Mundarija: Kirish: Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I bob. Xulq-atvor haqida umumiy tushuncha


Inson ma’naviyati va o’zlikni anglash


Download 47.8 Kb.
bet8/11
Sana11.11.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1766333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mundarija Kirish Xulq atvorda manaviyatning namoyon bòlishi I -fayllar.org

Inson ma’naviyati va o’zlikni anglash5
Insoniyat bu yorug’ olamda, asosan, besh narsaga, ya’ni “biz kimmiz”, “qayerdan keldik”, “ne yumush bilan mashg’ul bo’ldik”, “nima topdik”, “qayerga ketamiz” kabi hayotiy savollarga turlicha javob topish harakat qiladi. Inson o’zligini anglangan sari bu savollarning javobini topib boraveradi.
O’zlikni anglash, bu urf-odat, an’ana va qadryatlar orqali yon atrofidagilar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo’lgan munosabatini tushunish, anglash demakdir.
O’zlikni anglash uch darajada bo’ladi:
Birinchisi, oilada va uning muhitida individning shaxs darajasi sari shakllanib borishi;
Ikkinchisi, maktab va ma’lum bir jamoalarda o’qishi hamda faoliyat yuritishi orqali boshqalar bilan munosabatda bo’lishi;
Uchinchisi, o’zgalar tomonidan shaxsning baholanishi, nazorat qilinishi va boshqalar tomonidan qadrlanishida kuzatiladi.
Shu bilan birga o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi.
Insonning insoniyligini belgilovchi muhim xususiyatlardan biri madaniy – ma’naviy sifatlarga ega bo’lishdir.

Xulosa
O’zlikni anglash, avvalo, insonning tabiat va jamiyat tizimidagi o’z urnini bilishi, o’z ayniyatini tasavvur qila olishidir.

O’zlikni anglash faqat individual ong xodisasi emas. U sotsiumning yukori darajalariga, umummilliy darajaga xam xos bulishi mumkin, o’zlikni anglash xalqning tarixini bilish, milliy qadriyatlar bilan faxrlanish katorida milliy manfaatlarni, zamonaviy tarakkiyot talablarini tugri tushunish demakdir. U taraqqiyot talablari va yutuqlarga tanqidiy munosabatda bulishni, ular bilan cheklanib qolmaslikni, mavjud kamchiliklarni xolis taxlil etib, bartaraf etishni, tarixdan saboq olishni talab kiladi. Bu esa ma’naviyatni milliy goya bilan boglashni va uning negizida rivojlantirishni takozo etadi. Milliy g’oya, bir tomondan, xalq ma’naviyatining muxim tarkibiy unsuri, o’zagi bulsa, ikkinchi tomondan, uning mezoni va ijtimoiy mo’ljalidir. Jamiyatdagi turli tabakalar, guruhlar, siyosiy partiyalar da’volari-yu dasturlarini milliy goyaga kanchalik mos kelish-kelmasligini ijobiy yoki salbiy baxolash mumkin. Yosh avlodni jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda ma’naviyatning ta’siri benihoya kattadir. Zero, barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarimizning o’zligini anglashga, davlat va jamiyat, xalq va oila uchun munosib farzand bo’lishlarida ma’naviyat beqiyos kuch sifatida o’z ta’sirini o’tkazadi.


Ma’naviy ta’sir deganda aynan ma’naviyatga xos bo’lgan sifatlarning insonga bevosita ta’siri tushuniladi. U o’z ichiga axloq-odob, huquq, nafosat, mehr-muhabbat, muomala madaniyati, mas’uliyat, daxldorlik, olijanoblik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ma’naviy ta’sir tushunchasini ikki xil ifoda etish mumkin: birinchidan, har qanday insonning kamoloti ma’naviy ta’sirning mahsulidir; ikkinchidan, insonning o’zi ham boshqalar uchun ma’naviy ta’sir manbaidir. Chunki har bir inson ajdodlardan qolgan ma’naviy-moddiy meros, ezgu fazilatlardan ta’sirlangan holda o’zida pok niyat, sof intilishlarni mujassam etib boradi.


Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling