Mundarija Kirish XV asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati


Download 335 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi335 Kb.
#1534790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XV – XVII asrlarda Fransiya

Ishning aprabasiyasi.
Bitiruv - malakaviy ish Qarshi Davlat universiteti Tarix fakul’teti ”Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi qoshidagi ”Yosh tarixchi” to’garagida ma’ruza qilingan va kafedra yig’ilishlarida muhokamadan o’tgan.
Bitiruv - malakaviy ishning tuzilishi.
Bitiruv - malakaviy ish kirish, ikki bob, besh fasl, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.XV asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati.
1.1.XV asrda Fransiyadagi milliy ozodlik harakati.
XV-XVII asrlarda Fransiyada mavjud bo'lgan siyosiy hokimiyatning mazmuni qo'yidagi iborada o'z ifodasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo'lib tug'ilga o'ylab o'tirmasdan bo'ysunmog'i lozim». Fransiyada mutloq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o'zini avvalgi ahamiyatini yo'qotdi. Qirollarning o'ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo'q qilardilar. Biroq buning iloji yo'qligi uchun ularning mamlakat siyosiy hayotiga ta'sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga erishganlar ham.
Angliya parlamentidan farqli o'laroq, Fransiyada General shtatlar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan-kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug'ilgandagina chaqiriladigan bo'ldi.
1614 yildan boshlab butun XV asr davomida esa biror marta ham chaqirilmadi3. Bu hodisa Fransiyada qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq boiganligini isbotlaydi.
Qirol ayni paytda hukumat boshlig'i ham edi. Uning huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan. Kengash a'zolari qirol tomonidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o'zi hal etgan. Shu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy hukmronligi o'rnatilgan. Shunday bo'lsa-da, parlament butunlay tugatilmagan. Fransiya hududida jami 17 ta viloyat parlamenti mavjud edi. Mamlakat fuqarolariga viloyatlardagi sudlar ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan. Ayniqsa, Parij parlamenti kata ta'sirga ega bo'lgan. Uning vakolati mamlakat hududining 1|3 qismga tarqalgan. Parij parlamenti taxt vorisi yosh bo'lsa, regent tayyorlash huquqiga ham ega bo'lgan. Qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi axloq tashkil etgan.
Lyudovik XIV bekorga «davlat - bu men» demagan edi4, qirol qarorgohidagi bog'larga o'rnatilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo'lgan. Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga o'xshatib ishlangan. Fransiya qirolligida har ikki cherkov ham faoliyat ko'rsata boshlaydi. XV asr boshlarida Lyuter ma'lumotiga mos g'oya tarqaldi. Mamlakatda «Injil»ning fransuzcha tarjimalari paydo bo'ldi5 . Ibodatxonalarda duolar ona tilida o'qila boshlanadi. Shu tariqa vaqtlar o'tishi bilan Fransiya ichki dushman lagerga - katoliklar va protestantlar lageriga bo'linib qoldi. Fransiyada protestantlar, gugenotlar deb atalgan. Mamlakat shimoli va qirol xonadoni katoliklar tomonida, Janubiy Fransiya esa gugenotlarniki bo'lib qoldi. Gugenotlar hammani o'z dinlariga tortishga intildilar. Ular maxfiy bosmaxonalar tashkil etib, varaqalar chop etdilar va uni butun mamlakat bo'ylab tarqata boshladilar. Reformatsiya Fransiyada shu tariqa kirib keldi.
Katolik cherkovi protestantlikning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562 yilda qirolning qarindoshi, katoliklar rahnamosi gersog Giz o'zining ko'p sonli qo'riqchilari bilan Vassida potestant gimnini ijro etayotgan protestantlariga hujum qildi. Oqibatda 20 dan ortiq protestantlar o'ldirildi,100 dan ortig'i esa yarador qilindi. Bu voqiya Fransiyada 32 yil davom etgan diniy urushlarning boshlanishga turtki bo'ldi6. Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi. Mamlakatda yovuzlik, jaholat kuchaydi. Gugenotlarga juda katta talofat keltirildi. Shunday bo'lsa-da gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar. 1570-yilda tomonlar kelishuvga erishdilar. Qirol yarashish ediktiga imzo chekdi . Gugenotlarga katoliklar qatorida davlat mansablarini egallash huquqi, diniy marosimlarni to'siqsiz yetkazish erkinligi berildi. Biroq bu erishilgan tinchlik uzoqqa chuzilmadi. Chet davlatlarning aralashuvi vaziyatni yanada chigallashtirdi . Urushning oldini olish uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrixga o'z singlisi Margaritani turmushga berishga qaror qildi. To'y marosimi 1572- yilning avgustiga belgilanadi. Biroq katolik mutaassiblari shu voqiyadan foydalanib, gugenotlarning barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdalar. 24 avgust kechasi gugenotlar qirg'ini uyushtirildi. 3 kunlik qotillik davomida 30 ming kishi -qurbon boidi. Bu voqeya Fransiya tarixiga «Varfolomey kechasi» nomi bilan kirdi. Shu voqealardan keyin Fransiyada protestantlik taqiqlandi . Rim Papasi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi.
«Vorfolomey kechasi»mamlakatdagi diniy urushga chek qo'ymadi. Urushning davom etishi muqarrar edi. Chunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Fransiyani bo'lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o'z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenot Genrix qarindoshi, gugenot Genrix Navarsskiy boshqardi. Gugenotlar yaxshi qurollangan qo'shin tuzishdi. Genrix Giz esa qattiq harbiy intizom o'rnatilgan katolik liga tuzdi7. Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga ko'ra, qirol olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi. Biroq qirol Genrix III Genrix Gizni o'ldirtirishga muvaffaq bo'ldi.
Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas edi. O'ldirilganlar «azob chekkan avliyolar» deb e'lon qilindi. Cherkov dindorlarga fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e'lon qildi. 1589 yilda Genrix III o'ldirildi. Taxtni protestantlikdan chiqib, katolik mazhabiga o'tgan Genrix Navarsskiy Genrix IV nomi bilan egalladi (1589- 1610). U katolik mazhabini qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o'tira olmasligini yaxshi bilardi. Genrix IV o'zining kuchi, qobiliyati va ta'siridan har ikki cherkov qavmlarini qo'shib tashladi. Diniy urushlarni to'xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598 yilda Nant ediktini imzoladi. Ediktda katoliklar davlat dini deb e'lon qilingan bo'lsa-da gugenotlar quvg'in qilinmaydigan bo'ldi. Mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi.
XV-XVII asrlardan Fransiyada iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Feodal munosabatlari yemirilib, sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish munosabatlari rivojlana boshlandi. Feodallarning siyosiy ta'siri pasayib, Fransiya qirollarining hukmronligi kuchaydi. XVII asrga kelib Fransiya G'arbiy Yevropaning eng kuchli feodal absolyutizm davlatiga aylandi. Uning mustamlakalari Amerikada (Kanada, Vest-Indiya) va Hindistonda paydo boidi. XVIII asrda savdo-sotiq va sanoat yanada rivojlanishi bilan mahalliy hukmdorlar shu qadar mustahkamlandiki, endi u dvoryanlarning tanho hukmronlik qilishini hohlamay qo'ydi. Feodal tartiblar, qishloq xo'jaligining rivojlanishidagi asosiy to'siqqa aylana boshladi, sanoatning rivojlanishini qiyinlashtirdi. (Inqilob arafasida Fransiya aholisi 25 milionga yaqin edi . Uning asosiy qismi 84 % i qishloq aholisi. Shaharlarda atigi 2 million kishi yashardi. Jami daromadning 3|4 qismidan ko'prog'ini qishloq xo'jaligi berardi. Yerlarning deyarli hammasi dvoryanlarning va cherkovning mulki edi). Senyordan ketish yoki uning ustidan hech yerga arz-dod qilib bo'lmas edi. Senyor dehqonlarni o'zi yoki o'zi tayinlagan izmiga yuradigan sudyalar sud qilardi. Barcha dehqonlar cherkov foydasiga ko'p miqdorda soliqlar to'lar yoki pul va natura tarzida hosilning o'ndan bir qismini berardilar. Davlat soliqlari ham haddan tashqarii ko'p edi - har yili yer hosilining yigirmadan bir qismi - jon solig'i va tuz puli undirib olinardi8.
Dehqonlarning feodal to'lovlari va senyor foydasiga ishlab berish, davlat soliqlari va hosilning o'ndan biri cherkovga to'lanishi dehqonlar daromadining kata qismini o'marib ketar, ularni xonavayron qilar, qashshoqlikka solar, ekinzorlarni kengaytirish va yaxshilash vositasidan mahrum qilar edi. Shu tariqa feodal tartiblari qishloq xo'jaligini o'stirish uchun to'siq bo'lib qoldi. (1774 yilda qirol Lyudovik XIV vafot etgach, o'rniga nabirasi Lyudovik XVI taxtga o'tirdi) Lyudovik XVI qirol sifatida o'ta layoqatsiz va kamhafsala kimsa edi. Uning xotini qirolicha Mariya -Antuanetta Avstriya imperatorining singldisi edi. Qirol Lyudovik XVI irodasiz bo'lganligi uchun qirolicha Mariya-Antuanetto ta'siri ostida edi.(zamondoshlarning ma'lumotiga ko'ra, Lyudovik XVI qirolligi davrida oddiy fuqarolarning, ayniqsa dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lgan. Mamlakatda tez-tez ocharchiliklar tufayli isyonlar bo'lib turgan.) 1777 yilgi hisob-kitoblarga qaraganda, Fransiyada bir million yuz ming atrofida qashshoqlar va gadolar bo’lgan9. Yersiz va kam yerli dehqonlarning ahvoli o'ta ayanchli boigan, ular dvoryanlar va ruhoniylarga ko'plab soliqlar toiashga majbur boiganlar. qirol va qirolicha xazina bo'shab qolgach, xalqqa yangi-yangi soliqlar solganlar. Mariya- Antuanetta xalq orasida «Defitsit xonim» laqabini olgan.Lyudovik XVI xalqdan pul undirish yo'llarini izlab, nima qilishini bilmay, 1789 yil may oyida General shtatlarini (XIV-XVII asrlarda Fransiyadagi tabaqachilar hukumatining oliy organi) chaqirishga majbur boidi. O'z tarkibiga ko'ra General shtatlari Angliya parlamentiga o'xshab ketadi. Ular o'rtasidagi farq shundaki Angliya parlamenti deyarli vaqt-vaqti bilan chaqirilib, bir necha yuz yillardan beri faoliyat ko'rsatib kelgan, General shtatlari esa tez-tez chaqirib turilmagan. Agar Angliya parlamenti ikki palata - jamoa palatasi va lordlar palatasidan iborat bo'lsa, General shtatlari bir palatadan iborat bo'lib, uch toifa -ruhoniylar, dvoryanlar va uchinchi - o'rta tabaqalarga mansub kishilardan tashkil topgan.
1789 yil 4 mayda qirol Lyudovik XVI Versalda General shtatlari majlisini ochdi. Ammo uchinchi toifaga mansub boigan deputatlar ingliz parlamentining qirol Karl I ga qarshi olib borgan kurashi tajribasi hamda Shimoliy Amerika Kongressining (lotincha «kongressus» uchrashuv, majlis ma'nosini anglatadi. Bu yerda so'z AQSH ning qonun chiqaruvchi organi, parlamenti to'g'risida ketyapti) Angliya qiroli va parlamentiga qarshi kurashiga tayanib, qirol Lyudovik XVI dan xalqdan General shtatlarining ijozatsiz soliq yigishni mann qilishni talab qilishdi. Bu Lyudovik XVI uchun qattiq zarba edi. Qirol General shtatlarini chaqirganligiga pushaymon boidi, ammo vaqt o'tgan edi. Qirol deputatlarni zaldan haydab chiqarishni buyurdi, ammo uchinchi tabaqa deputatlari konstitutsiya ishlab chiqilmaguncha tarqalib ketmasligiga tantanali ravishda qasamyod qildilar. Dvoryanlarning ilg'or qismi uchinchi tabaqaga qo'shildi. Iyun oyida uchinchi tabaqaga mansub deputatlar o'zlarini Millat majlisi deb, ko'p o'tmay Ta'sis majlisi deb e'lon qildilar10. Endilikda bu majlis ham qonunlar chiqarishga davo qilayotgan edi.
Lyudovik XVI podsholigi davrida Fransiyada absolyut (cheklanmagan) monarxiya ravnaq topib, so'ngra inqirozga keta boshlagan edi. Parij yaqinida Lyudovik XIV buyrug'i bilan hashamatli Versal saroyi qurilgan edi. Feodal zodagonlar qirolga qarshi isyon ko'targan zamonlar o'tib ketgan edi. Endilikda zodagonlar Versalda to'planib, mansab-martaba, pensiya, mukofotlar so'rab olmoqda edilar va o'zlarining g'ujg'on o'ynashlari, dabdabali unvonlari, serhasham liboslari bilan podshoning qudratini namoyish qilmoqda edilar. Saroy amaldorlarining libosi qimmatbaho narsalar bilan shu qadar bezatilgan ediki, ba'zan uning og'irligi 20 kilogrammdan oshib ketardi. Saroydagi ko'pdan-ko'p mansablar orasida qirol hassasining qo'riqchisi kabi mansablar ham bor edi. Bu mansablarni egallagan amaldorlar oladigan maosh bilan kichikroq bir shahar aholisini boqishi mumkin edi. Saroy hayoti bazmlar va o'yin kulgular bilan to'lgan bo'lib, ularda qatnashuvchilarning hashamli zeb-ziynati ko'zni qamashtirardi. Saroy hushomadgo'ylari Lyudovik XIV ni "Quyosh qirol» deb atardilar . O'ziga juda ham ortiq bino qo'ygan korolning o'zi esa «Davlat - bu mening o'zim der edi"11.
Lyudovik XIV podsholik qilgan dastlabki o'n yil mobaynida feodal isyonlariga xotima bergan korol mutlaq hokimiyati Fransiyaning iqtisodiy yuksalishiga yordamlashdi. Lyudovik XIV ning ministri Kolber yirik manufakturalar tashkil etishini, dengiz floti hurishni, tashqi savdoni rivojlantirishni rag'batlantirardi. Fransiya muvaffaqiyatli urushlar olib borib, Flandriyaning bir qismini va Elzasni o'ziga qo'shib oldi. Biroq doimo olib borilayotgan urushlar, saroyning aqlsizlarcha zeb-ziynatga berilib ketishi Fransiyani zaiflashtirib qo'ydi. Xalq qashshoqlasha bordi. Lyudovik XIV bir qancha og'ir harbiy magiubiyatlarga uchradi. Korol o'lganda, xalq qahr-g'azabining toshib ketishidan qo'rqib , uni shosha-pisha dafn etdilar. Poytaxt uning evarasi Lyudovik XV ga o'tdi.
O'zining sinfiy harakteri jihatidan absolyut monarxiya - dvoryan feodallar sinfming diktaturasi (kuchli hokimiyati) dir. Fransiya feodal monarxiyasi o'zining 500 ming kishilik armiyasi, Versalning dabdabasi, aristoktatlarning zeb-ziynati bilan Fransiya xalqini, avvalo dehqonlarni shavqatsiz ekspluatatsiya qilish hisobiga yashab kelardi. XVIII asrda absolyutizm Fransiya tanasida haddan tashqarii shishib ketgan va zararli o'simtaga aylandi va bu o'simta uning madorini quritib, rivojiga to'sqinlik qila boshladi.
Dehqon faqat o'z sinorini to'yg'izib qolmas edi. U korolni, armiyani, chinovniklarni butun feodal davlatini to'yg'izardi. Korol soliqlari (yer solig'i, jon solig'i va boshqalar) dehqonlarning senbor foydasiga o'taydigan majburiyatlardan oshiq edi. Tuzga katta soliq solingan edi. Vinoga solingan soliq juda yuqori edi. Vinochilik mamlakati bo'lgan Fransiya uchun bu soliq ayniqsa muhim edi. Minglarcha korol soliq yig'uvchilari dehqonlarning yerto'lalarini ag'dar-to'ntar qilib, bochkalarni o'lchardilar. Agar dehqonning soliqni toiashga qurbi yetmasa, boqimanda uchun uning chorva mollari va uy anjomlari sotilardi12. Dehqonlar poli loy bilan shuvalgan, tomi poxol bilan yopilgan kulbalarda yoki yerto'lalarda turardilar, bu kulbalarning derazalari ham, to'tun chiqadigan mo'rilari ham bo'lmas edi. Ular uyda to'qilgan dag'al matodan kiyim, yog'och kavush kiya ryoki oyoq yalang yurardilar. Fransiya aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar sanoat mollarini kam sotib olardilar, bu esa sanoatning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi. Soliqlar va feodal majburiyatlardan qattiq ezilgan dehqonlar o'z xo'jaliklarini yaxshilash uchun mablag'ga ega emas edilar. Hosildorlik juda pastligicha qolmoqda edi. qahatchilik yillarida dehqonlar och qolardilar. XV va XVII asrlarda dehqonlarning va shahar kambag'allarining qo'zg'olonlari Fransiyani bir necha bor larzaga keltirdi, bu qo'zg'olonlarni bostirish uchun eng yaxshi o'qchi polklar yuborildi. Fransuz qishlog'ida dehqonlarning tabaqalanishi ancha chuqurlashib ketdi. O'ziga to'q va boy dehqonlar tabaqasi paydo bo'lib, ular o'zlarining qashshoqlashgan qo'shnilarini batrak qilib ishlatardilar. 1789-yilda Fransiyada 500 dan oshiq yirik manufaktura bor edi13. Ularda dvoryanlar va burjuaziya uchun zeb-ziynat buyumlari (ipak, krujeva, farfor, billur, zargarlik buyumlari), qurol, polotno, sovun va shu kabi narsalar tayyorlar edilar. Mashinalar ishlatish boshlandi, Toshko'mir konlarida ba'zi joylarda shaxtalardan suvni chiqarib tashlash uchun bug' mashinalari ishlatildi. Biroq hunarmandchilik ko'pchilikni tashkil etib, u hali ham sex tartiblari bilan bo'g'ib qo'yilgan edi. Sex a'zosi boimagan kishi hunarmandchilik qilolmas edi, yo'qsa unga jarima solinardi yoki turmaga qamalardi. Sexga qabul qilish uchun sex foydasiga kata vznos olinardi va yana korol uchun alohida to'lov to'lanardi. Shogirdlarga hunar o'rgatishga sexda 7-10 ishlash kerak bo'lardi. Korol hukumati sexlarga daromad manbai deb qarardi. Sexlarga solingan soliqlarniyig'ish ustidan juda ko'p inspektorlar nazorat qilardi. Sexlardagi buyumlarning hammasi belgilangan xajmda va sifatda chiqarilishi lozim edi. Anna shularning hammasi Fransiyada ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda edi.
Savdogarlar qishloqlarga buyurtmalar bera boshladilar14 . Ular dehqonlarga xom-ashyo, ba'zan esa dastgohlar ham berib, so'ngra ulardan tayyor buyumlarni olardilar va shunday qilib dehqonlarni uyda ishlaydigan o'z yollanma ishchilariga aylantirardilar. Shu bilan birga mehnat taqsimoti amalga oshirilib, ba'zilari ip yigirsalar, ba'zilari mato to'qirdilar va hokazo. Aslida bu manufaktura sanoati edi, lekin ishchilar bir binoda to'planib ishlaydigan markazlashagan manufakturalardan farq qilib, bunday manufakturani tarqoq manufaktura deb atardilar. Savdo-sotiqning rivojlanishiga ichki bojxonalar xalaqit berardi. Bu bojxonalar feodal tarqoqlik davridan grafliklarning chegaralarida shahar zastavalari yonida saqlanib qolgan edi. Faqat davlat emas, balki yirik sen'orlar ham o'z bojxonalariga ega bo'lib, ulardan olib o'tilgan tovarlar uchun boj olardilar. Marsel'dan Parijga g'alla olib kelishdan ko'ra Xitoydan Fransiyaga g'alla olib kelish arzon tushadi, der edilar. Yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarining yo'qligi ham savdo-sotiqning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi. Har bir viloyatda o'z o'lchovlari bo'lib, bu o'lchovlar o'rta asrlardayoq vujudga kelgan edi. Masalan, bir qadoq Parijda 490 grammga, Lionda 425 grammga , Marselda esa 402 grammga teng edi15. Sanoatning taraqqiyotida ma'lum yutuqlarga erishilganiga qaramay, feodal munosabatlarning salbiy ta'siri hamma narsada ko'rinmoqda edi. Masalan, Fransiyada 1789-yilda mingta «Jeni» pryalkasi (ip yigiradigan oyoq charxi) boisa, Angliyada bunday charxdan 20 mingta bor edi. Fransiyada temir ishlab chiqarish XV asrda ikki baravar ko'paygan bo'lsa, Angliyada besh baravar oshgan edi16 . Feodal tuzum davrida (barcha mamlakatlarda ) har bir kishi onadan tug'ilganidan boshlab muayyan toifaga mansub edi. Toifalar o'z huquqlari va majburiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinar edi; birinchi toifa - ruhoniylar, ikkinchi toifa - dvoryanlar, uchinchi toifa — qolgan xalqning hammasi. Dastlabki ikki toifa 250 ming kishi boiib, uchinchi toifa 25 mln kishi edi. Ruhoniylar va dvoryanlar imtiyozli toifalar edi.
Behad boyliklarga ega bo'lgan bu toifalardagi kishilar deyarlibarcha soliqlardan ozod qilingan edi. Davlatdagi hamma yuqori mansablar va armiyadagi komandirlik lavozimlari dvoryanlar qoiida edi. Davlat soliqlarining butun og'irligini uchinchi toifa tortar edi. Toifaga mansublik sinfga mansublik bilan tamomila to'g'ri kelmaydi. Dastlabki ikki toifa o'zining ko'pchiligi jihatidan feodallar sinfiga mansub edi. Uchinchi toifaga esa burjuaziya, dehqonlar, hunarmandlar va ishchilar kirardi. Ko'p dvoryanlar savdo-sotiq bilan shug'ullanib, manufakturalarni ishga solgan Angliyadan farqli o'laroq, Fransiyadagi dvoryanlar dehqonlardan oladigan obrok, korolning pensiyalari va in'omlarihisobiga yashar edila rva feodal tuzumni saqlab qolishga urinardilar. Dvoryanlaning aksariyat qismi parazitlik bilan hayot kechirib, ko'p vaqtni ballarga, ovga, karta o'yiniga berardi. Bekorchilik dvoryanning huquqi deb va hatto shon-sharafi deb hisoblanardi. Savdo-sotiq bilan va sanoat bilan shug'ullanish dvoryan uchun pastkashlik sanaladi. Uchinchi toifada burjuaziya: bankirlar, savdoganlar, manufakturalarning egalari rahbarlik mavqeini egallagan edilar. Boyib ketgan burjualar zeb-ziynatda dvoryanlar bilan raqobat qilishardi. Ulardan ba'zilari dvoryanlardan yer sotib olib, dehqonlardan feodal obrok olib turardilar. Burjualardan eng boylari oladigan daromadlarga hatto shahzodalar va gersoglar hasad qilib qarardilar. Burjuaziya Iqtisodiy jihatdan quudratli sinf bo'lib qolgan edi-yu, lekin hokimiyatga ega emas edi.
Lyudovik XV davlat ishlari bilan kam shug'ullanib, undan ko'ngil ochish, aysh-ishratni afzal ko'rardi. Uning fikricha, Fransiya xalqi faqat korolning istaklarini va injiqliklarini qondirish uchungina yashardi. Versal aysh-ishratni davom ettirardi. Pul hisobsiz oqib kelmoqda edi, lekin xalqdan pul undirish tobora qiyinlashmoqda edi. Lyudovik XV aytardi: «Bizning umrimizga yetadi». Xo'sh, keyinchi? «Bizdan keyin dunyoni to'fon bosmaydimi?» degan u. 1774-yilda Lyudovik XV o'rnata uning nevarasi Lyudovik XVI korol bo'ldi. U badqovoq semiz kishi edi. U aqliy mehnat mening tinkamni quritadi deb zorlanardi. Duradgorlik qilishni yoki mixlarni qoqib, yana sug'urib olishni sevardi. U butunlay o'z xotini - Avstriya imperatritsasining qizi Mariya - Antuanetta ta'sirida edi. Nodon, yengiltak, aysh-ishratga botgan, ammo badjahl va qattiqqo'l bu xotin saroyning chiqimlarini cheklash haqidagi gaplarni hatto eshitgisi kelmas edi. Katolik cherkovi absolyutizmning tayanchi edi. Fransiyadagi ko'zga ko'ringan cherkov arboblaridan biri: «Karollar - xudoning yerdagi vazirlaridir» - deb xitob qilgan edi17.
Cherkov hamma yerlarning o'ndan bir qismiga egalik qilar edi. Ruhoniylar mamlakatda fikrlar qandayligini kuzatib turardilar, ba'zan tushib borayotgan cherkovning e'tiborini mustahkamlash uchun eng vahshiyona choralar ko'rilardi. Faqat bu yagona hodisani ko'rsatib o'tamiz. Bir viloyat shahrida daryo ustidagi ko'prik ustida turgan yog'och butga kimdir zarar yetkazgan. Cherkov xodimlari butun atrofga qo'rquv solish qaroriga kelganlar. Ular har fikrliligi bilan mashhur bo'lgan kishi deb Labarr degan yosh dvoryanni tutib jazolamoqchi bo'lganlar. Garchi bu yosh yigit kaltak ostida ham hech qanday gunohi yo'qligini aytsa-da, u tilini kesishga va tanasini sekin yonadigan o'tda kuydirishga hukm etilgan. Natijada u qatl etilgan (faqat o'tda kuydirish to'xtatilgan. Cherkov ilg'or g'oyalarga qarshi quturib kurashardi. Fransiyadagi ko'p yozuvchilar va olimlarning asarlari o'tga tashlab kuydirildi.

Fransiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g'oyat darajada holdan ketgan edi. Bu urushning 1713-yilda tamom bo'lishi Fransiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutulish bo'ldi. Biroq darhol moliya reformalari o'tkazish zarur edi, defitsit 2,5 milliard livrga yetib sof yillik davlat daromadidan 32 barobar ortiq edi18 . Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o'lgan vaqtda (1715 yilda) xalqning o'lgan qirolga nafrat bildirishidan qo'rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi Lyudovik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u faqat 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilgan bo'lishiga qaramasdan, Parij parlamenti Lyudovik XlVning jiyani, gersog Filipp Orleanskiyni regent deb e'lon qildi, undan Parij parlamentining ilgarigi vaqtdagi huquqlarini tiklashga va'da oldi. Filipp Orleanskiyning regentlik davri 9 yil (1715 - 1723) davom etdi. Regent parlamentning Lyudovik XIV tomonidan bekor qilingan huquqlarini tikladi. Jamiyatdagi vaziyat shunday ediki, sinf sifatidagi burjuaziyaga yon berilmaganida ham loaqal burjuaziya orasida o'z ta'sirini yo'qotmagan amaldor aristokratiya doiralariga bir muncha yon berishi kerak edi. Siyosiy avf umum e'lon etildi.


Yansenchilarni va gugenotlani ta'qib qilish to'xtatildi. Parij parlamenti misli ko'rilmagan siyosiy mavqega ega bo'ldi. Davlat apparati shunday bir tarzdi qayta tashkil etildi-ki, hokimiyat parlamentga tobe bo'lgan oltita kengash; dengiz ishlari kengashi, moliya kengashi, tashqi ishlar kengashi, ichki ishlar kengashi, harbiy kegash va savdo kengashi qo'lida bo'ldi. Davlatni idora qilish ishi asosan parlament prezidentlari va maslahatchilari qo'lida bo'ldi. Ammo, 1718-yildayoq dvoryanlarning va saroy zodagonlarining tobora g'azablanib borishi ta'siri ostida, shuningdek monetani buzishga va davla bankining operatsiyalariga parlamentning qarshi harakat qilishi munosabati bilan Filipp Orleanskiy u qadar katta bo'lmagan to'ntarish o'tkazdi: qirol huzuridagi tantanali majlisda parlamentga uning, qirol farmonlariga e'tiroz bildirish huquqlaridan yana mahrum etilib, 1667-yildagi holatiga tushirilganligi e'lon qilindi19 . Bu tadbirga qarshi qilinadigan harakatlarning oldini olish uchun Parij ko'chalarini qo'shinlar ishg'ol qildi, politsiya parlamentning bir nechta arbobini qamoqqa oldi. So'ngra kengashlar tugatilib, ularning vazifalari faqat regentgagina buysunadigan stats - sekretarlarga qaytarib berildi. Siyosiy oppozitsiyaning u qadar katta bo'lmagan xuruji 1718-yilning oxirlarida bostirildi. Regentlik tarixida asosiy siyosiy rol shu vaqtdan e'tiboran uddabron kardinal Dyubua qo'lida edi. Bu odamning Filipp Orleanskiyga ta'siri juda katta edi. Tashqi ishlar ctats ~ sekretarligi lavozimiga tayinlangan Dyubua Fransiyani Ispaniya bilan harbiy to'qnashuvga olib keldi (1719), so'ngra Avstriya bilan Fransiya o'rtasida urush chiqayozdi. Regentlik davridan ichki siyosat sohasidagi asosiy arbob bankir Lou bo'ldi.
Jon Lou tomonidan o'tkazilgan moliya reformasining dastlabki vaqtlardagi ajoyib muvaffaqiyatlari, shak-shubhasiz, 1718 yilda Lyudovik XIV ning dvoryanlar absolyutizmini tiklashda va burjuaziyaga yangidan-yangi yon berishlardan qutulishda Filipp Orleanskiyda yordam berdi. G'oyat katta defitsitni tugatish uchun regentlik yo davlat sindi, deb e'lon qilishi kerak edi yoki qandaydir murakkab vositalar ishlatib, puldorlar bilan ora ochiq bo'lishi kerak edi. Moliya kengashiga boshchilik qilayotgan marshal Noayl davlat qarziga doir barcha majburiyatlarning sud yo'li bilan qayta ko'rilib chiqishiga urinib ko'rdi. Biroq, juda ko'p moliyachilarning qamoqqa olinishi va ta'qib qilinishiga qaramasdan, u pirovard-oqibatda qarzlarning juda oz qisminigina bekor qila oldi. Monetai buzish, davlat qarzlari uchun to'lanadigan protsentlarni kamaytirish va shu kabi tadbirlar o'tkazish yo'lidagi urinishlar ham yordam bermadi. Shu narsa tushunarlidirki, boshqa mamlakatlarda o'z loyihalarini behuda taklif qilgan xalqaro ko'lamdagi moliyachi korchalon va katta birja tavakkalchisi bo'lgan, xazinani juda ham boyitish yo'lini bilaman, deb e'lon qilganshotland Jon Louni Fransiya saroyidagilar keng quchoq ochib qabul qildilar. Lou "sistemasi" nazariy jihatdan yerkantilistlar g'oyalariga qo'shilar edi: mamlakat boylig - puldir; pul faqat o'z qiymatigagina emas, balki muomala vositalari sifatida yordamchi qiymatga ham ega bo'lganligidandavlat tegishli miqdorda qo'shimcha so'mmada oltin va kumush pul emas, balki qog'oz pul chiqarib boyishi mumkin. Kredit bergan kishilarga qog'oz pul to'lab qarzini uzish imkoniyatiga ega bo'lgan Fransiya hukumatini faqat ana shu amaliy istiqbolgina qiziqtirar edi.
Lou davlat balki tashkil etishni taklif qildi, bu bankka fransuz puldorlari o'z pullarini qo'yib, o'z odatlari bo'yicha, burring evaziga foiz (renta) tarzida ta'min etilgan daromad olishlari kerak edi. Bank esa fransuz puldorlari tomonidanqo'yilgan bu mablagiarga monopol savdo-sanoat korxonalari tashkil etish, ya'ni fransuz burjuaziyasi kapitalni qayerdan olayotgan bo'lsa, bankka qo'yilgan yuqoridagi mablagiarni bank ham o'sha sohaga sarflash kerak edi. Samarasiz sudxo'rlik kapitali shu yoi bilan tobora yangidan-yangi boylik keltiruvchi savdo-sanoat kapitaliga aylanar edi. Mamlakat ichida asosan bank majburiyatlari (qog'oz pullar) va mayda moneta yurishi kerak edi. Louning bu "sistemasi" hammaning manfaatini bab-baravar qondiradigandek bo'lib ko'rindi. Shuning uchun ham bu "sistema", soliq sotib oluvchilar va moliyachilar qattiq oppozitsiyasida bo'lishiga qaramay, jamiyatning turli tabaqalarida birdaniga dong chiqardi va ishonch qozondi.
1716 yilda Jon Louga xususiy bank ochish ruxsat qilindi. Bu bankning kredit biletlari darhol qat'iy qiymatga ega bo'lib, hatto muomalada bu biletlarni metall pullardan afzal ko'ra boshladilar. 1717-yilda hukumat bank biletlarini davlat soliqlarini to'lashda pul bilan baravar qabul qilish haqida farmon chiqardi. 1718 yilda Lou banki qirol banki deb e'lon qilindi20. Shu vaqtdan e'tiboran, davlat qarzlari bank biletlari bilan to'plana boshladi.. shu bilan bir vaqtda Lou Vest-Indiya savdo kompaniyasi aksiyalarini chiqardi, bu kompaniya tez vaqt ichida boshqa savdo kompaniyalarining aksiyalarini sotib olganidan keyin yagona Hindiston kompaniyasi qilib qayta tashkil etildi va katta-katta imtiyozlarga ega bo'ldi. Bu kompaniya faoliyatining kolonizatsiya etish, tamaki yetishtirish va sotish monopoliyasi bo'ldi. Bu kompaniyaning aksiyalarini aksiyalarini bank biletlariga sotib olish mumkin edi. Bu aksiyalarga divident to'lanar edi. Tez va oson boy bo'lish vasvasasi mislsiz birja ajiotasini vujudga keltirdi. 500 livrlik aksiyalar 200 ming livrga sotila boshladi. Parijdagi Kenkampua ko'chasidagi birja binosi oldida ertadan kechgacha hovliqqan olomon to'planib, juda katta hayajon hukm surar edi. Bir necha kun ichida haddan tashqari boyib oilsh yoki xonavayron bo'lish mumkin edi. Zodagonlar, dvoryanlar, burjuaziya - ozgina boisa-da puli boigan barcha kishiar aksiya o'yiniga tortildi. Aksiya sotib olish uchun pul topish maqsadida mulkdorlar yer-suvlarini, hovli-joylarini, qimmatbaho buyumlarini sotar edilar. Olib sotarlar bu real boyliklarni bajonidil sotib olar edilar. Fransiya viloyatlaridagi sokin feodal turmush juda alg'ov-dalg'ov bo'lib ketdi.
1720 yilda bosh moliya nazoratchisi qilib tayinlangan Lou o'z maqsadlariga ma'lum darajada erishdi: Fransiya kapitali harakatga keldi, kredit berish tiklandi, lekin bu haraktalarga kelishning hammasi su'niy edi. Louning kredit sistemasida yetarli sanoat va savdo bazasi yo'q edi. 1720 yilning oxirlarida muomalada 3 milliard livr qog'oz pul bo'lsa, bankda hammasi bo'lib 700 million livrlik real boylik bor edi. Iyul oyidayoq dahshatli mish-mishlar tarqaldi, bu mish-mishlarni ranjigan moliyachilar tarqatgan edi. Saroy ahliga yaqin bo'lgan kishilar o'z qog'oz pullarining hammasini bankdan arava-arava oltin va kmushga almashtirishga birinchi bo'lib shoshildilar. Lou bu vahimani juda keskin vositalar bilan: mish-mish tarqatganlarni qamoqqa olish, aholidagi oltin va kumushni maxsus politsiya yordamida zo'rlik bilan tortib olish orqali to'xtatishga urindi. Bu tadbir halokatni tezlashtirishdan boshqa natija bermadi. Bu halokat 1720 yilning dekabrida ro'y berdi. Lou batamom xonavayron bo'lib, chet elga qochib ketdi. Hamma bank kontoralari bekildi, davlat esa burdi ketgan bank biletlarini qabul qilishdan bo tortdi. Lou "sitemasi" qanday tez vujudga kelgan bo'lsa, shunday tez yakun topdi. Bu g'oyat katta iqtisodiy qaqshashning oqibatlari Fransiyaning keyingi vaqtlardagi tarixi uchun juda katta saboq bo'ldi. Hukumat Lyudovik XIV dan meros qolgan qarzlarning katta qismidan qog'oz pul to'lab qutuldi. Bundan tashqari, mamlakatdagi boyliklar juda katta bir xajmda qayta taqsimlandi. Imtiyozli burjuaziya va dvoryanlarning boy qismi ayniqsa katta zarar ko'rdi, qarzga botgan ko'p dvoryanlar esa, aksincha, o'z qarzlarini qog'oz pul bilan to'lab qutulib o'z ishlarini o'ngarib oldilar. Firibgarlar, olib-sotarlar, dallollar, shuningdek yuqori mansabdagi saroy zodagonlari namoyondalari boyib oldilar. Lou "sistemasi" Fransiyada kreditning va pul muomalasining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Shu narsa ham juda muhimki, feodallarninger-mulki bu yillarda birinchi marta tovar sifatida ko'plab sotildi. Lou "sistemasi" yakun topganidan keyin eski moliya tartiblari tiklandi, bu tartiblar tiklanganidan keyin mamlakatdan yig'ib olinadigan soliqlarning ko'p qismi yana o'sha soliq sotib oluvchilar qo'lida qoladigan bo'ldi.
1723 yilda Lyudovik XV balog'atga yetdi, deb e'lon qilindi21. Qirol hokimiyatining mohiyati to'g'risidagi Lyudovik XV ning fikrlarini toia-to'kis qabul qilgan bo'lishiga qaramasdan, Lyudovik XV o'zining mashhur bobokaloniga hech qaysi jihatdan o'xshamas edi. Davlat ishlariga rahbarlik qilishni u o'z ministrlariga: gersog Burbonskiyga, keyin kardinal Fleriga (1726-1743) va so'ngra qirolning ma'shuqalari hohishi bilan hamda saroyda ro'y bergan fitnalar natijasida biri o'rniga ikkinchisi kelib turgan boshqa bir qancha arboblarga topshirib qo'ydi. Shu bilan bir vaqtda Lyudovik XV, oliy rahbarlik o'z qo'limda deb o'ylar edi. "Qora kabinet" yordami bilan u har kuni ministrlarning va yuqori darajadagi mansabdor kishilarning xususiy xatlaridan parchalar olib turar edi. Hamma maxfiy rejalardan xabardorman deb o'ylab, qirol ba'zan o'zi fitnaga aralashib qolar edi. Qirolning eng ta'sirli ma'shuqasi bo'lgan madam de Pompadur mahfiy mahkama boshlig'ini qirolga xatlarning Pompadur tomonidan ko'chirilgan parchalarini yoki, yoki, hatto Pompadur o'zi to'qigan parchalarnigina berishga majbur eta bilgan. Tashqi munosabatlar sohasida Lyudovik XIV tashqi ishlar ministrligining rasmiy siyosatiga qarama-qarshi o'laroq o'z mahfiy siyosatini olib borgan, ministrlarning ixtiyoridan tashqari tashqi davlatlarning saroylari bilan muzokaralar olib borish uchun o'z maxfiy agentlarini yuborgan va bu bilan Fransiya diplomatiyasiga juda katta zarar yetkazgan. Qirolning maxfiy diplomatiyasi ham oxir-oqibatda qirolning ishongan kishilarining shuhratparastlik maqsadida uyushtirgan fitnalari uchun qurol bo'lib xizmat qilgan, xolos.
Lyudovik XV haddan tashqari buzuqlikka burilib ketgan edi. Qirolning ba'zi ma'shuqalari - Shatoru, Pompadur, dyu Barri - uzoq vaqtlar davomida qirolga ta'sir
qilib kelganlar va aslida Fransiyani qiroldan ko'rpa ular ko'proq idora qilganlar. Oddiy mansabdorning qizi bo'lgan, qirol huzuriga qirolning kamerdineri tomonidan olib kirilgan Pompadur "Qirolning maxfiy ishratlari" ni boshqarish bilan birga, ministrlaming taqdirini ham o'z qo'lida tutib turgan. Bu ayol yangi muhtasham saroylar qurish, bayramlar, sayr tomoshalar uchun, o'zi yoqtirgan yozuvchilar va rassomlarga homiylik qilish uchun juda ko'p pul sarflagan. Lyudovik XV aysh-ishratga mukkasidan ketib, halokat yaqinlashib kelayotgan to'g'risidagi dahshatli ogohlantirishlarga hayosizlik bilan: "men hayot ekanman, hech narsa bo'lmaydi, vorisim bilganini qilsin" deb javob bergan. Uning "Bizdan keyin menga desa dunyoni suv bosib ketsin" degan mashhur iborasi ham xarakterlidir22.
Lyudovik XV hukmronlik qilgan gersog Burbonskiy idora qilgan dastlabki yillardayoq, mamlakatning tashqi va ichki siyosiy ahvoli g'oyat darajada yomonlashib ketdi. Fransiya dushmanlar blokiga - Ispaniya - Avstriya - Rossiya blokiga duch keldi va bu blokka qarshi turish uchun Angliya bilan ittifoq tuzdi, bu ittifoq Fransiya uchun juda ham foydasiz bo'lib, bu ittifoqda Fransiya qariyb vassallik holatida bo'ldi. Yangi butun Yevropa urushi xavfi tug'ildi, bu urush Fransiya uchun juda ham xatarli edi. Shu bilan bir vaqtda Fransiyaning o'zida diniy ta'qiblar yana boshlanib, ommaviy muhojirlik ruy berishiga sabab bo'lgan edi. Xalqni juda ham norozi qilgan, xonavayron etuvchi yangi soliqlar joriy etildi va hukumat maxfiy ravishda g'alla olib-sotish keyinroq halqqa qarshi dahshatli bir sistemaga aylanib, xalq uni "ochlik fitnasi" deb atadi. 1725 yilda Fransiyaning turli shaharlarida va Parijning chetidagi Sent-Antuan qishlog'ida ham g'alayonlari va qo'zg'olonlari ko'tarildi. 20-yillarda dehqonlarning va plebeylarning harakatlari umuman kuchaydi.
Gersog Burbonskiy o'rniga kardinal Fieri o'tirishi ahvolni birmuncha yaxshiladi. U "ellikdan bir" soliqni bekor qildi, ayrim moliya reformalari o'tkazdi, bu reformalar mamlakat ichidagi keskinlikni yumshatdi. Shu bilan bir vaqtda u Ispaniyaning qardosh Burbonlar saroyi bilan murosaga kelinishiga erishdi, bu bilan
Avstriya-Ispaniya ittifoqini buzdi. Fieri shu sababli Angliyaga nisbatan ancha mustaqil pozitsiya tutishi mumkin edi. Masalan, Fransiyaning azaliy dushmani bo'lgan Avstriya Gabsburglari bilan muqarrar ravishda bo'ladigan urushga tayyorgarlik ko'rish Ishi Fransiya uchun bir muncha yaxshi bordi. Bu urush 1733 yilda boshlanib, "Polsha merosi uchun olib borilgan urush" degan nom oldi23. Rasmiy jihatdan qaraganda, urush avstriyslar-ruslar taklif qilgan Avgust III nomzodiga qarama-qarshi o'laroq, 1709 yilda taxtdan tushirilgan va polyaklartomonidan yana qirol qilib saylangan Stanislav Leshinskiy nomzodini Fransiya qullab-quvvatlagani uchun boshlandi. Fransiya diplomatiyasi Shvetsiya bilan Turkiyani Polshaga yordam berishga otlantira olmadi - avstriys va rus qo'shinlari Polsha taxtiga har hoda o'z kishisini o'tqazdi. Lekin Italiyada va Germaniyada fransuz qo'shinlari avstriyslar ustidan katta-katta g'alabalar qozondilar. Fieri Lotarengiya Fransiyaga qo'shib olinadi degan va'da bilan cheklanib, urushni 1735 yida tamomlashga shoshildi (Lotarengiya Fransiyaga 1776 yilda uzil-kesil qo'shib olindi).
Shunday bo'lishiga qaramay, urush diplomatik vositalar bilan davom ettirildi: 1737 yilda Fransiya diplomatiyasi ustalik bilan Turkiyani Avstriyaga qarshi urushga olib kirdi va 1739 yilda Avstriya uchun eng og'ir bo'lgan Belgrad sulhining tuzilishiga yordam berdi. Fransiya saroyidagilar Avstriyaga tugallovchi zarba berib, Gabsburglarni tor-mor ketirishni oxiriga yetkazmoqchi bo'lgan edilar. Flerining maslahatlariga qaramasdan, Fransiya 1740 yilda Avstriya merosi uchun boshlangan urushga aralashdi. Xuddi kutilganidek, Angliya Avstriya imperatritsasi Mariya -Teroziyaga yordam berdi. Natijada ko'p frontlarda, jumladan Amerikada va Hindistonda uzoq vaqtdan beri olib borilayotgan qattiq urush shu bilan tamom bo'ldiki, Fransiya Niderlandiyada va Italiyada bosib olgan barcha yerlarini, Avstriya - Angliya ittifoqini buzish va urush harakatlarini to'xtatish uchun Avstriyaga berdi. (1748).
Bu vaqtda kardinal Fieri o'lgan edi (1743). Mamlakatni idora qilish ishiga turli kishilar navbatma-navbat kelib turdi, bu kishilar goh vaqtlarda reformalar
o'tkazish uchun behuda urindilar. 40-yillarning oxirlarida Fransiyaning ichki ahvoli juda keskinlashib ketgan edi. Butun mamlakatda xalq g'alayonlari ko'tarildi. Siyosiy va g'oyaviy oppozitsiya tez yetilmoqda edi. 1744-yilda Lionda to'quvchilarning juda kuchli stachkasi ko'tarilib, qo'zg'olonga aylanib ketdi. 1747-1748 yillarda ro'y bergan qattiq ochlik janubi -g'arbiy viloyatlarga Fransiyaning g'allakor viloyatlarga yoyildi. Yaqin yillar ichida ko'p joylarda qo'zg'olonlar ko'tarildi. 1749 yilning dekabirdan 1750 yilning may oyiga qadar Parij kuchalarida g'alayonlar va hatto halqning qushinlarga qarshi qonli barrikada janglari bo'lib o'tdi . markaz darjanson o'sha vaqtda o'z kundalik daftariga qo'yidagilarni yozgan edi, «Birorta uy yuqki unda qirol va lining hukumati sha'niga yomon gaplar eshitmasin kishi...Barcha toifalar bab-baravar norozi . Bularning hammasi yonuvchi matirealdir , chinakam halq notiqlari,xalq yig'ilishlari ,kamunallar saylanganlaridan keyin g'azab isyonga,isyon esa chinakam revalyutsiyaga aylanib ketishi mumkun. Firansiya emas, balki ayni hukumat xavf ostidadir. Hukumat revalyutsiyani totib kurishi mumkun. Biz bir qancha halokatli g'azablar shohidi boidik,birinchi qulay fursat ro'y berishi bilanoq, bu g'azablar yanada kuchliroq bo'lishi mumkin»24. Ammo absalyutistik rejim yana qariyib 40 yil davom etdi. Bunday bo'lishining asosiy sababi shu Ediki, uning harbiy - siyosiy kuchi katta edi . Lyudovik XV zamonidagi fransuz armiyasi Yevropa birinchi urinlardan birida turar edi. G'oyat keng tarqalgan maxfiy josuslik sistemasiga ega boigan Firansiya palitsiyasi boshqa barcha feodal davlatlar uchun yuksak namuna bo'lib xizmat qilar edi. Dahshatli qamoqxonalar,shu jumladan , Bastiliya qamoqxonasi , tergov vaqtidagi qiynashlar , adolatsiz va shavqatsiz sud, xaloyiq oldida o'tkaziladigan vahshiyona jazolar -charhpalakka tortib azoblab o'ldirish,to'rt pora qilish- bularning hammasi kuchli siyosiy terror sistemasi edi. 1758-yilda vazir Masho o'rniga markiza Pompadurning odami bo'lgan gersog Shuazel tayinlandi, bu odam 1770- yilgacha Fransiya siyosatining asosiy rahbari bo'ldi25 . U ma'muriyat va ekonamika sohasida kichik-kichik reformalar o'tkazib, parlamentlar oppozitsiyasini birmuncha yumshatdi. Biroq, uning e'tibori asosan xalqaro ishlarga qaratilgan edi. Ministr Masho tomonidan boshlangan 7 yillik urush (1756-1763) Shuazel davrida tamom boidi.
Bu urush Fransiyaning tashqi siyosatidagi bosh yoida XVIII asrning birinchi yarmi mobaynida sekin-asta ro'y byera boshlagan burilishni tugalladi. O'tgan butun ikki asr XVI va XVII asrlar mobaynida Fransiyaning qurshab olish xavfiga qarshi kurashdan iborat bo'lgan edi . Endi umri tugab borayotgan , lekin hali yo'q qilinmagan eski ziddiyatlarga yangi antaganezm Fransiya bilan Angiliya o'rtasidagi antanagonizm kelib qo'shila boshladi , bu antagonezm butun XVIII asr davomida xalqaro siyosatda eng katta ahamiyatga ega buldi. Avval bu antanezim Fransiya-Avstriya kurashida qo'shimcha omilgina bo'lib ko'ringan edi. Lekin XVIII-asrning o'rtalarida Angliya-Fransiya antaganezmishu qadar kuchayib ketdiki, Fransiya o'zining butun traditsiyalarini buzib , Avstriya bilan ittifoq tuzdi (1756 ) chunki Avstiriyaning dushmani bo'lgan Prussiya bu vaqtda Angiliyadan yordam olib turgan edi. Shunday qilib , yetti yillik urushning mazmuni Avstiriya -Pirussiya raqobatidan ko'ra, ko'proq Angliya - Fransiya kurashi edi. Shu bilan bir vaqtda Firansiyaning Markaziy vaSharqiy Yevropaga ta'sir qilish uchun Rossiya bilan olib borayotgan raqobati ham kuchaymoqda edi. Firansiyaning yetti yillik urushida Rassiya Bilan tuzgan «Ittifoqi» noilojlikdan tuzilgan mutlaqo soxta ittifoqi edi. Yetti yillik urushdan ilgariyoq, ayniqsa bu urushdan keyin, Firansiyaning xalqaro ahamiyati yo'qolib bormoqda, Rossiyaning xalqoro ahamiyati esa oshib bormoqda edi.
Yetti yillik urushda Rossiyaning qatnashuvi Prussiyani batamom tor-mor bo'lishiga olib kelayozdi. Biroq Fransiya Angiliyadan qattiq mag'lubiyatga uchradi. Fransiya o'zining dengiz flotidan ajrab , 1765-yilda Parijda tuzilgan sulhnomaga muvofiq , o'zining Amerikadagi «Kanada va boshqalar», Osiyodagi «Fransiya Hindistoni» va Afrikadagi deyarli barcha mustamlaka mulklarini Angiliyaga berishga majbur bo'ldi . Firansiya diplomatiyasiga aloqador bo'lgan o'sha davrdagi kishilardan biri - graf dn Segyur Fransiyaning tashqi siyosat sohasidagi barcha bu muvaffaqiyatsizliklarini qo'yidagi so'zlar bilan yakunlagan edi: «Shunday qilib, hukumat endi moliya sohasida tartib ham o'rnashtira olmadi, qattiq siyosat ham olib bora olmadi.
Fransiya o'zining Yevropadagi ta'sirini yo'qotdi: Angliya dengizlarda bemalol hukmronlik qildi va ikala Hindistonni ham monelikka uchramay bosib oldi. Shimoliy davlatlar Polshani boiib olishdi. Vestfaliya sulhi natijasida o'rnatilgan muvozanat tamom boidi. Fransiya monarxiyasi birinchi darajali davlavtchilikdan chiqib, bu o'rinni Yekaterina II ga berdi ... «Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, Fransiya qasos olishga - Angliyaga qarshi urush ochishga zo'r berib tayyorlana boshladi. Fransiyaning ichki vaziyati 60-70 yillarda tobora keskinlashib bordi26. Dehqonlarning qo'zg'olonlari, ishchilarning stachkalari, shaharlardagi plebey elementlarning harakatlari asta-sekin, ammo to'jtovsiz kuchaya bordi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida parlamentlar burjuaziyadan ancha uzoqlashib, hukmron dvoryan doiralari Bilan mahkam bog'langan bo'lsalar-da, parlamentlarning hukumat tomonidan o'tkazilayotgan u yoki bu tadbirlarga qarshi qaratilgan oppozitsiyasiabsolyutizm siyosiy rejimidan burjuaziya ichidagi ayrim tabaqalar noroziligining namoyon bo'lishida hali hamjarchilik xizmatini o'tayotgan edi. Lyudovik XV hukmronligining oxirgi yillarida shu zxaminda katta voqealar ro'y berdi, bu voqealar mamlakatda inqilobiy inqiroz yetilib kelayotganligini ko'rsatadigan alomat edi.
Parlament oppozitsiyasini bartaraf qilish maqsadida, Saroy 1761 yilda Parij Parlamentini yo'qotishga harakat qilib ko'rdi, lekin oradan ko'p vaqt o'tmay, juda katta ijtimoiy g'alayonlar bo’lishidan qo'rqib, bu reformani bekor qilishga majbur bo'ldi. 1766 yilda Lyudovik XV Parij parlamentiga kelib, dahshatli bir nutq so'zladi: «Parlamentlar surbetlik bilan nojo’ya harakat qilib, o'zlarini millat organi deb ko'rsatmoqdalar ... Ular millatni alohida, monarxga tobe bo'lmagan, mustaqil, allaqanday alohida bir asos deb bilmoqchi bo'ladilar, holbuki, millatning manfaatlari va huquqlari - hamma narsa manna bunda, mening qo'limdadir». Kansler Mopu 1771 yilda parlament oppozitsiyasini bir urib yo'qotishga ahd qildi: Parij parlamenti a'zolarining katta ko'pchiligi qamoqqa olinib, badarg'a qilindi: Parij va Ruan parlamentlari o'rniga oddiy sud kameralari tashkil etilib, ularning a'zolari qirol tomonidan tayinlanadigan bo'ldi, boshqa viloyatlardagi parlamentlar qayta qurildi. Biroq, Mopu Reformalari shu qadar ko'p qahr g'azab va mazaxga sabab bo'ldi-ki, 1774 yilda Lyudovik XVI taxtga o'tirayotgan vaqtda beobro' kanslerni ishdan olishga, parlamentlarni esa eski asoslarda tiklashga qaror qilindi. Lyudovik XVI hukmronligining dastlabki yillarida islohotlar qilindi. Bu islohotlar tezda bekor qilinmaganida kapitalizmning taraqqiy etishiga anechagina yordam bergan bo'lar edi. 1774 yilda moliya bosh nazoratchisi lavozimiga yirik davlat arbobi, va mashhur iqtisodchi - nazariyotchi, fiziokrat «Gurne madhiyalari» (1759), « g'alla savdosi erkinligi haqida maktublar» (1770) va boshqa ko'pgina asarlarning avtori Tyurgo chaqirilgan edi27. 1774 yildayoq Tyurgo g'alla savdosidagi cheklashlarni bekor qilgan edi: 1775 yilda shaharga keltiriladigan oziq-ovqat mollaridan olinadigan boj kamaytirildi va shu yilning o'zida bu soliqlar birinchi marta imttiyozli toifalardan ham olinadigan bo'ldi; bundan tashqari, 1775 yilda imtiyozli toifalardan, yo'l puli ham olinadigan boidi, dehqonlarning natural majburiyati, yo'l barshchinasi tugatildi. 1776 yil erkin vino savdosi joriy qilindi, bu tadbir vinochi sinorlarning eng muhim banralitet huquqlarini bekor qilgan edi; Shu bilan bir qatorda 1776 yilning boshlarida sex korporatsiyalar va gildillari ham tugatildi. Bu islohotlarning hammasi Tyurgo tuzib chiqqan juda keng davlat o'zgartirishlari programmasining dastlabki tadbirlari edi, xolos. Tyurgo islohot qilishiga kirishar ekan, qirolga: «Men o'zimni qirol qo'liga emas, balki sofdil kishi qo'liga topshiraman» - degan edi, «ham to'g'ri qilasiz» - deb javob qaytargandi «Sofdil kishi», ammo, u ikki yil o'tar-o'tmas islohotchi ministrni haydab yubordi. Antuanetta boshliq reaksion Saroy ayo'nlari Tyurgoning hamma isloxotlari bekor qilindi.
1777 yilning iyun oyida moliya bosh nazoratchisi mahkamasining haqiqiy rahbari Nekker bo'lib qoldi. Nekker Shvetsariyalik yirik bankir edi, uning hamma rasmiy jihatdan Fransiyada oliy davlat lavozimini egallashga xaqqi ham yo'q edi. Nekker islohotlari Tyurgo boshlagan davlat miqyosidagi o'zgartirishlarining karikaturasi bo'lib, bir-biriga zid yarim-yorti choralardan iborat edi. Nekker monarxiyani asosan ikki yo'l bilan : «tejamlik»va ichki zayomlar chiqarish yoii bilan sinishdan saqlab qolmoqchi edi. Ammo «tejamlik» isrofgar qirolicha bilan saroydagi barcha tekinxo'rlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ldi.
Nekker fransuz absolyutizmi tarixida birinchi marta moliya boshqarmasi to'g'risida qisman hisobot e'lon qilib, o'zining qulashini (1781) tezlashtirdi28. Hatto Nekkerning to'la bo'lmagan va soxtalashtirilgan shu hisoboti ham davlat xarajatlarida mutlaqo kontrol bo'lmasligidan manfaatdor saroy tekinxo'rlarini g'azabga keltirdi. Reaksiya avj olar va feodal absolyutistik tuzumning barcha ichki ziddiyatlari keskinlashar, xalq kulfat va musibati kundan-kun oshib, xalq harakati esa juda tez kuchayib borardi - Fransiyaning XVII asr 80 yillar tarixining eng harakterli xususiyatlari anna shular edi. G'oyat katta daromadga ega bo'lgan toifalarni soliqlar to'lashdan ozod qilib qo'ygan feodal absolyutistik hukumatning noto'g'ri moliyaviy siyosati natijasida Fransiya inqiroz bo'sag'asiga kelib qoldi. Nikkerdan keyin bo'lgan moliya bosh nazoratchisidan biri Kalonn favqulodda tadbirlar ko'ra boshladi: u tanga pullarni qaytadan zarb etdi, hukumat sotib beradigan davlat lavozimlar doirasini kengaytirdi, ko'pdan-ko'p davlat yerlarini sotdi, bosh otkupshchiklardan 225 million livr pulni oldindan avans qilib oldi, ammo shu tadbirlarga qaramasdan, davlat defitsiti 100 million livrdan oshib ketdi29 . Shundan keyin hukumat Tyurgo loyihasiga qaytishga - soliqlarning bir qismini imtiyozli toifalar ustiga yuklashga majbur bo'ldi.
1788-1789 yillarda Fransiyada inqilobiy vaziyatning bu barcha obyektiv shart-sharoitlari mavjud edi. Undan tashqarii, subyektiv faktorlar - «hech bir vaqt hatto krizislar davrida ham agar, «tushirib yubormasalar» o'zi «yiqilib tushmaydigan» eski hukumatni sindirib tashlash uchun yetarli darajada kuchli revolyutsion ommaviy harakatlarga qobil» inqilobiy sinflar ham bor edi. Absolyutizmning chuqur inqirozi, Fransiyada hukmronlik qilgan feodal sinflar siyosatining inqirozi va «yuqori tabaqalar» o'rtasidagi ixtilof yuqorida tarif etilgan edi. 1787 yilda boshlangan savdo sanoat inqirozi keng mehnatkashlar ommasining muhtojligini kuchaytirdi va mushkul ahvolni yana og'irlashtirdi. 100 minglab ishsiz qolgan hunarmandlar va ishchilar och qoldi, bularning ko'pchiligi tilanchilik qilishga majbur bo'ldi.
Ekin va uzumlarning hosili bo'lmay qolganligidan jafo chekayotgan keng dehqonlar ommasi ham qattiq qiyinchilik tortayotgan edi. 1788-1789 ochlik yillarida ommaning faoliyati ancha oshdi. Inqilobdan bir yil ilgariyoq Fransiyaning butun hududida mehnatkashlar ommasi shahar va qishloq kambag'allari ilgarigiga qaraganda kata kuch va aniq siyosiy ishtiyoq bilan qo'llariga qurol oldilar.
Hukumat farmoni bilan tuzilgan sud palatalarining yangi a'zolarini xalq haydab yuborardi. 1788 yilning 11-12 iyulida Dijonda xalqning harbiy qismlari bilan qonli to'qnashuv bo'ldi. Bretan, Beari va Dofine viloyatlarida shahar va qishloq aholisi qurol ko'tarib chiqdi. 19 iyunda Beam viloyatidagi Po shahrida, tog' atrofidagi aholi zambaraklarni qoiga kiritdi. Viloyat hokimi o'z uyidan chiqishga jur'at eta olmadi.
Dofine viloyatidagi harakat juda kattta ahamiyatga ega bo'ldi. 10 mayda qo'shinlar qo'mondoni gersog de Klermon - Toner sud reformasi to'g'risidagi farmonni ruyxatdan o'tkazish uchun Grenobl sud palatasiga keldi. Grenobl parlament a'zolari norozilik ultimatumi Bilan javob qaytardilar: ular farmon bekor qilinmagan taqdirda Dofine viloyati qirolga sadoqat saqlay olmaydi, dedilar. Klermon-Tonner norozilik ultimatumi tuzgshanlarni qamoqqa olishga urinib ko'rdi. Shundan keyin Grenobl shahar hokimiyati rahbarligida xalq qo'zg'aldi. 1788 yil 7 iyunda odam to'plash uchun uriladigan qo'ng'iroqlar chalindi. 40 dan ortiq hunarmand korporatsiyasi ko'chaga chiqdi30. bularga uyushmagan shahar aholisi va atrof qishloqlardagi dehqonlar ommasi qo'shildi. Klermon-Tonner ning uyi qurshab olindi. Soldatlar o'z boshliqlarini mudofa soldatlaritga qarab ota boshladi. Bolaxona ayvoni va tomlardan cherepitsalar soldatlar ustiga do'lday yog'ilardi. bu rkevolyutsion chiqish «cherepitsiya kuni» deb nom oldi. Qo'rqib ketgan Klermon-Tonner Grenobl parlamenti binosi kalitini topshirdi. Parlament a'zolari, qirol farmonini buzib, o'z joylariga qaytdilar.
Hukumat yon berishlar bilan mamlakatni tinchlantirishga urindi. 8 avgustda hukumat Yangi hukumat sud palatalariga boshchilik qilgan organ «umumiy palata»ni tugatdi va 1789 yil ko'klamda general shtatlarni chaqirishga va'da berdi. 1788 yil 24 avgustda Nikker moliya bosh direktorii unvoni bilan hukumatga qaytdi. Nikkerning hukumatga qaytishi yirik burjuaziyaga tasalli berdi. Ammo xalq ommasining mumtozlarga bo'lgan nafrati yana kuchaydi va xuddi shu vaqtda, 1788 yilning oxirida yirik burjuaziya hukumatning yon berishlaridan qanoat hosil qilgan vaqtda xalq g'alayonlari yanada ko'proq avj oldi. Ommaning tazyiqi Bilan hukumat Yana bir qadam tashladi, ya'ni 1788 yil 27 dekabrda qirol soveti general shtatlarda 3 toifa vakillari sonini ikki hissa ko'paytirishga rozilik berdi. General- shtatlarga saylovlar 1789 yilning birinchi yarmida butun mamlakatga zo'r inqiloblashtiruvchi ta'sir ko'rsatgan iqtisodiy inqiroz va xalq g'alayonlari sharoitida o'tdi. Fransiyaning ko'pgina qismida kambag'al dehqonlar oziq-ovqat omborlari va ot-aravalarni bosib olish bilangina chegaralanmadilar. joylarda dehqonlar senorlarni feodal huquqlaridan voz kechishga majbur etdilar.
Feodallik xujjatlarini yondirdilar, soliq yo'g'uvchilarga xujum qildilar. Uchinchi toifa uchun General shtatlarga saylovlar umumiy ham, to'g'ridan-to'g'ri ham bo'lmadi. Saylovlarga uchinchitoifadan faqat 25 yoshga to'lgan soliq to'lovchilargina qatnashtirildi. Ishchilar saylovlardan umuman chetlashtirilgan edi. Faqat dvoryanlargina to'g'ridan-to'g'ri saylandilar, ruhoniylar uchun saylov ikki pog'onali, uchinchi toifa uchun uch pog'onali va ba'zi joylarda esa to'rt pog'onali saylov edi.
Eski saylov tartibiga ko'ra xalqning talabi va hohishi to'g'risida saylovchilarning fikri so'ralar, o'ziga xos anketa to'ldirilardi. Har bir toifa yozuvni alohida olib borar edi. «Talablar» deb atalgan bu yozuvlar garchi juda silliqlangan bo'lsa-da, fransuz xalqining turli qatlamlarining absolyutizm va feodalizm kishanlaridan qutilishiga intilishini ifoda qilgan edi.
XVIII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o'rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo'jaligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. Ular ijaraga yer olib kun kechirardilar. Soliqlarning soni tobora ko'payib borardi. Biming ustiga, cherkovga ham soliq to'lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag'allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchaygan. Bu hoi tez-tez "non isyonlari"ni keltirib chiqargan31 . O'rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to'siq bo'lgan. Mamalakatda manufaktura ishlab chiqarishi Buyuk Britaniyaga tenglasha olmagan.
XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat inqilobi yuz bermagan edi. Manifaktura ishchilariga faqat yakshanba kunigina korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning o'zlari o'rnatgan yo'l solig'idan aziyat chekardi. Buning ustiga, burjuaziya qanchalik boy bo'lmasin, u siyosiy huquqqa ega emas edi.
Davlatni boshqarish amalda mamlakat aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniylar va dvoryanlar qo'lida edi. Ular soliq to'lashdan ozod edilar. Mamlakat qurolli kuchlarida zobitlik lavozimini faqat dvoryanlar egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa mamlakatni boshqarish ishiga yaqinlashtirmas edi.
Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. Inson huquqlari tushunchasi qirollar uchun qog'ozdagi g'oyalar edi, xolos. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro'sini pasaytirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo'shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va
soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og'irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilob my berishini muqarrar qilib qo'ydi.
Vaziyat inqilob ruy berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1694 yildan beri chaqirilmay qo'ygan General shtatlarni 1789 yilda qayta chaqirdi. Barcha tabaqalarga General shtatlarga o'z talablarini yozma ravishda topshirish huquqi ham berildi. Qirol bo'shab qolgan mamlakat xazinasini to'ldirish uchun yangi soliqlar joriy etilishini va General shtatlar uni tasdiqlash zarurligini ma'lum qildi. Biroq uchinchi tabaqa yuqori imtiyozli tabaqalarning mol-mulkini soliqqa tortishni talab qildi. Oqibatda parlamentda bo'linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi tabaqaning talabini qullab-quvvatladi. 1789 yilning 17 iyunida uchinchi tabaqa deputatlari o'zlarini butun millat vakillari deb e'lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament - Milliy kengash tuzdilar. 9 iyulda Milliy kengash o'zini - "Ta'sis majlisi" deb e'lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14 iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat turmasi) egallandi. Qattiq qo'rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo'ldi. U Ta'sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hukumat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qoiiga o'tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi32. Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya - savdo-sanoat burjuaziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. 1789 yilda Ta'sis majlisi yan bir muhim xujjat - "Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi"ni qabul qildi. U "barcha odamlar ozod va teng huquqli boTib tug'iladilar" degan so'zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni "jamiyatning manbai" deb e'lon qildi. Shuningdek, feodal va tabaqa imtiyozlarini bekor qildi. So'z, matbuot erkinligini e'lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etish erkinligini hamda xususiy mulkning dahlsiz va muqaddasligini belgilab qo'ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi.

Download 335 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling