Mundarija reja
O‘tkazilishi lozim — hammasi
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
O‘tkazilishi lozim — hammasi
040 O‘zbekistonda 2022-yildan boshlab pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib borilishi taklif etilmoqda. 2018 yilning 25 may kuni Oliy Majlis Senatining budjet va iqtisodiy islohotlar Qo’mitasi, Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda BMT Rivojlanish dasturi, Jahon banki va YuNISEF mutaxassislari ishtirokida o’tkazilgan seminarda vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilikdan pensiya islohotlarini amalga oshirish bo’yicha qabul qilingan dastlabki tavsiyalar tahlil qilindi va muhokamasi o’tkazildi. Normativ- huquqiy bazani takomillashtirish masalasi, xususan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuning yangi tahrirda ishlab chiqilishi batafsil muhokama qilindi. Bu borada, qonunni chet el tajribasini o’rganish hamda mamlakatimizning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish to’g’risida fikrlar bildirildi. Shu bilan birga, qonunning normalarida fuqarolarning pensiya miqdorlari ularning mehnat stajlari davomiyligi va ish haqiga bog’liq bo’lishi hamda ijtimoiy sug’urta tizimiga faol qatnashishlarini rag’batlantiruvchi mexanizmlarini joriy etilishi zarurligi qayd etildi. Mutaxassis va ekspertlar ta’kidlashicha, konsepsiyada ijtimoiy adolatlilikni qaror toptirish jihatlari inobatga olinib, ishlovchi pensionerlarga to’liq pensiyalarini to‘lash, pensiya tayanch miqdorini hisoblashda amaldagi hisobga olinadigan chegaraviy eng kam oylik ish haqining 8 barobarini 10 barobarigacha oshirish kabi takliflarni o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, taklif etilayotgan 20 islohotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, seminar ishtirokchilari, shu jumladan halqaro moliya institutlari ekspertlari, yangi taklif etilayotgan normalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi to’g‘risida fikr bildirishdi. Xususan, dastlabki bosqichda talab etiladigan minimal ish stajini bosqichma-bosqich har yili, 2019-yildan boshlab 10 yilgacha oshirishi, pensiya yoshini esa 2022-yildan boshlab har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish tavsiya etildi. 5-jadval Download 346.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling