Mundarija: kirish


Hududiy jihatdan tarkiblash


Download 0.75 Mb.
bet6/15
Sana09.11.2021
Hajmi0.75 Mb.
#172566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)

Hududiy jihatdan tarkiblash. Miliiy iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatlari boʼyicha iqtisodiy rayonlarga, maʼmuriy – boshqaruv tumanlariga boʼlib oʼrganiladi.

Maʼmuriy–iqtisodiy aloqadorliklari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi hududiy tarkibiga Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri kiradi.

Har bir hudud oʼzining tarixiy – iqtisodiy imkoniyatlari, tabiiy geografik sharoitlari, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiiy resurslari oʼzaro bogʼliqligi jihatidan iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi.

Milliy iqtisodiyot infratuzilmasi. Bunda milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi sohalar oʼrganiladi. Infratuzilmaning quyidagi koʼrinishlari mavjud:



  1. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonini bir maromda davom etishini taʼminlashdir. Masalan: yuklarga xizmat koʼrsatish, yuklarni yetkazib berish. Ishlab chiqarish infratuzilmasi 2 ta iqtisodiy jarayonga xizmat qiladi:

birinchidan, ishlab chiqarish jarayonini samarali boʼlishiga xizmat qiladi;

ikkinchidan, milliy iqtisodiyotdagi mehnat resurslari faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

2. Ijtimoiy infratuzilma – aholining hayot tarzini yaxshilash bilan bogʼliq jarayonlarni bajaradigan tuzilmadir. Zamonaviy milliy iqtisodiyotda uning ahamiyati oshib boradi va uning asosiy vazifasi aholininig hayot ntel darajasini yuqori choʼqqilarga olib chiqish hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma milliy iqtisodiyot ishlab chiqarishni asosiy iqtisodiy resurs – mehnat resurslari bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi.

3. Bozor infratuzilmasi – milliy iqtisodiyot birliklari toʼplami boʼlib, bozor faoliyatiga va uning rivojlanishiga xizmat qilishi koʼzda tutiladi. Bu infratuzilma iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatini taʼminlovchi turli tashkilot va tizimlardan tashkil topgan.

Bozor infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:

1) savdo tashkilotlari;

2) birjalar;

3) bank tizimi;

4) transport xizmati tizimi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibi. Bu tizimga tashqi savdo, import va eksport faoliyatidagi yuzaga keladigan jarayonlarni kiritish mumkin.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling