Muqaddima
ANALIZATORLAR FAOLIYATINING UMUMIY TAMOYILLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ANALIZATORLAR FAOLIYATINING UMUMIY TAMOYILLARI
Analizatorlar signallarni qayta ishlash jarayonida ko ‘ z operatsiyalarini bajaradi. Bu operatsiyalardan asosiy lari: 1) signallarni topish (aniqlash); 2. signallarni birini- biridan ajratish, 3) signallarni o'tkazish va o'zgartirishi; ‗) ma‘lumotlarni kodga solish; 5) signallarning u yoki bu xossalarini detektorlash; 6) obrazni tanish. l.Signallarni topish. Bu vazifani retseptorlar ba- jaradi. Ba‘zi retseptorlarning kipriksimon o ‘ simtalari avtomatik ravishda harakat qihshini ta‘sirlovchini faol holda izlash deb baholansa bo`ladi. Signallarni farqlash. Yuqorida analizatorlarning adekvat tasirlovchilarga o`ta sezgirligi aytib o'tilgan edi. Anahzatorlarning mutlaq sezgirligini. ularni rag‗bat kuchidagi farqni aniqlash qobiliyatidan ajratish kerak. Analizator ikki rag‘bat kuchida ma‘lum farq bo`lmasa, ularni ajrata olmaydi. Masalan, kaftimizda og ‘ irligi 100 g bo`lgan qadoq tosh bor. Qoidagi yukning ogirligi oshganini sezish uchun qo ‘ shimcha qo ‘ yilgan toshning og'irligi birinehi yukning (100 g) maium qismiga teng bo`lishi kerak. Yuk ko'targanda farq sezilarli bo`lishi uchirn ikkinchi massa birinchisidan kamida 3% ogir bo`lishi lozim. Demak, biz 100 grammni 103 grammdan ajrata olarniz (200 g ni 206 grammdan). 3% farqlash bo‗sag‗asi bo`lib, o'zgarmaydigan ko'rsatkichdir. Bu qonuniyatni Veber aniqlagan. Signallarni fazoda farqlash analizatoming retseptorlar qatlarnidan boshlanishi mumkin. Agar qandaydir ikki ta‘sirot yonma-yon joylashgan ikkita retseptomi qo'zg‘atsa, bu ikki ta‘sirot qo‗shilib, bittadek seziladi. Ikkita rag‘batni fazoda farqlash uchun ular qo'zg‘atgan retseptorlar o ‘ rtasida kamida bitta qo'zg‘almagan retseptor bo`lishi kerak. Ikki rag‘batni vaqtda farqlash uchun birinehi rag ‘ bat: chaqirgan nervdagi qo ‘ zg ‘ alish ikkinchi rag'bat tomonidan vujudga keltirilgan qo'zg‘alishga qo`shilib ketmasligi kerak. 249 Demak ikkinchi ta‘sirot paydo qilgan qo‗zg ‘ alishning refxakterligi tugaganidan so ‘ ng ta‘sir qilishgina ta‘sirotlarni vaqtida farqlash imkonini beradi. 3.Signallarni o ‘ tkazish va o ‘ zgartirish. Ta‘sirot retseptor tomonidan qabul qilingan, signallarni o ‘ tkazish va qayta ishlab, o ‘ zgartirish jarayoni boshlanadi. Signallarning o ‘ zgartirilishlarini shartli ravishda fazodagi va vaqtdagilarga ajratish mumkin. Signallarning miqyosi yoki nisbatini o'zgartirish fazodagi o ‘ zgartirish bo`lib, ko ‘ ruv va somatosensor tizimda ko ‘ proq uchraydi. Masalan, to ‘ r pardada ozgina joyni esallagan markaziy chuqurcha miya po ‘ stlog‘idagi ko ‘ mv sohasiga to ‘ r pardaning ancha katta bo`lgan chet qismidan ko ‘ proq joyga impulslar yetkazadi. Axborotni vaqtda o ‘ zgartirilishi retseptorlarning uyg ‘ un ritmdagi tonik impulsatsiyasini bosqichli, dastalangan impulsatsiyaga aylantirishdan iborat bo`ladi. Keragidan ortiq axborotlarni chegaralash va muhimini ajratib o ‘ tkazish axborotlar о ‘ zgartarilishining yana bir turidir. Bunga torayuvchi voronkada ikkinchi darajadagi ax- borotlarni ajrata boshlanishi misol bo`lishi mumkin. Katta retseptiv sohadan yuzaga chiqadigan va uzoq vaqt davom etadigan impulslarni ham uzluksiz ravishda sensor markazga o ‘ tkazish shart emas. Masalan, taktil retseptorlar og ‘ ir kiyim kiyilganda va yechilganda kuchli qo ‘ zg ‘ aladi va rag‘bat ta‘siri boshlanishi va tugashi to ‘ g ‘ risida axborot beradi. Bu xildagi miyaga o ‘ tkazuvchi axborot hajmini kamaytirish boshqa sensor tizimlarda ham uchraydi. Ikkinchi darajadagi axborotlarni sensor tizimning periferik va o ‘ tkazuvchi qismlarida tahlil qilib, yuqori markazlarga o ‘ tkazmaslik bu markazlarni ortiqeha ishdan xalos qiladi. ‗.Malumotlarni kodga solish. Retseptorlarga mexanik, nur va boshqa rag ‘ batlar ta‘sir ko'rsatadi. Bu ta‘sirotlarni belgilovchi axborotni sensor tizimning po ‘ st!oq markazi qabul qilib olishi uchun uni miyaga mukammal va «tushunarli» bo`lgan nerv impulsiga aylantirish kerak. Texnikada bir signalni ikkinchi signal yordamida ifodalash kodlash deyiladi. Demak, retseptorlar muhit o ‘ zgarishlari to ‘ g ‘ risidagi axborotlarni kodga solib, miya bevosita qabul qila olmaydigan signallarni «tushuna oladigan» shaklga soladi. Ta‘sirotlarni kodlashda eng avvalo, rag ‘ batning bor-yo'qligi belgilanishi kerak. Bu vazifani odatda analizatorlarning po ‘ stloq osti qismidagi on- va off- neyronlar bajaradi. Masalan, ko ‘ ruv analizatorlarning yorug‘lik paydo bo`lishini (on- neyronlar) va yorug‘lik yo'qolishini (off- neyronlar) qayd qiladigan yoki yorug‘lik ham paydo bolganida, ham yo‗qolganida qo‗zg‗aladigan on-, off- neyronlar bor. Boshqa neyronlar ta‘sirotlarning sifat belgilarini, keyin esa ularning miqdorini kodlaydi. Kodlash jarayonida faqat retseptorlar emas, balki sensor tizim zanjirining keyingi halqalari ham ishtirok etadi. Tashqi ta‘sirotlarni saralash va kodlash, birinchi galda, retseptorlarning tuzilish xususiyatlari, ularning malum rag ‘ batni qabul qilishga ixtisoslashganligi ta‘minlaydi. Masalan, numi qabul qilishga moslashgan ko ‘ rav analizatori tovushga befarq. O‘z navbatida, tovush to`lqinlariga sezgir bo`lgan eshituv analizatori nurdan ta‘sirlanmaydi. Ammo, barcha nervlarnnng harakat potensiallari deyarli bir xil bolsada, qanday qilib markazlar turli tabiatli ta‘sirotlar farqini bir-biridan ajratadi, degan savol tug ‘ iladi. Ma‘lumki, tabiati bir bo`lgan ta‘sirlovchilarni qabul qiladigan retseptorlarda ham farq bor. Masalan, ta‘m sezuvchi retseptorlarning bir turi shirin moddalar ta‘sirida qo ‘ zg‘alsa, ikkinchisini sho ‘ r moddalar qo ‘ zg ‘ atadi. 62-rasm. Yakka taktil retseptordan boshlangan afferent toladan o ‘ tgan impulslar sonining bosim kuchi ortganda o ‘ zgarishi. 250 Demak, sensor rag‘batlarning turli belgilarini tahlil qilishda bir xil retseptorlardan emas, balki bir necha xil retseptorlardan markazga borgan axborotlar e‘tiborga olinadi. Rag'bat kuchini kodlashda sensor tizimlar impulslar tezligini o ‘ zgartirishdan foydalanadi. Masalan, odam barmog ‘ i terisida joylashgan yakka mexanoretseptor diametri 1mm bo`lgan yuza orqah 0,2 g ga teng bosimga impulslar bilan javob bermaydi (62- rasm). Bosim 0,6 g cha yetkazilganda yakka siyrak impulslar paydo bo`ladi. Demak, bu retseptoming bo‘sag ‘ asi taxminan 0,6 g. Bosim ‗ g gacha kolarilsa, impulslar chastotasi sezilarli darajada ortadi. Ta‘sirot kuchi yana ham oshsa (bosim 13 g yetkazilsa) impulslar soni keskin ortib ketali. Kodlashning keng tarqalgan muhim usuli impulslarni boylamlar shaklida vujudga keltirish va har qaysi boylamda impulslar soni va joylashish tartibini o ‘ zgartirishdan iborat. Bunday kodlash ta‘sirlovchi xossalari to ‘ g‗risidagi axborotni boylamdagi impulslar soniga, boylamlar oraligidagi masofaga, impulslarni boylarnning bosh qismida, o'rtasida yoki oxirida zichroq bo`lishiga bog ‘ lab sensor markazga yetka- zilishini ta‘minlaydi. Kodlashning yana bir turi behisob parallel axborotni o‗tkazuvchi yo`llarni birin-ketin ishga solish, ishlab turgan kanallar sonini o fi zgartirishdir. 5.Signallarni detekterlash. Texnikaviy aloqa tizimlarda axborotlar ma‘lum manzilga uzatilishidan awal kodga solinadi, manzilga yetganida esa koddan chiqariladi. Masalan, telefon go ‘ shagidagi mikrofonga aytilgan gap kodlanib elektr imlulslarga aylanadi, simning narigi uchidagi dinamik bu impulslarni dekodlab, asli xoliga — tovush toiqinlaridan iborat nutqqa aylantiradi. Sensor tizimlarda dekcxllash, masalan, tovush retseptorlardan impuls sifatida markazga yetib kelganda yana tovushga aylanishi kuzatilmaydi. Bu tizimlarda detektorlanish sodir bo`ladi, ta‘sirlovchining ayrim belgalari tahlil qilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. u tahlilli maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi. Masalan,qo`rav sensor tizimining miya po ‘ stlog‘idagi detektor neyronlari yoi- yoi ehiziq ko`ruv davrining ma‘lum qismida bo`lib, ma‘lum burchak hosil qilgandagina qo ‘ zg ‘ aladi. Burchak o'zgarsa yoki ehiziq ko‗ruv doirasining boshqa qismiga o'tsa, bu neyronlar qo ‘ zg ‘ almaydi, ammo boshqalari faol holatga o ‘ tadi. Turli detektor neyronlar ta‘sirlovchining barcha xossalarini tahlil qilib, obrazning shakllanishini ta‘minlaydi. 251 6.0brazni tanish. Obrazni tanish analizatoming so'nggi va eng murakkab vazifasi. Bu jarayon obrazni tasnif etish, uni organizm oldin uchratgan va tanish bo`lgan obektlarning qaysi bir guruhiga mansubligini aniqlashdan iborat. Bunga afferent signallarni batafsil qayta ishlash, ularning ayrim belgilarini ajratish va bu belgilarni detektor neyronlar tomonidan ayrim tahlil qilish yo`li bilan erishiladi. Obraz tanishning vazifasi miyada ta‘sirlovchining modelini lco ‘ rish va unga o ‘ xshash boshqa modellardan farqlashdir. Obrazni tanish organizmning qaysi ob‘kt yoki vaziyat bilan uchrashgani to'g‘risida xulosa qilish bilan tugaydi. Obrazni tanish oldimizda kim yoki nima turganini, kimning ovozini eshitayotganimizni, qanday hid yoki ta‘m sezayotga- nimizni idrok etish imkoniyatini beradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling