Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
27
28 chiqishi asosida turli ilmlarning insoniy ehtiyoj natijasida kelib chiqganligini ta’kidlaydi. Asarda tog’, suv, quruqlikning umumiy tuzulishi, Xorazmning ilgari suv ostida bo’lgan shahrining joylashgan geografik kengligi, iqlimning yunoncha o’lchovi oy tutilishining sabablari qaqida ma’lumot beradi. Beruniy o’zining "Xindiston" asarida hindlarning diniy e’tiqodlari, kitoblari haqida, she’r va grammatikasi, ilmiy kitoblari, astronomiya ilmi, o’lchov asboblari, yozuv tarixi, po’stlokda xat yozish, Samarqandda qogoz-ishlash sanoatining bunyod etilishi, raqamlar, hindlarning odatlari, diniy jug’rofiyasi, Hindistonga yondosh okean va quruqliklar hind yil hisobi orol va dengizlarning qisqacha nomlari, xind daryolari, yerning shar shaklida ekanligi ko’rinishidagi xind astranomlari fikrlari, Toshkent nomining kelib chiqishi haqida keng ma’lumot berib, xind jamiyati tuzilishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, uning yozishicha hind jamoasi braxmanlar, ashtariylar, vaishya va shudralardan iborat. Ichkilik ichish shudralar uchun gunox hisoblanmaydi. Hindlardagi nikoh oilaviy marosimlar, merosxo’rlik masalalari ham kitobda yoritilgan. Nikoh bolalik chogidayoq ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. Erkak 4 tagacha xotin olishi mumkin. O’lik kuydiriladi. Astrologiya ilmining rivojlanganligi xaqida ham ma’lumotlar mavjud. "Konuni Mas’udiy" asarida o’sha zamon astronomiyasi yutuqlarga tayangan xolda, olamning shar shakliga ega ekanligini, uning harakatda ekanligi, "quyi olam" ning tuproq, xavo, suv va olovdan iborat ekanligi, yer ana shulardan tarkib topganligi, markazga intiluvchan va markazdan qochuvchan qismlar, yerning yetti sayyoradan tashkil topishi, Quyosh olam markazi bo’lib, barcha sayyoralarning ahvol va harati uning harakatiga bog’liqligi, Yer, Merkuriy, Zuhra quyi sayyoralar, Quyoshga eng yaqin joylashgan sayyoralar Mars, eng uzog’i Saturn, ular o’rtasida esa Yupiter joylashganligi haqida ma’lumot beradi. Kitobda astrolobdan foydalanib shaharlarning o’rnini aniqlashga bag’ishlangan katta jadval ham mavjud. Masalan, unda Samarqandning 48-20 C uzunlik va 40-30 C kenglikda joylashganligi, Buxoroning 87-30 C uzunlik va 35-20 C kenglikda joylashganligi qayd etilgan. Yana Samarqandning nomi haqida 29 gapirilib uning turkcha Quyosh shahri ma’nosini anglatishi izoxlanadi. Bu kitobning ahamiyati shundan iboratki, Beruniy o’zidan oldin o’tgan olimlarning astranomiyaga oid fikrlarini umumlashtirib, yakka ilmiy ma’lumotlar bilan to’ldirgan. Beruniy "Minerologiya" (Kitob-ul-javohir fi ma’rifatul-Javoxir) "Qimmatbaxo toshlarni tanlamoq uchun ma’lumotlar to’plami" nomli asarida qimmatbaxo toshlarni tanishdan boshqa yana falsafiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlarini bayon qilgan. Asarning boshida olim insonning fazilatlar har qanday boylikdan ulug’ ekanligini qayd etib o’tgan. Uning fikricha, inson eng oliy janob fazilatlar egasidir. Yaqin dusti bor kishi chinakkam baxtiyordir. Ana shunday chin, haqiqiy do’st kishida faqat bitta bo’ladi. Bundan ortiq bo’lishi mumkin emas. Olim, boshqa do’stlarning ko’p yo oz bo’lishi odamning molu davlati, kishilarni o’ziga jalb eta olish qobiliyatiga bog’liq ekanligini kinoya bilan qayd qiladi. Pedagogning fikricha, kishi hamma vaqt yaxshilik qilishga intilishi, agar bu qo’lidan kelmasa, yaxshi tilaklar is’hor eta bilishi lozim. Insoniy sifatlardan eng muhimlari tozalik va tartiblilikdir. Kishi go’zal kiyinishi, o’z ro’ziyatiga yoqadigan ish bilan shug’ullanishi lozim. Insonning chehrasi chiroyli, qaddi qomati kelishgan bo’lsa, unga qaraganda ko’ngil shodlanadi, ruhiyat yaxshilanadi. Uning nomi ham jarangdor bo’lishi kerak. Uning ma’lumot berishicha ilgarilari elchilikka chiroyli, kelishgan, nomi jarangli kishilar tanlangan. Agar ismi shunday bo’lmasa, boshqa nom berilgan. Beruniy insonning tashqi qiyofasini o’zgartirib bo’lmaydi, biroq uning ichki qiyofasining ma’naviy dunyosini o’zgartirish mumkin deb hisoblaydi. Agar kishi o’z xirsidan, jaxlidan ustun tura olmasa, deb uqtiradi u, o’zida faqat yaxshi xislatlarni tarbiyalay oladigan bo’ladi. Beruniy o’z pedagigik qarashlarida shan va g’urur, yaxshilik va yomolik, adolat va xonadon, go’zallik va xunuklik kabi axloqiy kategoriyalarni izoxlash bilan barobar, bunday axloqiy sifatlar ta’lim davomida sindirilishini alohida uqtiradi. Uningcha bunday ta’lim davomiy, ko’rgazmali (isbotli), maqsadli aniq tizim asosida olib borilishi lozim. Yoshlarning tarbiyasida esa asosiy rolni mehnat 30
nodonlikdan halos qila oladi. Beruniy o’z pedagogik qarashlarida turli millat vakillari, insonlar o’rtasidagi do’stlik g’oyasini ham qo’llab quvvatlaydi, bunday do’stlik "xayotning qimmatbaxo nematlari" deb baholaydi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling