Mundarija reja


Download 346.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana03.02.2023
Hajmi346.4 Kb.
#1151529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi (2)

 
 



1. Pensiya jamg‘armasining xarajatlari tavsifi, tarkibi va yo‘nalishlari 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2022 
yildagi PQ-198-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi 
Nizomga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasining xarajatlari quyidagilardan iborat:
a) 2022-yil 1-maydan boshlab: 
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga 
va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy 
yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va 
stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan 
moddiy yordam pullari (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam pullari) har oyning 
5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda 
AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi; 
AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda 
moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 
1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT “Xalq banki” 
zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda 
pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga 
ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi; 
barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda 
kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi 
o‘rinlarda — pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik 
pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. 
Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga 
o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechiladi
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash 
va ularning to‘lov hisob-kitoblari tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 
avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini 
yuritish amaliyoti bekor qilinadi. 



Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya 
to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar.
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining 
jamlanma 
parametrlari 
hamda 
2023-2024-yillarga 
budjet mo‘ljallari 3-
jadvalga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bo‘lgan 2022-yil uchun O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 
2023-2024-yillarga maqsadli mo‘ljallar 4-jadvalga muvofiq ma’lumot uchun qabul 
qilinsin. 

Download 346.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling