Mundarija: Kirish: Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I bob. Xulq-atvor haqida umumiy tushuncha


Xulq-atvor nazariyasi (yoki bixeviorizm nazariyasi)


Download 47.8 Kb.
bet5/11
Sana11.11.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1766333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mundarija Kirish Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I -fayllar.org

1.2 Xulq-atvor nazariyasi (yoki bixeviorizm nazariyasi)
Jon Uotson 1913-yilda “Bixeviorizm” atamasini qo’lladi. Bixeviorizmning maqsadi xulq-atvorni yuzaga keltirgan stimulni hamda natijani (taqdirlash, jazolash yoki neytral effekt) ning o’zaro munosabatini tushuntirishdan iborat5.
Klassik bixeviorizmning markaziy xulosasi quyidagilardan iborat psixik taraqqiyot bolaning hayoti davomida sodir bo’lib, asosan ijtimoiy muhitdan bog`liq bo’ladi. Bolaning rivojlanishini o’rganuvchi tadqiqotlarda asosiy e`tibor, o’rgatishga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi ya`ni stimullar o’rtasidagi aloqani hosil bo’lishi va ular asosida yuzaga keluvchi reaktsiyalar sharoitini o’rganishga qaratilgan. Muhit bolaning bevosita jismoniy qurshovi olami aniq hayotiy vaziyatlardan hosil bo’luvchi sharoit sifatida o’z navbatida kuzatuvchilar zanjiriga bo’linishi mumkin va zarur bo’lgan turli stimullar yig`indisidan iborat bo’lgan vaziyat sifatida ko’rib chiqilgan. SHu tarzda, muhit ta`siri stimullar yig`indisi bolaning rivojlanish xarakteri va xulq-atvor mazmunini aniqlaydi.
Hozirga qadar klassik asoslashning mexanizmi insonning psixik rivojlanishida asosiylardan biri bo’lib hisoblanmaydi lekin uning ta`siri xulq-atvorning u qadar murakkab bo’lmagan ba`zi shakllari bilan chegaralangan. Klassik asoslash respondent xulq-atvorini shakllanishiga olib keladi ya`ni har doim mavjud bo’lgan ma`lum stimullarga nisbatan o’ziga xos javob reaktsiyalarini hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Masalan, igna bilan ukol qilganda qo’lni tortib olmoq. Dj. Uotson yondashuvining zaifligi shundaki, klassik asoslashda individ repertuarida avval mavjud bo’lgan reaktsiyalar va yangi stimullarning bog`lanishi sodir bo’ladi. Insonni o’zidan faollikni talab qiluvchi murakkab ko’nikmalarga o’rgatishni masalan, nutq, qiyinmatematik masalalarni echish musiqiy asboblarda o’ynash klassik asoslash nuqtai nazaridan tushuntirish juda qiyin. Individ uchun mutlaqo yangi xulq-atvor shakllarini qanday yuzaga kelish masalasini aniqlashtirish o’rgatishning yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qildi.
Erikson hammualliflikda yozilgan “Qarilikda hayotiy qiziqishlar” kitobida 1986 ego-yaxlitlik hissiga erishishda keksa odamlarga yordam ko’rsatish yo’llari haqida fikr yuritgan. Kitob 70 yoshdan oshgan ko’pgina odamlarning tarixini o’rganishga asoslangan. E.Erikson ularning hayot tarixini kuzatib, ular avvalgi bosqichlardagi hayotiy muammolarni qanday engib o’tganliklarini tahlil qilgan. SHu asosda quyidagicha xulosaga kelgan agar keksa odamlar jismoniy va psixologik qobiliyatlarini pasayishi arafasida o’z yashash qobiliyatlarini saqlab qolishni istasalar ular nevaralar tarbiyasi, siyosat sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya dasturlari kabi faoliyat ko’rinishlarida ishtirok etishlari kerak. Qisqacha aytganda E.Erikson agar keksa odamlar o’z menining yaxlitligini saqlab qolishga manfaatdor bo’lsa ular o’tmish haqida mulohaza qilgandan ko’ra, biror bir nima bilan ko’proq mashg`ul bo’lishi kerakligini uqtiradi. SHaxs ijtimoiy-psixologik rivojlanishi modeli shaxs va yosh davrlar psixologiyasi uchun juda katta ahamiyatga ega. Nazariya va asosiy tushunchalardagi ayrim mavhumlikka qaramay E.Erikson g`oyalari keng ahamiyatga ega bo’lib ta`lim va ijtimoiy faoliyat doirasida individual va kasbiy maslahat berish sohasida amaliy tatbiqini topdi ayrim empirik tadqiqotlarga masalan, o’smirlardagi identiklikni muvofiqlikni shakllanish shart-sharoitlari va oqibatlarini o’rganish bo’yicha D.Marsianning ishlariga turtki bo’ladi.
Klassik bixeviorizm xulq- atvor haqidagi fan sifatida
Ongning introspektiv nazariyasidan ixlos qaytishi evolyutsion biologiyadagi yutuqlar, inson va hayvonlar xulq-atvorini o’rganishda ob`ektiv metodlarni qo’llashga harakat, XIX-XXasr oralig`ida xulq-atvor psixologiyasi bixeviorizm yangi ob`ektiv kuzatish va tadqiq qilishning yagona mumkin bo’lgan yo’li ongga qarama qarshi inson xulq-atvori haqidagi fan yaratishiga olib keladi. Bu yondashuvning falsafiy asosini ingliz faylasufi Dj.Lokk kontseptsiyasi tashkil qilgan. Dj.Lokk bola dunyoga kelganida uning ongi go’yo top-toza doskaga o’xshashi haqida hamda hayot davomida orttirilgan tajribalar ahamiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirgan. O’rgatish individual rivojlanish, barcha bilimlar manbaining asosiy usuli sifatida tan olingan. Dj.Lokk bolalarni assotsiatsiya qilish, takrorlash, rag`batlantirish va jazolash tamoyillariga o’rgatishni tashkillashtirish haqida bir qator g`oyalarni ilgari surgan.
Ma'muriyat ma'muriy nazariyada yangi yo'nalish va diqqat markaziga ega bo'ldi: xulq-atvor fanlari yondashuvi. Oldingi nazariyalarning me'yoriy va belgilangan pozitsiyalaridan voz kechish (Klassik nazariya, insonlar bilan aloqalar nazariyasi va byurokratik nazariya) va tushuntirish va tavsiflovchi pozitsiyalarni qabul qilish. Asosiy e'tibor odamlarga tegishli, ammo kengroq tashkiliy kontekstda. Bixeviorizm ma'muriyati nazariyasini Vatson asarlari asosida psixologiyada rivojlangan bixeviorizm maktabi bilan adashtirmaslik kerak. Ikkalasi ham odamlarning xulq-atvoriga asoslangan edi. Biroq, Uotson tomonidan asos solingan bixeviorizm psixologiyaga eksperimental dalillarga asoslangan ob'ektiv va ilmiy metodologiyani olib keldi, aksincha vaqt sub'ektivizmidan farqli o'laroq, lekin ularning xatti-harakatlarini o'rganish (o'rganish, rag'batlantirish va javob reaktsiyalari, odatlar va boshqalar) laboratoriyada sub'ektiv va nazariy tushunchalar orqali emas (kontseptsiya, idrok, hissiyot, e'tibor va hk) orqali aniq va ravshan tarzda. Boshqaruvning xulq-atvori nazariyasi Herbert Aleksandr Simondan boshlangan. Chester Barnard, Duglas McGregor, Rensis Likert, Kris Argyris bu nazariyaning juda muhim mualliflari. Inson motivatsiyasi sohasida Ibrohim Maslou, Frederik Xersberg va Devid Makklelland ajralib turadi.

Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling