuv mashinalarida ishlash jarayonida iplar mustahkamligini yo‘qotilishi – ko‘p miqdordagi uzilishlarning sabablaridan biri hisoblanadi. Qator mualliflarning ishlarini [35] o‘rganish natijasida biriktirishning texnologik parametrlari va material turiga qarab, uch qo‘shimli o‘ng o‘ramli paxta tolali ipning mustahkamligini yo‘qotilishi 2-31% ni tashkil qilsa, chap o‘ramli – 5-45%, kompleks lavsan iplarniki – 11-40%, armirlangan iplar uchun – 1-28% ni tashkil qilishining bog‘lanishi o‘rnatilgan.
    Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasida material turiga ko‘ra tikuvchilik iplari va ignalarini tanlash muhim omil hisoblanadi.
    Mualliflar [36, 37] tomonidan paxta tolali, lavsan va armirlangan iplarning chiziqli zichligidan kelib chiqqan holda iplarning tarangligi va ignalar parametrlari o‘rnatilgan va tavsiya qilingan.
    Umumiy holda, igna nomeri N ni ipning chiziqli zichligiga T bog‘liqligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
    N=1.9T+A
    Bu erda: A – ipning tuzilishini hisobga oladigan to‘g‘rilash koeffitsienti, u armirlangan, paxta tolali va lavsanli iplar uchun 40, 30, 25ga teng.
    Tajriba – sinovlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, igna iplarni ratsional tanlashning eng muhim parametri sifatida igna quloqchasining kengligi va chiziqli zichlik o‘rtasidagi muayyan munosabat borligi aniqlandi.
    K=v/t
    Tikish jarayonida o‘rnatilgan iplarning mustahkamligini jadal kamayishi R % va K kamchiligi o‘rtasida quyidagicha bog‘lanish aniqlandi:

    Barcha turdagi iplar uchun K>1.4 bo‘lgan holda, (paxta tolali, lavsan, armirlangan) iplarning tikish jarayonida mustahkamligining keskin pasayishini oshishi kuzatiladi; K>1.6 bo‘lganda, ipning mustahkamligi barqarorlashadi va igna nomerini keyingi o‘zgarishi ularga unchalik ta’sir o‘tkazaymaydi. Igna qulog‘i kengligi va ipning chiziqli zichligi o‘rtasidagi maqbul munosiblik sifatida K=1.4-1.6ga teng bo‘lishi qabul qilinadi.
    Engil sanoat ishlab chiqarishning yakuniy mahsulotlarining ko‘pchilik qismini kiyim tashkil qilib, bunda assortimentning sifati va tuzilishi ko‘p jihatdan aholining shahsiy ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‘liq. Adabiyotlar tahlili [44, 48] va engil sanoatining boshqa sohalaridagi tajribalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mahsulotning sifatiga loyiha ishlanayotgan paytda asos solinib, uning tayyorlanishida ta’minlanadi va ekspluatatsiyasi jarayonida ushlab turiladi. Loyihalash va tikish texnologiyasi buyumni ishlab chiqarish sexidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanib, u bo‘lajak mahsulotning sifatini belgilash bilan birga uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning iqtisodiy samaradorligini belgilab beradi.
    Tikuvchilik ishlab chiqarishni takomillashtirish yuqori unumdorlikka ega asbob-uskunalarni, oqim liniyalarini, kiyimni konstruksiyasini avtomatlashtirilgan loyihali tizimlarini tadbiq etish orqali yuqori talab darajasiga ega va o‘zining ko‘rsatkichlari bo‘yicha zamonaviy namunalarga javob beradigan buyumlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
    Tikuv buyumlarining assortimenti tikuvchilik sanoati xom-ashyosi bazasining assortimentini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash hisobiga tikuv buyumlari assortimentini yangilashga erishish mumkin: jun, paxta tolali matolar, kimyoviy tolalar va ularning aralashmasidan bo‘lgan noto‘qima materiallar va trikotaj, to‘qima va trikotaj asosli sun’iy mo‘ynalar, velvet va duxoba sifat matolar, paxta tolali djinsi matolar, sun’iy va tabiiy charm, velyur, poliamid elim qoplamali qotirmalik materiallar, termoplastik elimli materiallar, elim o‘rgimchaksimon to‘r, elim iplar, elim qoplamali zonali qotirmalar.
    SHu bilan birga respublikamizdagi iqlim sharoitlarini hisobga olib turli xil, shaklni saqlovchi, aralash tolali gazlamalardan tikuv buyumlarini ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Biroq, aralash tolali gazlamalardan, jumladan paxta nitron tolali gazlamadan tikuv buyumlarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish masalalari etarlicha tadqiq qilinmagan.


      1. Download 1.65 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling