Mundarija kirish zavod texnologik jarayonining tavsifi Hisobiy yuklamani aniqlash 5


Kurs loyihasini rasmiylashtirish tartibi


Download 227.27 Kb.
bet2/13
Sana06.04.2023
Hajmi227.27 Kb.
#1334612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi

1.3. Kurs loyihasini rasmiylashtirish tartibi
Kurs loyihasi jami 60-80 varoq bo‘lgan tushuntirish bayonidan va grafik chizmalardan iborat bo‘ladi.
Tushuntirish bayoni titul varoqdagi (1-ilova) boshlanadi, keyingi varoqlarda kurs loyihasi uchun topshiriq (2-ilova), kurs loyihasiga ilova qilinadigan chizmalar keltiriladi.
Kurs loyihasining chizmalari ikki qismdagi iborat:
a) Korxona bosh plani va elektr yuklamalar kartogrammasi;
b) Elektr ta’minotining bir chiziqli prinsipial sxemasi.


2.ZAVODTEXNOLOGIKJARAYONING TAVSIFI.
Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi
Kimyo sanoati xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning joylashishi mashinasozlik sanoatining joylashini eslatadi.Kimyo sanoati o’ziga xos hususiyatlarga ega. Birinchi hususiyati, tabiiy materiallardan ustun turuvchi yangi materiallar ishlab chiqarishidir. Bu materiallar arzonligi va mustaxkamligi bilan ajralib turadi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga nisbatan 20 barobar kam mehnat sarflanadi.Ikkinchi hususiyati, ishlab chiqarishni kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi. Chunki, ko’mir, neft, gaz, slanets, torfdan bir vaqtning o’zida ham energiya, ham qimmatli kimyo maxsulotlari olish uchun foydalanish energetika-kimyo kombinatlarini qurishga olib keldi. Kimyo sanoatini boshqa sanoat tarmoqlari bilan kombinatlashtirish natijasida maxsus ishlab chiqarishlar — koks-kimyo, neft-kimyo, slanets-kimyo sanoat tarmoqlari vujudga keldi.Uchinchi hususiyati, kimyo sanoatining keng xom ashyo manbalariga egaligidir. Turli xil foydali qazilmalar, yog’och, suv, havo, ishlab chiqarish chiqindilari ushbu sanoat uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Ammo uning asosiy xom ashyosi maxsus tayyorlangan xom ashyo (neftni qayta ishlash, ko’mirni kokslash chiqindilari) bo’lib hisoblanadi.Kimyo sanoati bir qancha tarmoqlardan iborat, ularning asosiylari quyidagilar: tog’ kimyosi, asosiy kimyo, polimerlar kimyosi.Tog’ kimyosi mineral xom ashyoni qazib olish bilan shug’illanadi, shuning uchun bu tarmoq korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin bo’lgan joylarda joylashtiriladi.Asosiy kimyo tarmog’i mineral o’gitlar va turli xil kislotalar, tuzlar ishlab chiqaradi. Sulfat kislotasini tashib yurish qiyin, uni tashish uchun kislotaga chidamli materiallardan yasalgan maxsus sisternalar kerak bo’ladi. Ammo uning xom ashyosini tashish osonroq. Shu sababli sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan zavodlar, kislota ishlatiladigan xududlarda, ya’ni iste’molchiga yaqin quriladi. Sulfat kislotasi metallurgiya kombinatlarida ham ishlab chiqariladi. Bularda sulfat kislotasi rangli metallarni eritganda chiqadigan oltingugurt gazidan olinadi.Superfosfat zavodlari o’gitlar iste’mol qilinadigan joylarda qiriladi. Chunki 1 t xom ashyodan 2 t o’git tayyorlanadi, ammo o’git ishlab chiqarish uchun juda ko’p sulfat kislotasi ishatiladi. Tarkibida fosfor ko’p bo’lgan o’gitlar ishlab chiqaruvchi yangi superfosfat zavodlari ko’proq xom ashyo manbalariga yaqin qurilmoqda, chunki xom ashyoga nisbatan tayyor maxsulotni tashish qulayroq.Azotli va kaliyli o’gitlar zavodlari ham xom ashyo manbalariga yaqin quriladi. Azotli o’gitlar zavodlarida tabiiy va yo’ldosh gazlardan foydalaniladi. Shu sababli, bunday zavodlar neft qazib chiqariladigan rayonlarda, magistralh gaz quvurlari o’tgan yerlarda, metallurgiya kombinatlari yonida quriladi.Polimerlar kimyosida maxsulot birligini olish uchun ko’p miqdorda issiqlik va elektr energiyasi, suv va maxsus tayyorlangan xom ashyo sarflanadi. Shu sababli, polimerlar ishlab chiqarish neft maxsulotlari ishlab chiqaradigan, ko’mir kokslanadigan joylarda, arzon energiya, yoqilg’i va suv bor xududlarda barpo qilinadi. Tayyor maxsulot (plastmassa buyumlar) ishlab chiqaradigan korxonalar iste’molchini hisobga olib quriladi.
Maydalangan xomashyo aralashtirgich yordamida suv bilan aralashtirilib pulpa (qattiq materialni suyuqlik bilan aralashmasi) shaklida vertikal cho‘ktirish kameralaridan iborat tindirgichga yuboriladi. Kamera bo‘ylab pulpaning harakat tezligi kamayib boradi. Natijada qattiq zarrachalarning cho‘kishi osonlashadi. I—kamerada katta zarrachalar, II va III—kameralarda o‘rtacha va yengil zarrachalar cho‘kadi. Tindirgich kameralarning sonini ko‘paytirib xomashyoni turlicha fraksiyalarga ajratish mumkin. Ko‘pincha cho‘ktirish kameralarining bittasida xomashyo tarkibida keraksiz jinslar (tuproq, loyqalar) cho‘kmaga tushadi va konsentrlangan mineral keyingi kameralarda ajratib olinadi.
Kimyo sanoatida xomashyodan kompleks foydalanish muammosi hal etilsa, chiqindisiz mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, atrof-muxitning kimyoviy moddalar bilan zararlanishi pasayadi va ekologiya yaxshilanadi.



Download 227.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling