Mundarija reja
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
0 MUNDARIJA REJA: KIRISH 3 1 Pensiya jamg’armasining xarajatlari tasvifi, tarkibi va yo’nalishlari 6 2 Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish yo’nalishlari 15 3 Xorijiy mamlakatlarda Pensiya fondlari mablag’laridan foydalanish masalalari 23 4 Xulosa 26 5 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 29 6 Ilovalar 31 1 2 3 KIRISH Pensiya tizimi aholiniijtimoiy himoyalash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakatning pensiya tizimi pensiya jamg‘rmasi va unga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar, pensiyani amalga oshirish mexanizmi hamda shu sohadagi davlat siyosatiniamalga oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak va vositalarni qamrab oladi. O‘zbekistonda pensiya jamg‘rmasi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog‘liq, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimida yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va nogironlarning talablari va ehtiyojiga alohida e’tibor beriladi. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o’zaro bog’liq bo’lib, ularni bir- biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. 2019-yil – ”Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha vazifalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev: “Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini qayta ko’rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Xabaringiz bor, yaqinda ushbu masala bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2022-yil 17-avgustdan boshlab, ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanishi belgilandi. Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi. Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditlarini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 600 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlarga 1,7 trln so‘m yo‘naltiriladi. Ayni vaqtda nogironligi bo’lgan bolalar va ularning oila a’zolari, boquvchisini yo’qotganlarni o’n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag’oshlagan 4 onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz”. 1 O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishga va kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur tamoyilning ahamiyati ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgani va mamlakat mustaqilligini saqlab qolishni zaruriy shartidir. O‘zbekistonda 2022-yil jamiyatimiz hayotidagi yangilanish jarayonlari va islohotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishning mantiqiy davomi bo‘lib, iqtisodiyotimizning salohiyati, barqarorligi va mutanosibligini mustahkamlash yo‘lida, eng muhimi, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga va xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarimizda yangi va yuksak bosqich bo‘ldi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida yangi – 2018-yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi va natijada O’zbekistonda 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. 2018-yil 22-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining -5308-sonli 2 Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilinib, ushbu dasturda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin; 3 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018. www.president.uz 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsiong’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5308-sonli Farmoni. 3 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 5 barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilsin. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin: ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish; bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o’zaro bog’liq bo’lib, ularni bir- biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Respublikamizda qabul qilingan byudjet parametrlarida qayd etilganidek, joriy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish, ko’rsatilgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, 2022-yilgi byudjet siyosati konsepsiyasida asosiy e’tibor byudjet harajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini yanada kuchaytirishga, aholini manzilli qo’llab-quvvatlashga va byudjet tashkilotlarining ish haqilari, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy to’lovlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Download 346.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling