Mundarija reja


-rasm. 2011-2016-yillarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan


Download 346.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana03.02.2023
Hajmi346.4 Kb.
#1151529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi (2)

1-rasm. 2011-2016-yillarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan 
fuqarolar soni va 2019-2024 yillardagi prognoz ko’rsatkichlari
9
 

O’tkazilgan tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, dunyoda o’rtacha pensiya yoshi 


erkaklar va ayollar uchun 62 yoshni tashkil etsa, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 57,5 
yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). 
 
 
9
www.stat.uz. 


23 
3.Xorijiy mamlakatlarda Pensiya fondlari mablag’laridan foydalanish 
masalalari. 
1990-yildan 2011-yilgacha bo’lgan davrda yoshga doir pensiya va 
boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari uchun to’lovlarga davlat xarajatlari XHTT 
mamlakatlarida YaIMga nisbatan 28 foizga tezroq o’sgan va YaIMdagi o’rtacha 
ulushi 6,2 foizdan 7,9 foizga ko’tarilgan. Davlat pensiyalari davlatning ijtimoiy 
ta’minot xarajatlarining aksariyat hollarda eng katta salmog’ini va davlat 
xarajatlarining o’rtacha 18 foiz ulushini egallaydi. 
XHTT mamlakatlari tarkibida Italiya mamlakat milliy daromadining eng 
katta qismini pensiya xarajatlariga yo’naltiradi, u 2011-yilda YaIMning 15,8 
foizini tashkil etgan. Bundan tashqari Evropaning boshqa kontinental 
mamlakatlari: Avstriya, Frantsiya, Gretsiya va Portugaliyada YaIMning 13-14 
foizini, Germaniya, Polsha, Sloveniyada 11 fozini tashkil etgan. Davlat pensiya 
xarajatlari mazkur mamlakatlar davlatning yalpi xarajatlarining 23-30 foizini 
tashkil etadi. Islandiya va Meksikada davlat xarajatlarida pensiyaning ulushi mos 
ravishda 2,1 va 1,8 foizni tashkil etadi. Koreyada esa 2,2 foizdir. Islandiya va 
Meksikaning aholisi tarkibida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi. Koreya pensiya 
tizimi esa hali etarlicha taraqqiy etmagan, mamlakatda pensiyaning daromadga 
bog’langan tizimi 1988-yilda joriy etilgan. Yangi yo’nalishli bazis pensiya faqat 
2014-yilda joriy etilgan. Meksikada past xarajatlar ham pensiyalarning jamidagi 
salmog’i past bo’lishiga sabab bo’ladi (ishlovchilarning faqat 35 foizi). Islandiyada 
qarilik daromadining ko’pi majburiy kasbiy sohalar orqali ta’minlanadi va qarilik 
daromadlarini ta’minlashda davlat sektorining ahamiyati nisbatan katta emas. 
Buning ustiga pensiya yoshi mamlakatda 67 yosh qilib belgilangan.
Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiyada xarajatlar salmog’ining 
past bo’lishiga qulay demografik vaziyat ijobiy ta’sir qiladi. Biroq bu xarajatlar 
o’sishini past bo’lishidagi yagona omil emas, Turkiya XHTT mamlakatlari orasida 
yosh jihatdan ikkinchi yosh mamlakat bo’lishiga qaramasdan, mamlakat YaIMning 
7,5 foizi davlat pensiyalarini to’lashga sarflanadi. Bu ko’rsatkich aholisi 
salmog’ida 65 yoshdan oshganlar salmog’i ko’proq bo’lgan Buyuk Britaniya, 


24 
Daniya, Niderlandiya, AQSh kabi mamlakatlarda Turkiyanikidan pastroqdir.
Davlat pensiya xarajatlari 1990-2011 yillar oralig’ida XHTTning oltita 
a’zosida YaIMning o’sishiga mutanosib ravishda o’sib borgan: Kanada, Islandiya, 
Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Shvetsiya. Niderlandiya va Yangi 
Zelandiyada esa davlat pensiya xarajatlari milliy daromad o’sishiga nisbatan 
pastroq sur’atlarda o’sib borgan. Niderlandiyada bunga asosiy sabab davlat 
pensiyalariga nisbatan zaruratning qisqarishi va kasbiy pensiyalar ahamiyatining 
ortib borishi ta’sir ko’rsatgan. Yangi Zelandiyada pensiyaga davlat xarajatlarining 
30 foiz qisqarishiga 1992-1994 yillarda bazis pensiya miqdorlarining muzlatib 
qo’yilishi va pensiyaga chiqish yoshining 60 dan 65 yoshga oshirilishi sabab 
bo’lgan. Boshqa qisqarishlar esa xususiy va kasbiy pensiya xarajatlarining oshishi 
hisobiga sodir bo’ldi. XHTTning oltita mamlakatida davlat pensiya sarflari 
mamlakat milliy daromadiga nisbatan ikki marta tezroq o’sgan 
2011-yilda XHTTga a’zo bo’lgan 26 ta mamlakatda xususiy pensiya 
tizimlaridan pensiyaga to’langan to’lovlar YaIMning o’rtacha 1,6 foizini tashkil 
etgan. Bu yoshga doir pensiyalar bo’yicha to’lovlarga o’rtacha davlat 
xarajatlarining 1/5 qismiga tengdir. 1990- 2011 yillar oralig’ida xususiy pensiya 
to’lovlari miqdorlari YaIMning o’rtacha o’sish sur’atlaridan 38 foizga yuqori 
bo’lgan va bu borada davlat pensiya xarajatlarini ham ortda qoldirgan 
Xususiy pensiyalar XHTT mamlakatlarining yarmidan kamrog’ida xususiy 
pensiya tizimining majburiy yoki yarim majburiy ko’rinishda joriy etilishi orqali 
qamrovining kengayishiga erishilgan. Boshqalarida esa individual (personal) yoki 
ish beruvchi tomonidan ta’minlanadigan (occupational) ko’rinishdagi ixtiyoriy 
xususiy pensiyalar keng qamrovga ega.
2011-yilda Niderlandiyada xususiy pensiya to’lovlari YaIMning 5,8 foiziga 
teng bo’lgan va bu borada eng yuqori ko’rsatkichni qayd etgan. Davlat pensiya 
xarajatlari bilan birgalikda esa mamlakat YaIMining 11,2 foizini tashkil etgan. 
Shvetsariyada esa xususiy pensiya xarajatlari YaIMning 5,0 foiziga teng bo’lgan. 
Shvetsariyada xususiy pensiya to’lovlari belgilangan minimal miqdorlardan yuqori 
to’lovlarni o’z ichiga olishiga qaramasdan kasbiy pensiya rejalari majburiy


25 
ravishda tashkil etilishi belgilangan.
Kanada, Daniya, Islandiya, Buyuk Britaniya va AQShda xususiy pensiya 
to’lovlari mamlakat YaIMning 3,3-4,7 foiziga teng. Daniya va Islandiyani istisno 
qilganda, ularda xususiy pensiyalar ixtiyoriy bo’lishiga qaramay, kasbiy va shaxsiy 
rejalar qamrovi juda kengdir. Yaponiyada ham (xususiy pensiyalar ixtiyoriy) 
xususiy pensiyalar xarajatlarining salmog’i yuqori bo’lib, u YaIMning 2,7 foiziga 
tengdir. Islandiyada jami pensiya xarajatlarida xususiy pensiya xarajatlari 64 
foizga teng va bu eng yuqori ko’rsatkichdir.
1990-yillarda Avstraliya, Estoniya, Meksika, Polsha, Slovakiya va Shvetsiya 
kabi mamlakatlar majburiy xususiy pensiyalarni joriy qilishdi. Ba’zi hollarda, 
ayniqsa, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida majburiy va ixtiyoriy 
xususiy pensiya tizimlarining joriy qilinishi asosan yosh ishlovchilarga nisbatan 
tatbiq etilgan. Ularning aksariyatiga hali pensiya to’lovlari amalga oshirilmagan. 
Xususiy pensiyalar majburiy tartibda joriy etilishidan avvalroq ixtiyoriy va yarim-
majburiy pensiya tizimi joriy etilgan Avstraliya va Shvetsiya mamlakatlarida 
xususiy pensiya to’lovlarining aksariyat qismi ixtiyoriy va yarim majburiy pensiya 
tizimlariga tegishlidir.
Xususiy pensiya to’lovlari sur’atlarining o’sishi yuqori bo’lgan mamlakatlar 
dastlabki nuqtasida YaIMning 0,5 foiziga teng bo’lgan. Ammo bu erda Daniya, 
Islandiya, Shvetsiya va Shvetsariya bundan istisnodir. Keyinroq, kasbiy pensiyalar 
1985-yildan boshlab majburiy ravishda joriy etilgach, pensiyalarning qamrov 
darajasi sezilarli darajada ortgan. Yoshga doir pensiyalarning har bir keyingi 
avlodida xususiy pensiyalarning o’rtacha qamrovi ortib borishi, hozirda xususiy 
pensiyalar vakolatlarining muntazam oshib borishiga ta’sir qilmoqda.
Ko’plab XHTT mamlakatlari qarilikda xususiy pensiya rejalari orqali qarilik 
daromadlariga ega bo’lishi uchun qulay soliq siyosatini taklif qilishadi. Tez-tez, 
individual badallar daromad solig’i majburiyatlaridan to’liq yoki qisman 
chegirilgan va investitsion qaytimlar to’liq yoki qisman ozod etilgan bo’ladi. Ba’zi 
mamlakatlar pensiya to’lovlarida soliqdan ozod etishni taklif qilishad 


26 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, Pensiya jamg’armasi faoliyatiga doir qabul qilingan 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar: davlat pensiya ta’minoti tizimidagi qonunchilik bazasi 
va 
me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarni 
takomillashtirish; 
pensiya 
tizimini 
takomillashtirish va davlat organlari hamda ularning joylardagi boshqarmalaribilan 
hamkorlik aloqalarini kuchaytirish; pensiya jamg’armasi daromadlari bazasini 
mustahkamlash; pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lovlarini o’z vaqtida ta’minlash; 
Pensiya jamg’armasi tarkibiy bo’linmalarning moddiy-texnik bazasini sifatini va 
jihozlanganlik darajasini yaxshilash hamda davlat pensiya tizimidagi kadrlarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish imkonini beradi, 
shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning to’g’ri, asosli va qonun doirasida 
tayinlanishiga va fuqarolarning ijtimoiy barqarorligini kuchaytirish xizmat 
qilmoqda. Bunday g’amxo’rlik va imtiyozlar davlatimizning pensionerlar ijtimoiy 
himoyasiga doimimy e’tiborining yaqqol ifodasidir. Pensiya jamg’armasi o’z 
faoliyatini tashkil etish va pensiyaga oid munosabatlarni tartibga solishda 
O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik hujjatlari va zarur hollarda xorijiy 
mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlar hamda xalqaro huquqiy hujjatlarga 
amal qiladi. Pensiya jamg’armasi o’zining ish faoliyatida asosan quyidagi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartib va qoidalarga asosan ish yuritadi:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2.O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
3.O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
4.O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
5. O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Prezident Farmonlari va 
Qarorlari va qonun osti hujjatlari. 
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining “Davlat ijtimoiy 
sug’urtasi” deb nomlangan XVI bobda fuqarolarning pensiya ta’minoti va ijtimoiy 
sug’urtasi bo’yicha huquqlari, shuningdek, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha 
beriladigan nafaqalar, davlay pensiyalari, ularning turlari aks ettirilgan. Mehnat 
kodeksiga ko’ra: Yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy 


27 
asoslarda: erkaklar 60 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 25yildan kam 
bo;lmagan taqdirda, ayollar 55 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy staji 20 yildan kam 
bo’lmagan taqdirda tayinlanadi; Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda 
mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga 
qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar 
tayinlamadi, agar u boshqa sabalar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq 
keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining 
muddati sug’urta qilingan xodimninh vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga 
bog’liq bo’ladi; Nogironlik pensiyasui qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va 
II guruh nogironlari deb topilgan, sug’urta qilingan xodimlarga: mehnatda mayib 
bo’lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli mehnat faoliyatining 
muddatidan qat’iy nazar’ boshqa sabablar tufayli muddati sug’urtaqilingan 
xodimlarning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq tegishki umumiy 
mehnat stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasining 
Budjet kodeksi Pensiya jamg’armasining budjetini shakllantirish, tuzish, ko’rib 
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish 
to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarini
tartibga solidi va budjet tizimi budjetlari bilan o’zaro munosabatlari tartibini 
belgilaydi.
Shuningdek, budjet kodeksining 37-moddasida Pensiya jamg’armasi 
fuqarolarining davlat pensiya ta’minoti ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensatsiya 
to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga 
yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek, boshqa manbalardan 
tushadigan mablag’larni jamlashi hamda Pensiya jamg’armasining yuqori 
boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashi ekanligi ko’rsatilgan. Pensiya 
Jamg’armasi daromadlari va xarajatlari tarkibi aks ettirilgan. Pensiya jamg’armasi 
faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning 
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy 


28 
tuzilmasini shakllantirish chora-yadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli Qarori, 
O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat 
pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan 
normariv-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” 252-sonli Qarori va boshqa 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosiada tartibga solinadi.
1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuni Peniya 
jamg’armasidan tayinlanuvchi davlat pensiyalari va uylarga oid quyidagi 
munosabatlarni tartibga solidi: davlat pensiya ta’minotiga oid umumiy qoidalar; 
davlat pensiyalarining turlari; pensiyalar va o’rtacha ish haqi miqdorlarini hisoblab 
chiqarish tartibi; ish stajini hisoblab chiqarish va mehnat stajiga qo’shiluvchi 
mehnat faoliyati turlari; pensiyalarni tayinlash tartibi; pensiyalarni hisoblash va 
qayta hisoblash tartiblari; pensiyalarni to’lash tartiblarini belgilaydi. O’zbekiston 
Respublikasida pensiya turlari 3 ga bo’linadi: yoshga doir pensiya, boquvchisini 
yo’qotganlik pensiyasi, nogironlik pensiyasi. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini 
to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan 
iborat konstitutsiyaviy huquqlarni ro’yobga chiqarish, davlat pensiyalarini yagona 
tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash tartibini 
belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda tutilgan 
tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlash huquqiga egadirlar. 
Shuni ta’kidlash joizki, respublika hududidan tashqarida yashab turgan 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O’zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston 
Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan 
shaxslar, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish 
huquqiga egadizlar. Ish stajiga ega bo’lmagn fuqarolar va ularning oilalari ushbu 
qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy 
ta’minlanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 


29 

Download 346.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling