Mundarija Kirish XV asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati
XVI - XVII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi
Download 335 Kb.
|
XV – XVII asrlarda Fransiya
2. XVI - XVII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi.
2.1. XVI asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot. 1794 yil iyul oyi norozilik va omma ahvolining nihoyatda og'irlashishi natijasida Robesper boshchiligidagi yakobinchilarning zo'ravonlikka asoslangan o'ta so'l diktaturasi ag'darib tashlandi. Ko'p o'tmay 1795 yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylab qo'yiladigan qonun chiqaruvchi korpus ta'sis qilindi, ijroiya hokimiyat esa 5 a'zodan iborat direktoriyaga (fransuzcha «direktoire» boshqaruv, rahbarlik ma'nosini anglatadi) topshirildi. Direktoriya hukmronligi (1795-1799)47 davrida ichki kurash bilan bir qatorda Fransiyaning Yevropadagi feodal monarxiyalari va Angliyaga qarshi urushi davom ettirildi. Rahbarlar ichida ayyor, ig'vogar Barras ajralib turar, hokimiyatning boshqaruv tizimlari ham uning qo'lida edi. Ammo, xalq orasida respublika g'oyalari keng tarqalib, fransuz qo'shinlari tashqi dushmanlar ustidan birin-ketin g'alabalarni qo'lga kiritayotgan edilar. Fransiya ilg'or ijtimoiy tizimi, rivojlanayotgan san'ati, erkin dehqonlardan tuzilgan muntazam armiyasi tufayli Yevropadagi feodal qirolliklardan harbiy ustunlikka erishmoqda edi. Reynning so'l sohili bilan Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi. Fransiya qo'shinlari qayerga borsalar, dehqonlar va hunarmandlar yordamida ko'pgina feodal tartiblarni tugatib, yangi zamonaviy tartiblar o'rnatdilar. Mamlakat ichkarisida esa hamon direktoriya hokimiyatiga qarshi ilgarigadek isyonlar tez-tez bo'lib turar edi. Anna shunday isyonlardan biri Parijda yuz berdi. Bu isyonni bostirishda yosh general Napoleon Bonapart o'zining harbiy san'atini namoyish etdi. Fransiyaning Yevropa qirollik davlatlariga qarshi olib borgan urushlari asta-sekin bosqinchilik va boylik orttirish urushlariga aylandi. Urush natijasida pul, oziq-ovqat zaxiralari, nodir rasmlar, haykalchalar, san'at asarlarini tortib olish birinchi o'ringa chiqarildi. Bu narsalar o'lja sifatida Parijga tashila boshlandi. Ichki va tashqi urushlar natijasida armiya hamda uning generallarining Direktoriyaga ta'siri kuchaydi. 1799- yilgi davlat to'ntarilishdan so'ng Fransiyaning 1 konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi48. Napoleon Bonapart 1769-yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'g'il va 3 qiz-Jofer, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Pashna, Karolina va Jeramdan iborat edi49. Napoleon ikkinchi farzand edi. Otasi uni harbiy bilim yurtiga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidayoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi.Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bar necha kichik respublikalarga boiinib ketdi. 1798-yilning may oyida Napoleon 30 mingdan oshiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otlaq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib yobordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan bilan turk qo'shinlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab,poytaxt Parijga shoshildi, u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napalyon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napalyon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq orasida kata obro'ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar o'tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining istefo berishlariga erishdi50. Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusni qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchiligidagi uch konsulga (lotincha «consul» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Fransiyaga saylab qo'yiladigan ijro etuvchi hukumat rahbarlari) topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napalyon keng vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi. Konstitutsiya va Napalyonning birinchi konsullikka tayinlanishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5mln kishi uni yoqlab ovoz berdi. Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiydiktatura siyosati davom ettirildi. 1804 yilda Napoleon Bonapartni Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi, mamlakatda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi51. Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas balki yangidan rivojlanib kelayotgan o'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amalorlarga tayanuvchi harbiy byurokratik monarxiya edi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. «Napoleon kodeksi» deb nom olgan «fuqarolik kodeksi» ularning eng muhimi edi. Har qanday miqdodagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqinimustahkamlab berish bu kodeksni asosiy vazifasi edi. Xususiy mulkka ozgina boisa ham tajovuz qiluvchilarga juda qattiq jazo joriy qilindi. Napoleon Bonapart «orqa-o'ngiga qaramay» harakat qilib, Yevropada yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoniga binoan Piyemont va Genuya Fransiyaga qo'shib oldi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunga u rumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo, Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar, o'z qo'shinlari bilan Reyndan o'tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo'shinlari jangsiz taslim bo'ldilar. Ammo, Trafalgar burni yaqinida 1805 yiloktabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib, g'arq qilib yubordi. Eskadraga qo'mondonlik qilayotgan istedodli ingliz admirali Nelson shu dengiz jangida qattiq yaralandi. Ammo, fransuz armiyasi quruqlikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1805 yil 2-dekabrda Napoleon Austerlis yonida Avstriya va Rossiya armiyalari ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi. Birinchi imperiya (1804-1814) tuzumi o'n yil davomida Fransiyada hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida Yevropaning turli burchaklarida Napoleon harbiy san'at nuqtai-nazaridan ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Hatto, birgina uning nomini eslash yoki tilga olish Yevropa monarxlarini, ularning atrofidagi zodagonlarni dahshatga solarp edi. Ulm Austerlis, Yyepa, Eylau, Fridland, Vagram - bu joylarda Napoleon qo'shinlari yuksak mahorat bilan o'z dushmanlari ustidan qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabalarni taminlashda jonbozlik ko'rsatgan, fransuz armiyasiga qo'mondonlik qilgan, harbiy rejalarni ishlab chiqqan qo'shinni ruhlantirgan shaxs ham Napoleon I ning o'zi edi. Napoleon, uning qo'shinlari, generallari Angliya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo'lga kirita olmadilar. 1805-yil 21-oktabr Trafalgardagi dengiz mag'lubiyatidan so'ng Napoleon I Angliyaga nisbatan iqtisodiy qamal e'lon qildi52. Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, Angliya bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga tobe bo'lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo'l bilan Napoleon I Angliya va uning rahbarlarini taslim qilmoqchi boidi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti Napoleon I ga o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga yo'l bermadi. Iqtisodiy tazyiq Angliyadan ko'ra Fransiyaning o'ziga kata zarar keltirdi. Bundan tashqarii Angliya hukumatio'z oltinlari yordamida va ayg'oqchiligi bilan Napoleon Ini tez-tez chalg'itib turdi. Angliyaning Napoleon Fransiyaga qarshi ishlatgan yana bir quroli bu targ'ibot bo'lib, Fransiya, ayniqsa Napoleon shaxsga qarshi turli bo'htonga to'la adabiyotlar Angliyada nashr etilar va Fransiya hududida xalq o'rtasida tarqatilar edi. Bu adabiyotlar maqola, kashfiyot (Inglizcha «pamphlet» so'zidan olingan bo'lib, shaxs yoki biror voqeylikni qoralovchi tanqidiy asar) varaqa, karikatura (italyancha «caricature» shaxs va hodisalarni kulgili qiyofada tasvirlash) shaklida bolib, yolg'on bo'lsada, fransuzlarga salbiy ta'sir ko'rsatar edi53. Angliyadan Fransiya hududiga tarqatilgan soxta xotiralar ham quruq yolg'on va tuhmatlardan iborat bo'lib, asosan Napoleon shaxsiga teguvchi uydirmalaridan iborat edi. Shunday qilib, tashqi siyosatda Napoleon I Yevropada Fransiya hukmronligini o'rnatish uchun urush olib bordi. 1810-1811 yillardan boshlangan bu urushlar fransuz askarlari va hukmron doiralarning tinka madorini quritdi. Napoleon I urushlari uzil-kesil bosqinchilik urushlariga aylandi. Napoleon Shimoliy Italiyada Avstriya armiyasini tor-mor qildi. Italiyada yana Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Avstriya Belgiyaning va Reynning chap soholining Fransiyaga o'tganligini e'tirof qildi. Fransiyaning kata raqobatchisi Angliya edi. Napoleon fransuz burjuaziyasining Yevropada va jahonda hukmronligini o'rnatishga intilardi. Angliya mustamlakalarda, dengizlarda hukmron bo'lishga va Yevropa ishlarini o'z foydasiga hal etishni taminlashga intilardi. 1805 yilda Bulonda, La-Mansh sohilida, Napaleon Angliyaga desant tushirish uchun 130 ming kishidan iborat armiya va 2300 mayda kema to'pladi54. “Menga uch kun tumanli ob-havo kerak, shundan keyin men Londonga xo'jayin bo'lib olaman” - degan edi Napoleon55. Angliya esa Fransiyaga qarshm darholyangi ittifoq tuzdi: bu ittifoqqa Avstriya va Rossiya kirdi. Avstriya va rus qo'shinlarining harakat boshlaganini bilgach Napoleon Bulon lagerini yig'ishtirib, armiyani Germaniyaga yo'lladi. U avstriyaliklarni ruslar bilan qo'shilishdan oldin tor-mor etishga ahd qildi va o'z rejasini porloq suratda amalga oshirdi. Ko'p o'tmay Napoleon Venaga kirdi. Bu orada Trafalgar burni yonida jang bo'ldi. (1805 yil oktabr) Ispan porti Kadisda turgan Fransiya va Ispaniya qo'shma floti Napoleondan O'rta dengizda Gibraltar orqali harakat qilib, inglizlar bilan jangga kirishishi to'g'risida buyruq oldi. Angliya flotiga admiral Napoleon qo'mondonlik qilar, avvalgi janglarda u bir ko'zidan va o'ng qoiidan ajralgan edi. Trafalgar jangida u o'ldi, lekin fransuz floti dahshatli mag'lubiyatga uchradi. Bu tarixda fransuz floti ingliz floti bilan kuch sinashishga jur'at etgan oxirgi jang edi. Shu paytdan to XX asrning boshlarigacha dengizlarda Angliya hukmronligi o'rnatildi. Fransiya bilan Angliya urushini sher bilan kitning yakkama-yakka olishuvi deb ataydilar. Dengizda Angliya bilan kurashish uchun Fransiyaning yetarli darajada kuchli floti yo'q edi. Fransiyani quruqlikda yengish uchun armiyasi yo'q edi. gan katta qurbonlar evaziga iyun qo'zg'oloni bostirildi. Parijda janglarda halok bo'lgan va otib tashlangan qo'zg'olonchilar soni 11 minga yetdi. Qamoqqa olinganlar soni 25 mingdan oshdi56. 1848 yil 23 aprelda bo'lib o'tgan Ta'sis majlisiga o'tkazilgan saylovlarda 900 ga yaqin deputat saylandi. Ta'sis majlisi deputatlari Ikkinchi respublikani mustahkamlash uchun Konstitutsiya ishlab chiqish, davlat boshqaruv organlarini xalq saylovlari asosida yo'lga qo'yish, mamlakatda zamonaviy parlament tuzumini tashkil etish kabi masalalarni hal etishlari kerak edi. Ta'sis majlisi bir yillik faoliyatida Konstitutsiyani ishlab chiqdi, mamlakatda prezidentlik respublika tizimini joriy etdi57. 1848 yil dekabr oyida muqobillik asosida bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida Napoleon Bonapartning jiyani 40 yoshli Lui Napoleon Bonapart Fransiyaning birinchi prezidenti etib saylandi, uning raqiblari Kavenyak, Ledryu-Rollen, Lamartin va boshqa prezidentlikka nomzodlar ancha kam ovoz oldilar. 1849 yil bahorida Ta'sis majlisi o'z o'rnini Milliy majlisga bo'shatib berdi. Ta'sis majlisi, Milliy majlis faoliyatlari davomida Fransiyada "Tartib" partiyasi, "Yangi tog'" partiyasi va bir qancha klublar, siyosiy-ijtimoiy tashkilotlar faoliyat ko'rsata boshladi. Ammo Fransiyada aksariyat aholining hali siyosiy jihatdan yetukmasligi, dehqonlarning ko'proq monarxistik tuzumga moyilligi, respublikachilik an'analarining hali zaifligi, o'rta tabaqalarga mansub bo'lgan aholining tarqoqligi tufayli Ikkinchi respublika va undagi parlament tuzumi uzoq davom etmadi. Ikkinchi respublika prezidenti Lui Napoleon Bonapart Tartib partiyasi, harbiylar va o'z vazirlari yordamida 1851 yil 1 dekabrdan 2 dekabrga o'tar kechasi Milliy majlisni tarqatib yubordi. Bu amalda davlat to'ntarishi edi. Oqibatda Fransiyada respublika tuzumi barham topdi. 1852 yil 2 dekabrda Fransiya imperiya deb e'lon qilinib, Lui Napoleon Bonapart Napoleon III nomi bilan taxtga o'tirdi. 1848-1849 yillardagi fransuz inqilobi Ikkinchi respublika va hatto Napoleon III ning Bonapartizmga asoslangan boshqaruv tizimi barchasi kapitalizmning jadal sur'atlar bilan rivojlanish uchun xizmat qildi. 25 fevralda g'oyat ulkan ishchilar namoyishi talabi bilan Fransiya respublika deb e'lon qilindi58. Respublikani ishchilar va kurashlari bilan, o'z qonlari bilan qo'lga kiritdilar. Xuddi o'sha kuni Muvaqqat hukumat joylashgan bino oldidagi maydon yana qurolli xalq bilan liq toidi. Ishchilardan biri qo'lida qurol tutib, xalq nomidan hukumatdan "mehnat huquqi"ni, ya'ni ishga muhtoj bo'lgan har bir kishining ish olish huquqini e'tirof etishni talab qildi. Muvaqqat hukumat "mehnat huquqi"ni tan olishga rozi bo'ldi va dikret chiqarib, "hamma grajdanlarni ish bilan taminlash" majburiyatini o'z zimmasiga oldi. Lekin bu ishni hukumat o'z tepasiga kelgan xavfni bartaraf qilish uchun qilgan edi xolos. Xalq ommasining tazg'yiqi ostida Muvaqqat hukumat umumiy saylov huquqi (erkaklar uchun) joriy etildi. Ish kuni bir soat (Parijda 11 dan 10 soatgacha, viloyatlarda 12 soatdan 11 soatgacha) qisqartirildi59. Fransiya mustamlakalarida qullik bekor qilindi. 1848 yilda e'lon qilingan va 1852 yilgacha yashab turgan respublika Ikkinchi respublika deb nom oldi. Demokratik respublikada umumiy saylov huquqi, parlament boshqaruvi, so'z erkinligi, majlislar qilish erkinligi va boshqalar joriy qilinadi, shuning uchun demokratik respublika monarxiyaga nisbatan olg'a tashlangan qadamdir. Demokratik respublika ishchilarga o'z kuchlarini uyushtirish, jipslashtirish uchun, o'z sinfiy manfaatlarini himoya qilib, kapitalistlarga qashi ochiq kurashishi uchun katta imkoniyatlar beradi. XIX asrning 50-60 yillarida Fransiyada yirik kapital hukmronlik qilib, davlat tepasida Napoleon III o'tirardi. U 1851 yil 2 dekabrda o'tkazilgan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga chiqib olgandi. 1852 yilda Napoleon III o'zini imperator deb e'lon qildi. Ikkinchi imperiya deb atalgan bu davrda Fransiyada ishlab chiqarish tez rivojlandi60. Sanoatda o'zgarishlar tugallashib, temir yoilar tarmoqlari ko'payib bordi. Katta-katta zavod va fabrikalar qurildi. 60-yillarning ikkinchi yarmida Napoleon III ning mavqega putur yetdi. Fransuz burjuaziyasi uning tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklarini, xususan Prussiyaning Germaniyani birlashtirishga to'sqinlik qila olmaganini kechira olmadi. 1860 yilda tuzilgan Angliya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozilik mavjud edi. Chunki shartnomaga ko'ra, Fransiyaga ingliz tovarlarining kiritilishi, fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirgan edi. Napoleon III hukumatidan norozilik oddiy xalq orasida ham kuchaygan edi. Bunga ishsizlik, qashshoqlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining to'xtovsiz oshib borishi sabab boimoqda edi. Napoleon III hukumati mamlakatda norzilik kuchayotganligini, o'z obro'-e'tiborining tushib borayotganligini nazarda tutib, Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. U shu yo'l bilan mamlakatdagi ahvolni o'nglab olishga qaror qildi. Hukumat Prussiyani tor-mor qilishni, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslikni Reynning g'arbdagi nemis yerlarini bosib olishni vash u yo'l bilan o'z obru-e'tiborini tiklashni o'ylardi61. Bismark Germaniyasi ham bir necha yillardan buyon Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Bismarkning maqsadi Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to'siq bo'lgan Fransiyani yengish, demokratik harakatlarni bostirish edi. 60-yillarning oxirida Prussiya janubiy German davlatlarini o'z tomoniga og'dirib olishga, Avstriya Vengriyani va chor Rossiyani betaraf betaraf qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Shunday qilib, har ikki tomon - Fransiya ham, Prussiya ham urushga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda edi. Fransiya Prussiya hukumatlari o'rtasida . Xulosa XV - XVII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti tarixi yoritish hozirgi jahon tarixining muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masala anchadan buyon tarixchi va boshqa turdagi fanlar bilan shug’ullangan olimlarning diqqat markazida turgan. Fransiyaning XV - XVII asrlardagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohasiga bag’ishlangan manba va adabiyotlarda keltirilgan malumotlar qiyosiy tahlil qilib, qo’ydagicha xulosaga kelindi: Download 335 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling