Mundarija reja
Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
2.Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish
yo’nalishlari Ma’lumki, davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normative-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 252-sonli qarori va unga ilova qilingan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash to’g’risida”gi Nizom hisoblanadi. Pensiya tayinlash va to’lash, shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog’liq boshqa masalalarini ko’rib chiqish “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash to’g’risida”gi Nizomga muvofiq Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nizom asosida pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi, pensiyalar tayinlash uchun ish satijini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi, pensiyani hisoblash tartibi, pensiya tayinlash tartibi, pensiyalarni bir turidan boshqa turga o’tkazish tartibi, pensiya qayta hisoblab chiqarish tartibi, pensiyalarni to’lash tartibi, pensiyaga oid hujjatlar yig’ma jildini hidobga olish va saqlash tartibi amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 252- sonli qaroriga muvofiq talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo’lganda yoshidan qat’iy nazar, pensiyaga chiqich huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro’yxati; talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo’lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-ro’yxati; talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo’lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 3-ro’yxati tasdiqlandi. “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash to’g’risida”gi Nizomning 1- 16 ilovasiga ko’ra “Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar ro’yxati”, 2- ilovasiga ko’ra “Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar ro’yxati, 3- ilovasiga ko’ra “Patologoanatomiya muassasalari va sud tibbiyot ekspertizasi muassasalarining pensiya tayinlash vaqtida marhnat staji bir yarim baravar ko’paytiriladigan tibbiyot xodimlari ayrim toifalarining ro’yxati, 4-ilovasida “ Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash tartibi”, 5-ilovasida “Toliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o’tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro’yxati”, 6-ilovasida “Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash davri to’g’risidagi ma’lumotlar namunasi”, 7-ilovasida “Harakatdagi armiya tarkibida harbiy xizmat davri to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 8-ilovasida “Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan davr to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 9-10-ilovalarda “Harbiy xizmatchi xotinnin gishga joylashish imkoniyati bo’lmaga joylarda eri bilan yashagan davri to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 11-ilovasida “Imtiyozli pensiya ta’minotiga bo’lgan huquqni aniqlshtiruvchi ma’lumotnoma namunasi”, 12-ilovasida “Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 13- ilovasida “Ish haqi to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomasining namunasi” hamda 14- ilovasida “Mehnatga layoqatsiz fuqarolarni to’liq davlat ta’minotidagi shaxslar toifasiga kiritish shartlari” tasdiqlangan. Chet elda ishlagan shaxslar va ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan sug;urta badallarini to’lashning yagona mexanizmini tashkil etish orqali pensiya qonunchiligini yanada takomillshtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22- fecraldagi 46-sonli qarori 7 bilan “Chet elda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi vazirligi huzuridagi budjetdan 7 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi “Chet el ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan ayrim toifalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to’g’risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-sonli Qarori 17 tashqari Pensiya jamg’armasining sug’urta badallari to’lash tartibini,shunungdek ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini v aish haqi miqdorini olish to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq chet elda ishlayotgan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg’armasiga sug’irta badallari to’lash tartibini shuningdek, ular tomonidan Pensiya jamg’armasiga to’lanadigam sug’urta badallarini, davlat pensiyalarini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibini belgilaydi. Amaldagi pensiya qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Rrspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar, dehqon xo’jaligi boshlig’i, dehqon xo’jaligi a’zosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi a’zosi, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan jismoniy shaxslarning Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lash tartibi hamda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji va ish haqi miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs (vakolatli organdan ruxsatnoma olgan holda ishlovchi shaxs) Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini ixtiyoriy ravishda, biroq belgilangan eng kam ish haqining bir barobaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentabr oyidagi “Ish haqi, pensiyalar stipendiyalar va nafaqalar to’g’risida”gi PF-4822-sonli Farmoniga ko’ra 2018-yilning noyabr oyidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o’rta hisobda 1,15 baravar oshirildi. 8 Umuman olganda, istiqlol bergan imkonyatlar va Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan fuqarolar tufayli mamlakatimizning pensiya ta’monoti tizimida tub 8 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentabr oyidagi “ Ish haqi, pensiyalar stipendiyalar va nafaqalar to’g’risida”gi PF-4822-sonli Farmoni 18 islohatlar amalga oshirildi. Ushbu islohatlar natijasida, eng avvalo inson manfaatlarini aks ettirgan ko’plab o’zgarish va yangiliklarga qo’l urildi. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. 4-jadval Download 346.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling