Mundarija: Kirish: Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I bob. Xulq-atvor haqida umumiy tushuncha


Download 47.8 Kb.
bet7/11
Sana11.11.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1766333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mundarija Kirish Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I -fayllar.org

2.2 Ma’naviyat va o’zlikni anglash.
Ma’naviyat, birinchi galdi, o’zlikni anglash bilan bog’liq,. Yoshlar qarashlarida (nafaqat yoshlar, balki kattalarda xam) o’zlikni anglash bilan bog’lik masalalarda chalkashliklar, ziddiyatlar yuk emas. O’zlikni anglash, avvalo, insonning tabiat va jamiyat tizimidagi o’z urnini bilishi, o’z ayniyatini tasavvur qila olishidir. O’zlikni anglash faqat individual ong xodisasi emas. U sotsiumning yukori darajalariga, umummilliy darajaga xam xos bulishi mumkin, o’zlikni anglash xalqning tarixini bilish, milliy qadriyatlar bilan faxrlanish katorida milliy manfaatlarni, zamonaviy tarakkiyot talablarini tugri tushunish demakdir. U taraqqiyot talablari va yutuqlarga tanqidiy munosabatda bulishni, ular bilan cheklanib qolmaslikni, mavjud kamchiliklarni xolis taxlil etib, bartaraf etishni, tarixdan saboq olishni talab kiladi. Bu esa ma’naviyatni milliy goya bilan boglashni va uning negizida rivojlantirishni takozo etadi. Milliy g’oya, bir tomondan, xalq ma’naviyatining muxim tarkibiy unsuri, o’zagi bulsa, ikkinchi tomondan, uning mezoni va ijtimoiy mo’ljalidir. Jamiyatdagi turli tabakalar, guruhlar, siyosiy partiyalar da’volari-yu dasturlarini milliy goyaga kanchalik mos kelish-kelmasligini ijobiy yoki salbiy baxolash mumkin. Ularni milliy g’oya asosida murosaga keltirish, xalqni jipslashtirish va umumiy maksadlarga safarbar etish xam mumkin. Lekin milliy g’oyani anglash va aniq ifodalash oson emas. Oddiy xalq buning ustida xech qachon bosh kotirib utirmagan, uni aniq ifodalay olmagan. Ammo xalq doimo uz ma’naviyatiga ega bulgan, chunki akliy va xissiy extiyojlarini kondirish uchun ijod bilan shugullangan. Uzligini, uz sha’ni-shavkatini ma’lum darajada anglagan, shunga yarasha unda milliy gurur xam bulgan. Kundalik ong darajasida, maishiy turmushda oda^llarning orzu-xdvaslari xech kachon barxam topmagan. Uzligini, uz manfaatlarini anglash, milliy gurur, xayotiy orzu-xavaslar aslida milliy goya urnini bosgan. Ammo bunday xollarda xalqning ma’naviy xayoti juda ziddiyatli rivojlanadi. Anik va mujassam ifodalangan, milliy goya bilan boyitilgan ma’naviyat jamiyat tarakkiyotiga yanada barakali ta’sir kursatadi, uning xalqqa o’zligini anglatish, milliy ongni, madaniyatni turli adashishlar va tashqi xurujlardan ximoya kilish imkoniyatlari ortadi. Ba’zi bir diniy-ekstremistik g’oyalarning ayrim yoshlarga ta’siri e’tikod masalasiga bepisand karash mumkin emasligini kursatadi. Shuning uchun yosh avlodda ilmiy-ratsionalistik dunyokarashni shakllantirish ijtimoiy-gumanitar fanlarda ustuvor vazifalardan biridir. Bu, bir tomondan, an’anaviy ukitilib kelinayotgan fanlar - falsafa, etika, estetika, dinshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarning didaktik mazmunini takomillashtirishni, ikkinchi tomondan, ma’naviyatshunoslik kabi yangi fanlarni xakikiy barkaror, tugallangan o’quv predmeti darajasiga kutarishni talab kiladi. Ma’naviyatni tugri rivojlantirish uchun uning mohiyatini, mazmunini, namoyon bulish shakllarini, ular urtasidagi alokalarni, umuman, ma’naviy rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu esa ushbu masalalarni boshqaruv idoralari mutasaddilaridan xamda bulajak mutaxassislardan chukurrok urganishni talab kiladi va gumanitar oliy o’qkuv yurtlarida aloxida o’rganiladigan «M a’naviyatshunoslik» faniga extiyoj tugdiradi.4

Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling