Bitiruv - malakaviy ishning maqsad va vazifalari.
Mazkur tadqiqotning maqsadi XV XVII asrlarda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumini mavjud manba va adabiyotlar asosida ilmiy tahlil qilish.
Yuqoridagi asosiy maqsaddan kelib chiqib qoydagi vazifalar yechiladi:
- XV asrda Fransiyadagi milliy ozodlik jarayonining borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy - ozodlik harakatini ilmiy tahlil qilish;
- Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayonning xususiyatlari va amalga oshirishni sabablarini aniqlash;
- XVI asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot manzaralarini yoritib berish;
- Fransiyada diniy urushlar va siyosiy diniy guruhlar faoliyatini qiyosiy tahlil qilish;
- XVII ars Fransiyada mutloq manorxiyaning tiklanishi va uning oziga xos xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
Mavzuning organilish darajasi.
Garbiy Yevropa mamlakatlarining XV - XVII asrlardagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti masalalarini organish doimo tarixchi olimlar tomonidan organib kelingan.
Jumladan Sh. Pirimqulov, S. Nefyodov, R. Qurbangaliyeva, Z. Udolsjva, A. Foncheneso, S. Snazkin, L. Kerin, A. Sandav2 kabi olimlarning asarlarini alohida korsatish mumkin.
Shuni takitlash joizki, mazkur ishlarning mualliflari tarixiy jarayonlarning aks ettirishda torli goyalar asosida yondoshgan. Shuning bilan ushbu ishlarda qimmatli fantalogik materiallar mavjud.
Bitiruv - malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
Tadqiqotda XV XVII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosat va madaniy sohadagi ahvoli masalalari ilk bor yangi adabiyotlar asosida bitiruv - malakaviy ish sifatida tadqiq etilmoqda.
Ilk bor mavjud manbalarga asoslanib, XV asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va frabsuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakatlari yoritib beriladi. Shuningdek XVI asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot, diniy urushlar va siyosiy diniy guruhlar faoliyati ham ilmiy tahlil qilinadi.
XVII asrda Fransiyada mutloq monarxiyaning tiklanishi hamda monarxiyasining oziga xos xususiyatlari ikmiy adabiyotlar asosida yoritib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |