Muqaddima


ANALIZATORLARJNING UMUMIY FIZIOLOGIYASI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ANALIZATORLARJNING UMUMIY FIZIOLOGIYASI
RETSEPTORLARVA ULARNINGTASNIFI 
Retseptor hujayralar boshqa hujayralardan ikki jihatdan farq qiladi, Birinchidan, ta‘sirot 
energiyasi ular uchun oldindan hujayrada jamg‘arilgan energiya hisobiga yuzaga 
chiqadigan jarayonlarni ishga solib yuboruvchi rag
£
bat bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, 
retseptor hujayra potensialini hosil qilib, o'zi tashqi ta‘sirot energiyasini qabul qila 
olmaydigan hujayralarga o‗tkazadi 
Eshitish, fazodagi holat va muvozanatni sezishga daxldor retseptor apparatlarning 
asosiy fimksional tuzilmasi bo`lib kiprikli hujayralar hizmat qiladi. Bu hujayralarning 
o'simtalari (sihyalari) bolib, ularning qimirlashi sensor reaksiya paydo bo`lishiga olib 
keladi. O'simtalarning bir guruhi nisbatan kalta (stereotsilliylar), ularga yondosh 
kinotsiliy uzunroq va yagona (61- rasm). Ba‘zi kinotsiliylarning doimiy harakati ularning 
o

zi uchun adekvat bo`lgan rag'bat bilan uchrashish ehtimolini oshiradi. Bu uchrashuv 
retseptor potensiali rivojlanishiga olib keladi. Ba‘zi retseptorlarning rag'bat bilan 
ta‘sirlanishida hujay- raning barcha qismlari ishtirok etadi (masalan, qonda kislorod 
tarangligini sezuvchi xemorefcseptorlar). 


246 
61-rasm. Birinchi va ikkinehi turdagi kiprikli retseptor hujayra tuzilish sxemasi A—
afferent tola; E—efferent tola; Kts—kinotsiliy Sts—stereotsiliylar 
Retseptorlarning ixtisoslashgan ta‘sirotni qabul qiladigan bo'sag'asi juda past. 
Masalan, ko!z fotoretseptorlarini qo

zgatish uchun bir kvant nur energiyasi kifova, hid 
sezuvchi retseptorlar esa bir nechta hidli modda molekulalarini aniqlaydi. Bu ta‘sirotlar 
adekvat ta‘sirotlardir. Ammo, retseptor o‗zi qabul qilishga ixtisoslashmagan ta‘sirotlarga 
ham qo'zg‘alish bilan javob berishi mumkin. Masalan, fotoretseptor mexanik ta‘sirotga 
javoban qo
s
zg‘aladi. Ammo, bu ta‘sirotning kuchi bo

sag

a nur kuchidan bir necha 
million marta ko'p bo`lishi kerak. Mexanik rag'bat fotoretseptorlarga nisbatan noadekvat 
ta‘sirot hisoblanadi. Qabul qilish mumkin bo`lgan adekvat ta‘sirlovchilarga qarab, 
retseptorlarni quyidagicha tasnif etadilar. 
1.Mexanoretseptorlar ta‘sirlovchining 
mexanik 
energiyasini 
qabul 
qilishga 
moslashgan. Bunday retseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a‘zolar, tayanch-harakat 
apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos. 
2. Termoretseptorlar harorat o

zgarishlariga sezgir. Sovuqni sezuvchi va issiqni 
sezuvchi temroretseptorlarning ko

p qismi terida joylashgan. Ichki a‘zolar va markaziy 
nerv tizimida ham shunday retseptorlar bor. 
3 .Xemoretseptorlar kimyoviy omillar ta‘siriga sezgir. Ular ta‘m va hid sezuvchi 
sensor tizimlarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi rsseptorlar tomirlar tizimining 
turli qismlarida va ba‘zi to

qimalarda ham uchraydi. 
‗.Fotoretseptorlar nur energiyasini qabul qiladi. Bu retseptorlar yorug‘lik kuchini 
ajratish va rang ko

rish, imkoniyatini beradi. 
5.0g‘riq (nositseptiv) retseptorlari og'riqni paydo qiluvchi ta‘sirotlarni qabul qiladi. 
Bu sezgi organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o

ta kuchli ta‘sir qilganda 
paydo bo`ladi. 
Ba‘zi retseptorlarda ta‘sirlovchi energiyasining nerv impulsiga aylanishi shu retseptor 
hujayra o

simtasida sodir bo`ladi. Bu birlamchi retseptor sensor neyronning 
periferiyadagi bir qismi — o'zgargan dendritidir. Aksoni esa markaziy nerv tizimiga 
oiadi. Hid sezish, taktil va proprioreseptorlar birlamchi retseptorlarni tashkil qiladi. 


247 
Ikkilarnchi retseptor va sensor neyron o

simtalari o'rtasida sinapslar joylashgan. 
Retseptor hujayrada hosil bo`ladigan qo'zg'alish bu sinaps orqali sensor newonga 
o

tkaziladi. 
Demak, sensor neyromi tashqi ta‘sirot bevosita emas, maxsus retseptor hujayra orqali 
qo

zg‘atadi. Ta‘m sezuv, ko'ruv, eshituv, vetibulyar apparat retseptorlari ikkilarnchi 
retseptorlarga kiradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling