Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
Kiyim tayyorlash texnologiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
1.3. Kiyim tayyorlash texnologiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Kiyimlarni ishlab chiqarishda ipli birikmalarning mo‘ljallanishi va ularga nisbatan qo‘yiladigan turlitalablarni hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mo‘ljallanishiga ko‘ra ipli birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1.Ekspluatatsiya jarayonida kiyimlarda katta kuchlar ta’sirida bo‘ladigan biriktirma choklar (elka, yon choklar va boshqalar). 2. Kiyimni ekspluatatsiya qilish jarayonida unchalik katta bo‘lmagan kuchlar ta’siri ostidagi biriktirma choklar (bort chetiga ishlov berishdagi ag‘darma chok; bort, yoqa, qopqoq chetlaridagi bezak bahyaqatorlar va boshqalar). 3. Tashqi kuchlar ta’siri ostida bo‘lishi ko‘zda tutilmagan bahyaqatorlar (bezak bahyaqatorlar, kashta va boshqalar). Ipli birikmalarning vazifasi va ta’sir qilayotgan kuchlarning kattaligining turli-tumanligi evaziga ipli birikmalarning maqbul sifat ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Masalan, birinchi holda ipli birikmalarning yuqori darajadagi mustahkamligiga erishish zarur bo‘lsa, ikkinchi holda uzish kuchi kamroq bo‘lib, bunda ipli birikmalarning uzoq muddatga chidamliligini oshirish kerak bo‘ladi. SHunday qilib, turli xil choklarni bajarishda ipli birikmalarning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi shart. Ipli birikmalarning mexanik xususiyatlariga choklarning konstruksiyasi, materialdagi chok haqqi, chokdagi bahyalar soni hamda bahyani hosil bo‘lishidagi texnologik rejimlar ta’sir qiladi: chok chastotasi, ipning ko‘rinishi va tarangligi, tikish janayonida biriktirilayotgan materiallar va ip mustahkamlining susayishi kabilar. Ipli birikmalarni bajarish paytida, uzish kuchi orqali ularning mustahkamligini aniqlashga erishish lozim. Ayniqsa, kiyimni ekspluatatsiya qilishda, katta cho‘zilish kuchlari ta’sirida bo‘ladigan kiyim detallarini biriktirishda qo‘llaniladigan ipli bahyaqatorlar va choklarning mustahkamligi katta ahamiyatga ega. SHuning uchun muayyan kiyim turi bo‘yicha chokning maksimal darajadagi mustahkamlikka erishish muhim texnologik vazifalardan biri hisoblanadi. Biriktiralayotgan materiallarning mustahkamligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda birinchi navbatda ipli birikmali chok emas, balki kiyimni kiyishga nomuvofiqligini keltirib chiqaradigan yoki uni ta’mirga talab qilib qo‘yadigan materiallarning emirilishi sabab bo‘ladi. SHu bilan birga material mustahkamligini oshirishga olib keladigan choklarning bajarilishi, ulardan tayyorlanadigan kiyimga sarf-harajatlarni ko‘payishiga olib keladi. CHokning samaradorligi yoki faydali ish koeffitsienti (FIK) ni xarakterlashda quyidagi foizdagi munosabatdan foydalaniladi. bu erda: – chok va materialning uzish kuchi. Ipli birikmalar va choklarning uzilish kuchi qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun uzilish kuchini o‘zgartirilishi mazkur omillardan biri yoki ularning birikmasini o‘zgarishi orqali erishiladi. Ipli birikmalarning uzilish kuchiga ipning mustahkamligi, bahyaqatordagi bahyalar uzunligi (chok chastotasi), chok ko‘rinishi va biriktirilayotgan materiallar qavatlari soni, bahyalardagi ipning tarangligi, biriktirilayotgan materiallar qavatlari soni, bahyalardagi ipning tarangligi, biriktirilayotgan materiallardagi tanda yoki arqoq iplarning o‘zgarishi katta ta’sir o‘tkazadi. Ipli birikmalarning uzilish kuchiga ipning mustahkamligi yuqori darajada ta’sir qiladi. Biroq, iplrning mustahkaligini aniqlashda uning tikuv mashinasida mashina detallariga ishqalanishi va ignaning yuqori qizish harorati bilan ta’sir qilishini hisobga olish zarur. Tikuv mashinasi ishlaganida yuqori ip mustahkamligi mashinaning yo‘naltiruvchi detallariga ishqalanishi, igna sanchiladigan materiallar va ostki ip bilan bahya hosil bo‘lishidagi ishqalanish hisobiga pasayadi. Ip mustahkamligini yuqori darajada pasayishi mokimon bahyaqator hosil bo‘lishda ro‘y beradi, chunki bu holda yuqori ipning tarangligi yuqori bo‘ladi, ya’ni chalishish tugunini biriktirayotgan material orasida tortishishi hamda yuqori kattalikka ega urilish kuchlarining ta’siri ostida bo‘ladi. Iplarning mustahkamligini pasayishi ularning tuzilishi (bir buramliga nisbatan ikki buramli paxta tolali iplarning mustahkamligini pasayishi 5-8% ga kamroq), chok chastotasiga bog‘liq bo‘lib, chok mustaxkamligining oshishi ip mustahkamligini pasayishiga olib keladi. Ip mustahkamligini pasayishi biriktirilayotgan materiallarning zichligi, bikrligi va qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling